Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
== Sarlavha matni ==
==PAYG‘AMBARIMIZNING NASABLARI VA TUG‘ILISHLARI ==
{{Islom}}
'''Muhammad''', Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda M.ning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, M. nomini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" (sav) yoki "alayhissalom" (as) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. M. orqali odamlarga Kurʼon nozil qilingan. Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. M.ning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. M. goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. M.ni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida M. bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib M.ni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan M. Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. M. 25 yoshida (595 y.) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. M.dan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ugʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina M. naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng M. bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.
Qator 19 ⟶ 21:
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoga kelgan kechasida ul zotning sharaf va hurmatlari uchun Xudoi taolo ko‘p mo’jizalar ko‘rsatdi. Ul zamonda olam hammasi kofiriston edi, o‘tgan payg‘ambarlarning ko‘rsatgan haq dinlaridin odamlar adashgan edilar. Arab mushriklari tarafidin Baytullohga 360 dona but osilgan edi. Arablarning har bir urug‘i o‘zlariga atab, Baytullohga bir donadan but osib qo‘yishni odat qilgan edilar. Mana shu butlar Payg‘ambarimiz tug‘ilgan kechada hammalari yuztuban yiqilib, yerga tushdi. Ertalab kelgan kofirlar bu holni ko‘rib, hayron qoldilar. Va ham ona qornidan yerga tushgan chog‘larida bir nur paydo bo‘ldi, uning yorug‘lig‘idan Shom viloyatidagi Busro degan shaharning saroylari ko‘rindi. Makka shahri bilan buning oralig‘i 50 kunlik yo‘l edi. Hozirgi Eron xalqi u zamonlarda hammalari otashparast kofir edilar. Tutgan dinlari esa majusiylar dini — o‘tparastlik edi. Bularning otashkada, ya’ni ibodatxonalaridagi ming yillab, uzun zamonlardin beri o‘chmay, yonib turg‘on hisobsiz o‘tlari Pay¬g‘ambarimiz ona qornidan tushgan chog‘larida o‘chib qoldi. Yana ul mamlakatda Sova degan bir ko‘l bor edi, shul kechada yerga singib ketib Samova degan cho‘ldan qaynab chiqdi. Ul cho‘l suvga mo‘l bo‘ldi, ko‘lga aylandi. Mana shunga o‘xshash u kechada bir necha turli mo’jizalar paydo bo‘ldikim, agar ularning hammasi bu o‘rinda yozilsa, bir kitob bo‘lur. Endi bu joyda aytganlarimiz daryodan bir cho‘mich, xirmondan bir hovuch misoli bo‘lsa ham qolganlarga ishorat, mo‘minlarga bashoratdur.
Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarini anglagach, bobolari Abdulmuttalib hammadin ortiqroq suyundi. Yoshligida o‘lib ketgan bolasi Abdullohdin yodgor qolgan yolg‘iz o‘g‘lim Muhammad, deb ko‘p suyar edi.

=== EMIZDIRILISHLARI ===
 
U zamondagi shaharlik arablarning odatlari yangi tug‘ilgan bolalarini sahrolik badaviy qabilalariga emizishga berur edilar. Atrofdagi badaviylarga har yili kuzda, ko‘klamda emizishga bola olish uchun Makka shahriga kelish odat edi. Shuning uchun Bani-Sa’d urug‘idin Halima degan xotun o‘z qabilasidin chiqqan xotunlarga qo‘shilib, o‘zi bir oriq eshak minib, eri bir oriq tuya mingan holda chiqishgan edilar. Bularning mingan ulovlari holsizlikdan yaxshi yurolmay hammaning ortida qolishdi. Ular shaharga kelgunlaricha ilgari kelgan xotunlar ota-onalik boy bolalarni tanlab olishib ketgan edilar.
