Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 89:
So‘ngra Xadichaga qabul javobini berdilar.
O‘shal vaqtning rasm-odatlari bo‘yicha nikoh majlislari tuzildi. Har ikki tomondin ta’sirlik xutbalar o‘qishib, nikoh bog‘ladilar. Bu birinchi ko‘rgan nikohlari edi. Bunda yigirma tuya mahr solganlari rivoyat qilinur. Mana shu chog‘da Payg‘ambarimiz 25 yoshda bo‘lib, onamiz Xadicha 40 yosh chamasi edilar. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning dunyoda ko‘z ochib ko‘rgan vafodor yorlari, har ikki jahonlik muborak juftlari onamiz hazrati Xadichadurlar.
Payg‘ambarimizning to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz farzandlari bor edi. O‘g‘illari Qosim, Tohir, Tayyib, Ibrohimdur, qizlari esa Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum, Fotimadur. Mana bulardin yolg‘iz Ibrohim — cho‘rilari Moriyadan tug‘ilgan edi. Qolgan hammalari onamiz Xadichadin tug‘ilgandur. O‘g‘illarining eng kattasi Qosim bo‘lib, kichiklari Ibrohimdur. Qizlarining eng cho‘ngi Ruqiya, kichiklari hazrati Fotimadur.Onamiz Xadicha butun mol-dunyolarini, balki tamom umrlarini Payg‘ambarimizning rizoliklarida sarf qildilar. Payg‘ambarimizga ko‘p g‘amxo‘r, ziyoda mehribon edilar. Umrlari boricha, eng oxirgi damlarigacha Payg‘ambarimizning g‘am-qayg‘ularini birga tortishdi. Hasrat kunlarida munglik boshlariga pana bo‘lib, dard¬lik dillariga davo edi. Butun dunyo xalqini Islom diniga da’vat qilish amri Alloh taolo tarafidin Payg‘ambarimizga keldi. Shu xizmatni bajarish ustida mushrik va munofiqlardin turlik jabru jafo ko‘rdilar. Tashqaridin har nechuk aziyatlar ko‘rib, uyga kirganlarida ochilgan guldek chiroylari, shirin-shakardek so‘zlari bilan Payg‘ambarimizni yupantirib, g‘amlik ko‘ngullarini ko‘tarur edilar. Birorta so‘zlarini qaytarmasdin, har qandoq ishlarini og‘ir olmasdin, barcha mol-dunyolarini, balki borliq narsalarini ayamasdan, Payg‘ambarimiz yo‘lida fido qildilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
— Ey bor Xudoyo, Xadichadin men rozidurman, sen ham rozi bo‘lg‘aysan, — deb haqlariga duo qildilar.
Onamiz Xadicha vafot etgan yilni qayg‘u-hasrat yili deb atagan edilar. Shuning uchun Alloh taolo o‘z habibiga juft qilib, yor-vafodorlikka uni loyiq ko‘rdi. Vafotlaridin keyin ham Payg‘ambarimiz har vaqtda Xadicha onamizning sifatlarini qilib, aning yaxshiliklarini aytib o‘ltirur edilar.
Bir kuni Payg‘ambarimiz, onamiz Oisha uyida o‘tirgan chog‘larida Xadicha onamiz ustilarida so‘z bo‘ldi. Payg‘ambarimiz aning yaxshilik sifatlarini aytib maqtadilar. Bunga onamiz Oishaning rashklari qo‘zg‘alib:
— Ul qari, qizil og‘iz xotunni muncha maqtadingiz, — dedi.
Anda Payg‘ambarimiz aytdilar:
— Hoy unday demagin, ul esa borliq boyligini mening yo‘limda qurbon qildi. Qayg‘u-hasratlarimni teng tortishdi. Menga tikilgan ofat-balolarga o‘zini qalqon qildi. Men undin, u mendin rozilik bilan dunyodin ketdi, — deb muborak ko‘zlariga yosh oldilar.Endi Xudo roziligi uchun erlariga bo‘yinsungan, dunyo turmushidagi g‘am-qayg‘usini birga tortishgan mo‘mina, soliha xotunlar umidi shuldirkim, qiyomat kunida onamiz Xadichai kubroning shafoatlarini topgaylar, inshaalloh.
Payg‘ambarimiz Makka shahridan Madinaga hijrat qilib kelganlaridan keyin bir kuni uylariga bir kampir xotun kirib keldi, uni ko‘rib, ko‘p hurmat qildilar, so‘ngra o‘ltirgan odamlarga qarab, aytdilarkim:
— Bu xotun ersa, Xadichaning do‘stidur, uning tirikligida ko‘p kelur edi, har kishi o‘z do‘stining do‘stlarini ko‘rsa, albatta, uni hurmat qilish lozimdur,— deb bu xotunga ko‘rsatgan hurmatlari uchun sabab bayon qildilar.
Shuning uchun bu haqda Payg‘ambarimiz aytdilarkim:
— Har bir musulmon farzandlariga ota-onalarining tirikliklarida va ham o‘lgan so‘ngida, alarning yoru do‘stlarini hurmat qilish vojibdur.