Payg‘ambarimiz bir faqir oilaning yetim bolasi bo‘lganligidan uni emizishga hech bir xotun ortiqcha qiziqmas edi. Hammaning keyinida qolgan Halima ham shaharga kirdi. Emizishga bola so‘roqlab yurganida Payg‘ambarimizning bobolari Abdulmuttalib ko‘rib qolib, bizning bir yetim bolamiz bor edi, deb kelinlari Omina uyiga boshlab keldi. Hazrati Omina Halimani ko‘rib, aytdikim:
Qator 29 ⟶ 31:
Payg‘ambarimiz Halima xotun oilasiga qo‘shilgandin so‘ngra uning turmushi favqulodda tuzala boshladi, shundoqki, oriqlikdan ko‘taram holga erishgan qo‘y-echkilari xiyol o‘tmay semirishga turdilar. Hech yerda chiqqan o‘t, yegan cho‘plari ko‘rinmasdin, yelinlari to‘lib, sutlari oqib kelar edi. Halimaning butun oilasi ovqatga mo‘l bo‘lib, uy ichlari sut-qatiqqa to‘ldi.
Bu sirning tagiga tushunmagan boshqa moldor qo‘shni arablar Halima qo‘ychisi qaysi yerda mol boqsa, sizlar ham shu joyda boqinglar, deb o‘z molchilariga bek topshirur edilar. Ulug‘ qudrat tomonidan bo‘lgan bu karomat sirlarini u bechoralar qaydin bilsinlar. Shundoq qilib, Halima xotun Payg‘ambarimizni to‘liq ikki yoshga yetguncha emguzdi. Shu yoshdayoq boshqa bolalardin unub-o‘sishda ko‘p farqlari bor edi. Emdi odat bo‘yuncha sutdin chiqar vaqti yovuqlashdi. Halima va uning butun oilasi Payg‘ambarimizdin biror nafas ham ajrashga tob-toqatlari yo‘q edi. Shundoq bo‘lsa ham rasmu odatga qarab bolani sutdan chiqargani so‘ngida Ominaga kelturdi. Bu muborak bolaga mehri tushub ajrashga toqati yo‘qligini bildirib yig‘ladi. Bu qutluq oyog‘ o‘g‘il borg‘ondin buyon bo‘lgan barakalarni bayon qilib, mumkin bo‘lsa besh-o‘n yosh bo‘lguncha tarbiyat qilishni so‘radi. Omina Halimaga rahmi kelib, Payg‘ambarimizni unga qaytarib berdi. Bundan so‘ngra Halimaning qo‘lida yana ikki yil turub yoshlari to‘rtga to‘ldi.
=== KO‘KSI YORILISH VOQEASI ===
 
Mana shu yilda «Shaqqi Sadr» voqeasi bo‘ldi. Ya’ni, farishtalar kelib, muborak ko‘kraklarini yordilar. Bu qissa bayoni shundoq erdikim: badaviy arab bolalari odatlaricha Payg‘ambarimiz ham to‘rt yashar chog‘larida emakdosh bola bilan birga qo‘y, echki, qo‘zilarni boqib yurishar edi. Bir kuni emakdosh o‘g‘il yugurgan holda yig‘lab kelib xabar berdikim:
Qator 41 ⟶ 44:
— Bu bolam Muhammad bo‘yimga bitgandin boshlab, g‘oyibdin ko‘p ishorat-bashoratlar ko‘rib kelganman. Bu bolaning sharofatini bildirish uchun tug‘ut kechasida necha turli karomat ishlar bo‘lib o‘tgandir. Endi bundog‘ ulug‘ xosiyatlarga ega bo‘lgan farzandim Muhammadga hech qachon jin-shaytonlar yaqinlasholmaydilar, — deb Halimaga hurmat ko‘rsatib, ruxsat qildilar.
Shu chog‘da Payg‘ambarimiz to‘rtga to‘lib, beshga qadam qo‘ygan edilar. Mana bu voqea Payg‘ambarimizga yosh bolalik vaqtlarida bo‘lgan mo’jizalarning birisidur. Buni «Shaqqi Sadr» deydurlar.
=== ONALARI BILAN MADINAGA SAFAR VA UNDAN QAYTISHLARI ===
 
Bundan so‘ngra Payg‘ambarimizning onalari hazrati Omina: «Madinaga borib, bolamga otasi Abdulloh qabrini ziyorat qildiray va ham u joydagi tog‘alari bilan ko‘rishtirib kelay», deb Madina safariga niyat qilib, yo‘lga chiqdi.
Qator 48 ⟶ 52:
— O‘g‘lim Muhammad onasidin yoshligida yetim qoldi, endi mendin ham ajrash vaqti yaqinlashdi. O‘z o‘rnimda Abu Tolibni vakil qildim, — dedi. So‘ngra unga qarab aytdi:
— Ey Abu Tolib, sen o‘zing kambag‘al odamsan va ham yosh bolalaring ko‘pdur, shundoq bo‘lsa ham o‘g‘lim Muhammadni senga topshirdim, chunki sen yumshoq ko‘ngillik, muloyim so‘zlik, ulug‘ hikmatlik kishidursan va ham Muhammad — og‘ang Abdullohning o‘g‘lidur, mana shuning uchun ham Muhammadni senga topshirdim,— deb foniy dunyodin o‘tdi.
=== AMAKILARI ABU TOLIBNING TARBIYASIGA O‘TISHLARI ===
 
Otasi Abdulmutallibning vasiyaticha, Abu Tolib ham shu kundin boshlab, vafot bo‘lgunchalik borliq kuch-quvvati bilan Payg‘ambarimiz tarbiyalariga kirishdi. U zotni himoyat qilishda hech qandoq kamchilik ko‘rsatmadi, shundoq bo‘lib amakilari Abu Tolib tarbiyasida yoshlari o‘n ikkiga erishdi. U zamondagi Quraysh xalqining har yili savdogarchilik bilan ikki qayta safarga chiqish odatlari bor edi. Qish faslida bo‘lsa, Yaman shahriga, yoz kunlari Shom viloyatiga borib, savdogarchilik qilar edilar. Shu odatlaricha, Shom safariga tayyorlangan Quraysh karvonlariga qo‘shilib, Payg‘ambarimizning amakilari Abu Tolib ham chiqmoqchi bo‘ldi. Endi jo‘nar vaqtida Payg‘ambarimiz kelib, tuya¬ning burundig‘iga osildilar:
Qator 72 ⟶ 77:
— Oxirzamon Payg‘ambari chiqar chog‘i yaqinlashdi. Shu kunlarda tug‘ilib, soyasi yer ustiga tushdi. Ul arab nasli, Quraysh urug‘idin bo‘lib, butun xalqni haq dinga da’vat qilur. Uning so‘ziga arablar inkor qilib, qarshi chiqqaylar. O‘z qabilasidin unga ko‘p jabru jafolar yetgay, oxirida uni o‘z shahri Makkadin qochishga majbur qilgaylar. Koshki men u zamonda tirik bo‘lsam edim. Afsuski, u zamonni ko‘rishga umr oz qoldi, — deb har qachon shundoq so‘zlar bilan hasrat qilur edilar. Varaqaning shundoq so‘zlarini eshitib yurgan onamiz Xadicha:
«Agar bu ulug‘ davlat arablar ichida birovga nasib bo‘lsa, albatta, Muhammaddan boshqaga bo‘lmasa kerak. Chunki unda har bir yaxshilikning belgilari bordur. O‘shandoq zotning xizmatiga loyiq bo‘lsam, nikohlariga kirsam, men uchun qandoq ulug‘ baxt-davlat bo‘lur edi», deb hamisha orzu qilar edi.