Ota-onalarning qadrdon birodarlarini siylash, ham ularni hurmatlash, haqiqatda esa o‘z ota-onasini hurmat qilgandin bo‘lur. Ota-onalarning hurmatlari va alarning xizmatlari bolalar ustiga yuklangan ulug‘ farzdur, alarga ozor berish, ko‘ngillarini ranjitish Islom shariatida eng ulug‘ gunohlardin bo‘lib hisoblanur. Chunki Payg‘ambarimiz aytdilar:
— Bu dunyoda qilgan hamma gunohlarning jazosi oxiratga qolishi mumkindur, magar ikki ulug‘ gunoh bordirki, uning jazosini bu dunyoda ham oxiratda ham, ko‘rgay. Birinchisi ota-onaga ozor berib, oq bo‘lish, ikkinchisi nohaqdan yolg‘on qasam ichishdur.
Ota bezori oqpadarlar xalq oldida ham, Xudo oldida ham marduddurlar. Ota-onalariga qilgan adabsizliklarining qasoslarini, albatta, o‘z bolalaridin ko‘rgaylar. Bunga Qur’oni karim, hadisi sharif mazmunlari ochiq shohiddur. Odob, hurmat saqlashlik shariati islomiyada yolg‘izgina ota-onalar haqida emas, balki har bir ulug‘ yoshlik qari kishilarni siylashga, yoshi kichiklarga rahm qilib, mehribonlik ko‘rsatishga buyrulmishdur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz:
«Bizlarning qarilarimizni hurmat qilmaganlar, yoshlarimizga mehribonlik ko‘rsatmaganlar — andog‘ odamlar bizlardin emasdur», dedilar.Yana o‘z so‘zimizga kelaylik, shundoq qilib, Payg‘ambarimiz Xadicha onamiz bilan yaqin o‘ttiz yil eng ko‘ngillik holda umr o‘tkazdilar. Hayotliklarida ustilariga xotun olish ixtiyorini qilmadilar. Lekin Payg‘ambarimizning muborak yoshlari qancha ulg‘aygan sari, botiniy ahvollari, ruhoniy sifatlari shunchalik quvvat topib, kuchaymoqda edi. Mundog‘ bo‘lishlari esa, oldingi kunlarida Payg‘ambarlik ulug‘ vazifasini bajarish uchun tayyorlanish edi. Xilvatda yolg‘iz o‘tirib, toat-ibodat qilishni, hamisha Xudo yodi bilan mashg‘ul bo‘lishni ko‘p suyar edilar. Shu sababdin besh-o‘n kunga yetarlik oziq-ovqat tayyorlatib, shu tugagunchalik Makka shahridin chetroqda bo‘lgan Hiro tog‘idagi bir g‘orga kirib, Xudoga ibodat qilur edilar. Har chiqqanlarida necha kun hilvat o‘tkazib, tog‘larda yolg‘iz qolgan kunlari ko‘p bo‘lur edi. Borish-kelish yo‘llarida bir necha mo’jizalarni ko‘rar edilar. Shundoqki, g‘oyibdin ma’nolik tovushlar eshitilar edi. YOg‘ochu toshlardin: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh» degan salom ovozlari chiqar edi.
Ayniqsa, bunday mo’jizalar vahiy kelishga olti oy miqdori qolganda ko‘paya boshladi. O‘zlari Payg‘ambar bo‘lishlarini shu choqqacha bilmas edilar. Odatdan tashqari voqealar ko‘rilganida, jin-shaytonlar tarafidin bundog‘ ishlar bo‘lur degan gumon ham ko‘ngillariga kelur edi.
Chunki o‘shal zamondagi arablar ichida jinlar bilan aloqa bog‘lashgan, g‘oyibdin so‘zlaydirgan bir xil odamlar bor edikim, alarni kohin deb aytur edilar. Bundog‘ odamlar arablar orasida oliy darajalik olim hisoblanib, o‘zaro yechilmagan mushkul ishlar kohinlar hukmiga tashlanur edi. Har qandog‘ ishlar ustida chiqarilgan hukm albatta qabul qilinishi kerakdur, degan e’tiqodda edilar. Kohinlar oldida g‘oyib ishlari yashirin emas, degan arablarning ishonchlari bor edi. Bularning eng cho‘nglari Shom arablaridin ikki kishi bo‘lib, birining oti Shaq, ikkinchisining nomi Sittih edi. Sittihning tan yaratilishi ham o‘zgacha bo‘lib, bosh suyagidin boshqa hech ustihoni yo‘q edi. Yig‘in majlislariga olib bormoqchi bo‘lsalar, kiygiz yo‘rgagandek ani yo‘rgashib, xurjunga solib olib borishar edilar. Bosh suyagidin boshqa jasadi yumshoq, shundoqqina go‘sht edi.
Mana shu ikki kohin qirq yil ilgari Payg‘ambarimizning kelishlaridin, Islom dinining rivoj topishidin xabar bergan edilar.
No‘shiravon Odil shul zamonda Eron podshosi edi. Uning ko‘rgan qo‘rqinchlik tushiga e’tibor berib, Eron davlati yo‘q bo‘lishini bildirishgan edilar. Bu ikki kohinning so‘zlari qirq yildan so‘ngra shular degandek kelganligi hamma tarixiy kitoblarda yozilgan mash¬hur so‘zdir. Va ham Qur’oni karimning mazmunicha o‘tgan payg‘ambarlar har qaysilari o‘z ummatlariga Payg‘ambarimiz kelishlaridin bashorat berganlari ma’lumdir. Zamoni saodatga erishganlari bo‘lsa, alarni to‘xtovsiz iymon keltirishga vasiyat qilgan edilar. Tavrot, Injilda va boshqa payg‘ambarlar kitoblarida ham shundoq bashoratlar berilgan edi.
 
 
== Adabiyot ==