=== XADICHA SAVDOGARCHILIGIGA VAKIL BO‘LIB SHOM SAFARIGA CHIQQANLARI ===
 
Hazrati Xadicha arab xotunlari ichida ortiq aqllik, ziyrak, chechanliklari ziyoda bo‘lganlikdan, o‘z fahm-farosatlari bilan Payg‘ambarimiz boshlarida shundoq bir ulug‘ davlat borligini burundanoq sezib yurar edi. Shuning uchun turlik bahonalar bilan yaqinlashib, shul zotning nikohiga kirish yo‘lini izlar edi. O‘zlari bo‘lsa, Quraysh qabilasi ichida hasab-nasablik, husni jamolda chiroylik, urug‘-aymoqlari oldida obro‘lik, boy xotun bo‘lib, burungi eri o‘lib, tul o‘lturgan edi. Quraysh qabilasi sayyidlaridan bir qancha sovchi kelib, so‘rovchilar bo‘lsa ham, alardin hech birovini qabul qilmagan edi.
Qator 83 ⟶ 89:
Undan javobini anglab, kitobda ko‘rgan sifatlariga to‘g‘ri topdi. So‘ngra Maysarani bir chetga tortib, unga Payg‘ambarimiz to‘g‘rilarida ko‘p sirlarni aytdi. Va ham Shom shahriga kirmasga maslahat berdi. «U joyda yahudiylardin dushmanlar kutib turmoqdadur, ulardin ziyon-zahmat yetmasun», dedi. Bu to‘g‘rida Payg‘ambarimizning o‘zlari bilan ham biroz so‘zlashdi. Mana shu rohib so‘zi sabab bo‘lib, payg‘ambarimiz Shom shahriga kirmasdin, shu joyda mollarini ko‘p yaxshi bahoda sotib qaytdilar.Endi «So‘zdan so‘z chiqar» degandek, bu kitob yozguvchi Alixonto‘ra, Shokirxonto‘ra otamiz marhum bilan o‘n to‘rt yoshimda, tarix hijrat 1319 (1902) yili haj safariga chiqdik. Toshkentdin poyezdga tushib, Kaspiy dengiz osha Kavkaziya orqalik, Botum bilan Qora dengizga kirib, Istambulga yetdik, ul zamonda sulton Abdulhamidxon hazratlari xalifa edilar. Bu joydin O‘rta dengiz orqali yurib, Bayrut shahriga keldik. Undan poyezd bilan to‘qqiz soatda Shomi sharifga keldik. Eng avval Bani Umayya jome’ida hazrati Yahyo Payg‘ambar qabrini ziyorat qildik, boshqa ko‘p ziyorat joylar bor ekan, alardin bo‘shagan so‘ngida shahardin anchagina chetroq joyda bir qishloqqa bordik. U qishloqni «Qadamun Nabiy» deb atar ekanlar. Unda bir masjidga kirdik, masjid ichida tokcha ustida bir dona katta tosh turibdur. Mana shu tosh uzasida bosilgan bir inson izini ko‘rib, ziyorat qildik. Bizni boshlab kelgan odam aytdikim, Payg‘ambarimiz yigitlik vaqtlarida hazrati Xadichaning mollari bilan tijorat uchun Shom shahriga kelgan ekanlar, shu joyda ko‘rishgan Nasturo rohib so‘zi bilan shahar ichiga kirmasdin, shu yerdin qaytgan ekanlar. Mana shu tosh ustiga, mo‘jiza bo‘lib, oyoqlarining izi tushgan, dedi. Ul zamonda butun Shom viloyati, arablar mamlakati sulton Abdulhamidxon xalifaga qarar edi. Hozirgi tarix 1371 yil bo‘lib, shul orada 52 yil o‘tibdur. «Inson umri o‘tar, yozgan so‘zlari qolar», degani shul ekan. Endi, boshqalar o‘tgandek biz ham dunyodin o‘tib ketsak, bizning avlod-nasllarimizga bu yozgan so‘zlarimiz yodgor bo‘lsin. Buni o‘qigan chog‘larida biz g‘aribni ko‘ngullariga kelturib, bir kalima Qur’on bilan duoda yod qilib, ruhimni shod qilgaylar. Alloh taolo alarning ham ikki dunyoligini obod qilg‘ay, omin!
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Quraysh karvoni Shom tuprog‘idin chiqib, manzildin manzilga ko‘chib, salomat Makka shahriga yetdilar. Makka xalqi karvon xabarini anglashib, to‘sib chiqishdi. Onamiz hazrati Xadicha ham shul chog‘da bir necha xotunlar bilan tom uzasiga chiqib, qarab turgan edilar. Yiroqdin kelayot¬gan karvon ichida Payg‘ambarimizga ko‘zi tushdi. Bosh ustilarida bulutdek soya solib turgan bir juft qush ko‘rindi. Haqiqatda esa u ko‘ringan qushlar ikki farishta edi. Angachalik Maysara qul ham yetib keldi, sihat-salomatlikni bildirgandan keyin bu uzun yo‘lda payg‘ambarimizdan ko‘rgan barcha sirlarni, bir necha karomat mo’jizalarni onamiz Xadichaga birin-birin bayon qilib berdi. Buni eshitgan so‘ngida Payg‘ambarimizga ixlos-muhabbatlari, zavq-shavqlari ilgarigidan yana ortiqroq bo‘ldi. Va ham Payg‘ambarimizning bu safardagi tijoratlarida boshqa kishilardin ortiqroq foyda chiqqanidan hazrati Xadicha ko‘p suyundilar.
=== XADICHAGA NIKOHLANISHLARI ===
 
Mana shu kundan boshlab, Payg‘ambarimizga qiyomat juft bo‘lib, nikohlariga kirish chorasini qildi. Xotunlar tarafidin er izlab, sovchi qo‘yish rasmi odatdin tashqari ish bo‘lsa ham onamiz Xadicha Nafisa degan xotunni Payg‘ambarimizga yuborib, asli maqsadini bildirdi. Payg‘ambarimiz ersa, eshitganlaridin keyin amakilari Abu Tolibdin bu haqda maslahat so‘radilar. Bu ishga Abu Tolib ko‘p ajablandi. Chunki hasab-nasabda Quraysh xotunlari ichida birinchi o‘rin olgan Xadichaning o‘zi xaridor bo‘lishi, u zamon arab odatlariga sig‘maydigan taajjub ish edi. Shuning uchun Abu Tolib:
Qator 108 ⟶ 115:
Mana shu ikki kohin qirq yil ilgari Payg‘ambarimizning kelishlaridin, Islom dinining rivoj topishidin xabar bergan edilar.
No‘shiravon Odil shul zamonda Eron podshosi edi. Uning ko‘rgan qo‘rqinchlik tushiga e’tibor berib, Eron davlati yo‘q bo‘lishini bildirishgan edilar. Bu ikki kohinning so‘zlari qirq yildan so‘ngra shular degandek kelganligi hamma tarixiy kitoblarda yozilgan mash¬hur so‘zdir. Va ham Qur’oni karimning mazmunicha o‘tgan payg‘ambarlar har qaysilari o‘z ummatlariga Payg‘ambarimiz kelishlaridin bashorat berganlari ma’lumdir. Zamoni saodatga erishganlari bo‘lsa, alarni to‘xtovsiz iymon keltirishga vasiyat qilgan edilar. Tavrot, Injilda va boshqa payg‘ambarlar kitoblarida ham shundoq bashoratlar berilgan edi.
=== BAYTULLOHNING DASTLABKI BINOSI ===
 
Bu oralik vahiy kelishidan besh yil burun Quraysh arablari Baytullohni buzib, qayta yasamoqchi bo‘ldilar. Buning sababi esa, Makka shahrida bir qattiq yomg‘ir yog‘ib, Baytullohni sel bosib, tomlari yiqilishga boshladi. Mana shuning uchun Quraysh qabilasi Baytullohni boshqatdan yasashga qaror qildilar. Bunga sarf bo‘ladigan chiqimga eng halol mollardin berishga qattiq shart qildilar. O‘g‘irlikdan, poradan, qimordan, fohishalikdan va boshqa har turlik buzuqchiliklardan topgan mollarni qo‘shmasga va’da qildilar.
Qator 117 ⟶ 125:
Ettinchisi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Qusay ibn Kilob tomonidin yasalmishdur.
Sakkizinchisini Quraysh qabilasi yasadilar. Shu kunlarda Payg‘ambarimizning muborak yoshlari o‘ttiz beshda bo‘lib, to‘liq yigitlik vaqtlari edi. Quraysh xalqi Baytullohning binosi uchun o‘z va’dalari bo‘yicha eng halol kasblardin bir muncha mol chiqardilar. Bu yo‘lda yig‘ilgan mol-dunyolari va ham kuchlari bilan ishga kirishdilar. Payg‘ambarimiz ham amakilari, urug‘-tuqqanlari ila tosh tashishib, har turlik xizmatda bo‘ldilar. Ibrohim alayhissalom yasagan vaqtlaridagi asosiy ul (poydevor) ustidin tosh qo‘yishib chiqdilar. Shundog‘ bo‘lib, Baytulloh tomlari ko‘krak bo‘yi ko‘tarildi.
=== HAJARUL ASVAD TARIXI ===
 
Endi Hajarul asvad toshini o‘z joyiga o‘rnatib qo‘yish vaqti edi. Shu o‘rinda Hajarul asvad toshi tarixidin bir oz ma’lumot berib o‘taylik: «Ma’lum bo‘lgayki, hadislarning mazmunlaricha, Baytulloh yer ustiga bino bo‘lgan chog‘ida Alloh taoloning amri ila «Hajarul as’ad» toshi jannatdin keltirildi. Baytullohni tavof qilishda boshlash o‘rni belgilanishi uchun uni kun chiqish do‘qmishiga qo‘ydilar. Jannatdin yangi chiqqan chog‘ida o‘z nuri bilan butun Haram xududini, ya’ni Makka shahri atrofini yoritur edi. Fatarot zamonlarida, ya’ni ikki payg‘ambar orasi uzoqlashib, din yo‘lidin xalqlar adashgan davrlarida ham Baytullohni tavof qilish odatlari tashlanmagan edi. Lekin ularga Baytullohning xurmat-odoblarini o‘rgatishga din olimlari qolmaganlikdan, arablar o‘z so‘yganlaricha tavof qilur edilar. G‘usl, tahorat, satri-avrat kabi diniy ishlarni xalq unutgan edi. Shu sifatlik arab mushriklari, tahoratsiz er-xotunlar tavof qilganlarida, odatlari bo‘yicha Hajarul as’adga yuz-ko‘z, qo‘llarini surtishur edi. Mana shu beodobchilik kasofatiga qolib ketib, bu muborak toshdin ilgarigi yorug‘lik nuri ko‘tarildi. Avvalda sham chirog‘idek oq nurlik bo‘lishi bilan «Hajarul as’ad», ya’ni «muborak tosh» deb atalgan bo‘lsa ham, u insonlar kasofatidin nurlari so‘nib, «Hajarul asvad», ya’ni «qora tosh» nomini ko‘tardi. Endi bu muborak tosh shu sifat bilan zohiriy husnidin ajragan bo‘lsa ham, ma’naviy fayzi-ilohiysi abadiy o‘zida boqiydur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
Qator 125 ⟶ 134:
Endi Payg‘ambarimizning yoshlari qirqqa yaqinlashdi, vahiy kelishiga olti oy chamasi qolganda har turli yaxshi tushlarni ko‘rar edilar. Qandoq tush ko‘rsalar, hech o‘zgarmay, shundoq kelur edi.Endi bu joyda tushning haqiqati nima ekanligini o‘quvchilarga tushuntirishni lozim topdim. Chunki tush ko‘rishning ko‘p chuqur haqiqati bordur. Agar buni yaxshi tushunib bilsa, bu bizga ko‘rinib turgan tabiat olamining ustida yana bir haqiqat olamining borligini bildiradur. Buning bilan Xudoning borliq birligi, payg‘ambarlar so‘zlarining haq rostligiga yo‘l ochiladur. Endi bilmak kerakkim, insonning haqiqiy ruhi (joni) fan olimlari, tabiat olimlarining deganlaridek qondin chiqqan bir quvvat emas, balki din olimlarining ulug‘ rahbarlari, payg‘ambarlar ayt¬ganlaridek, tabiat usti — haqiqat olamidin Xudo amri bilan inson vujudiga vaqtlik qo‘yilgan omonat bir gavhardur. Mana bu ruh qondin paydo bo‘lgan ruh bilan bek qattiq aloqalik bo‘lib, Xudo hikmati bilan shu parda ostiga yashiringanlikdin, insonlar ahli parda ostidagi asrorga yetisholmaydi. Chunki tabiat olamining ichidagi sirlarni tekshirishda fikr maydoni har qancha keng bo‘lsa ham, ammo tabiat olamidan ustungi diniy masalalarda payg‘ambarlarning rahbarligi ostidagina yo‘l topilmasa, yolg‘iz aql bilan haqiqatni topish imkondin tashqaridur. Shuning uchun bu haqda rahbarlik qilish uchun payg‘ambarlarni yubordi. Mana, inson haqiqati shu gavhardur. Bu gavhar azaliy emas, abadiydur. Ya’ni, bu ruh ilgari yo‘q edi, keyin yaratildi, demakdur. Endi u yo‘qolmay mangu yashaydi. Har inson o‘lgandin keyin, uning ruhi dunyodagi qilmishiga qarab, qilgan amaliga loyiqlab belgilangan joyda, yaxshi bo‘lsa rohatda, yomon bo‘lsa mehnatda (mashaqqatda) turadur. Payg‘ambarimizning: «Inson qabri jannat bo‘stonlaridin bir bo‘ston yoki do‘zax chuqurlaridin bir chuqurdur», degan so‘zlarining asli haqiqati shuldur. Qiyomat kuni Alloh taolo insonlarni shu ruh bilan tirgizur. Qur’oni karimdagi: «Va yas’alunaka anir-ruhi, qulir ruhu min amri robbiy» oyatining ma’nosi: «Ey Muhammad, ruhning haqiqatini sendin so‘raydilar, sen aytgin, ruh Allohning amridin paydo bo‘lgandur». Mana shundin ham insonning shu ruhi muroddur. Bu ruhning esa arvoh olami ila aloqasi bordur. Arvoh olami deb, farishtalar olamini ayturlar. U ruhning asli vatani tabiat olami ustidagi farishtalar olamidur. Boshqa hayvonlardin insonlarning farqi shu ruh orqali bo‘lur. Ilmiy taraqqiyotlar, ijodiy fikrlar hammasi shu ruh natijasidur. Endi insonning tush ko‘rishi shuki, uxlagan chog‘ida shu ruh tan xizmatidin bo‘shanib, yuqorigi o‘z olamiga sayr qilib chiqqay. Dunyoda bo‘ladigan hodisalarning ma’lumoti tamomi ila ul joyda bordur. Inson ruhi shu dunyoda bo‘ladurgan ba’zi voqealarni ul joyda ko‘rgay.Endi ruhning shu ko‘rishini tush, deb aytilur. Ruh har qancha yorug‘, musaffo bo‘lsa, ko‘rgan tushlari shuncha yorug‘, to‘g‘ri chiqar. Misoli bir ko‘zgudirkim, aksni to‘g‘ri ko‘rsatish uchun uning sayqali safolik, dog‘siz, yuzi silliq, tekis bo‘lishi shartdir. Ko‘rilgan tushlar rahmoniy va shaytoniy bo‘lib, ikkiga ajraydi. Rahmoniy tushlarning haqiqatligida hech shak yo‘qdur. Chunki Payg‘ambarimiz aytdilar: «Mendin keyin vahiy kelishi to‘xtatilib, ilmi g‘oyib eshigi yopilur. Lekin taqvolik, pok kishilarning ko‘rgan tushlari vahiy namunasi bo‘lib, to‘g‘ri kelur». Ya’ni, rahmoniy tushlar esa g‘oyibiy hodisalarga ishorat bo‘lur, dedilar. Shuning uchun payg‘ambarlar, avliyolar, taqvolik olimlar, solih, mo‘min bandalarning ko‘rgan tushlari albatta haqdur. Qur’oni karimda hazrati Yusuf alay¬hissalomning yoshligida ko‘rgan tushlarining to‘g‘ri chiqishi bunga ochiq dalildur. Har odam o‘z umri ichida bir necha to‘g‘ri tushlar ko‘rishi ma’lumdir. Bu haqiqatga hech kim inkor qilolmas. Demak, Payg‘ambarimiz deganlaridek, vahiy uzilgandin so‘ng, g‘oyibni bilishga solih kishilar ko‘rgan tushlardin boshqa yo‘l yo‘qdur.
Mana shu g‘oyibdin xabar beruvchi ruh, Almiysoq kunida «Alastu birobbikum» savoliga «Qoluv balo» javobini bergan shu ruhdur. Alloh taolo almiysoqdagi ahdini shu ruhlardin olmishdur. Oxirat kunida hisob-kitob berguvchi, jannat-do‘zaxga tushguvchi ana shu ruhlik insondur. Hammaga ma’lumki, kishi tushida har xil narsalarni, o‘lik-tiriklarni ko‘rgay. O‘ylab ko‘raylik, ko‘rguvchi, ko‘rinuvchi kimdur? Albatta, shular arvohlardur. Buni ham bilmak kerakkim, din ishlarida, tabiat usti masalalarida yolg‘izgina aqlga suyanmay, bu haqda payg‘ambarlar so‘zlarini asos qilib tutishlik har bir musulmon odamga farzdur. Bu olamning sirlariga hech kim payg‘ambarlardek voqif emasdur. Inson olamining bilgan narsalari bilmaganlari oldida ulug‘ dengizdin bir tomchi suv misolidadur. Mo‘minlarga qandog‘ ulug‘ ne’matdurkim, din ishlarida, g‘oyibiy imonlarida alarning yo‘lboshchilari bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarlardur. Bu so‘zlarni yozguvchi faqir, boshdin o‘tgan mehnat kunlarimda bir necha ko‘rgan tushlarim bordurkim, ul tushlarim esa eng og‘ir ahvolda yotgan kunlarimda Alloh taolo tarafidin bu osiy quliga qilgan iltifotlaridin ulug‘ bir ishorat edi. Yana asli so‘zimizga kelaylik. Payg‘ambarimizga bu tush ko‘rish davri olti oy miqdori davom etdi.
=== PAYG‘AMBARLIK. VAHIYNING KELISHI ===
 
Bu orada Payg‘ambarimiz yoshlari qirqqa yetdi. Endi Alloh taolo tarafidin vahiy kelar vaqti bo‘ldi. Farishtalar ulug‘i Jabroil alayhissalomga Xudo tarafidin shundog‘ farmon bo‘ldikim. «Habibim Muhammadga aytgil, uni butun yer usti tamom insu jinlariga Payg‘ambar qildim. Mening dargohimda maqbul bo‘lgan Islom dinini bandalarimga o‘rgatsin, bandalarimga meni tanitib, amru farmonlarimni ularga yetkazsin. Barcha xalqni men aytgan haq yo‘lga boshlasin» dedi. Jabroil alayhissalomga bu farmon yetishi bilan Iqro surasidan boshidagi besh oyatni keltirdilar. Qur’oni karimdan yer ustiga tushgan birinchi sura shu edi.