Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1 156:
Uchinchisi ersa oti Zulayho. Bani Qurayza yahudlaridan olingan asirlardan edi,
raziyallohu anho.
=== RASULULLOHNING QURNOQLARI (xodimlari) ===
Bular ichida eng mashhuri hazrati Anas ibn Molikdir. Madinaga hijrat qilib kelgan yildan
boshlab Rasululloh vafot bo‘lgunlaricha xizmatlarida bo‘ldi. Uning haqqida Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:
— Ey bor Xudoyo, Anasning mol-joniga bu dunyoda baraka bergil, oxiratda unga jannat
ato qil, — deb duo qildilar.
Duolari qabul bo‘lib, mol-joniga baraka kirib dunyosi ko‘paydi, o‘lganida yolg‘iz o‘zidantug‘ilgan bolalari ersa bir yuz oltita bo‘lgan edi. O‘zi bir yuz yigirma yil umr ko‘rdi,
raziyallohu anhu.
Ikkinchisi, Abdulloh ibn Mas’ud erur. Makkada turganlaridan boshlab Rasululloh bilan
birga bo‘lib, hech ajramas edi. Bilmagan kishilar shu oiladan deb o‘ylar edilar.
Rasulullohning misvoklariga, kovushlariga ega edi. Tahorat olishda misvoklarini,
turganlarida kovushlarini tayyorlab, yurganlarida aso ko‘tarib, oldilarida yo‘l boshlar
edilar, raziyallohu anhu.
Uchinchi xizmatchilari Muayqib Davsiy erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muhr
shariflarini saqlamoq uchun bu kishiga topshirmish edilar.
To‘rtinchilari, Uqba ibn Omirdur. Bu kishi ersa Rasulullohning xachirlari Duldulni boqish,
kutish vazifasida edi. Safarda, hazarda uni yetaklab Rasulullohni mindirish, tushirish
xizmatini bajarur edi.
Beshinchilari, Rasulullohning muazzinlari hazrati Bilol Habashiy erur. Bu ersa
Rasulullohning oilalari ustidagi sarf, nafaqa ishlariga yordamlashur edi. Hijratning 8-yili
Makka fath bo‘lganida Rasululloh amrlari bilan Ka’batulloh o‘gizasiga (ustiga) chiqib,
Makka shahrida birinchi azoni Muhammadiyni aytgan odam shul kishidur. Hijratning 20-
yili oltmish olti yoshda Shom shahrida vafot topdi, raziyallohu anhu. «Arabning afzali
mendurman, Habashning afzali Biloldur», degan hadis shul kishi haqida kelmishdur.
Yana bir xodimlari Abu Zar G‘iforiy erur. Bu kishi ersa, Rasulullohga vahiy kelgandan
keyin to‘rtinchi bo‘lib Islomga kirgan, so‘fiylik, qattiq tarki dunyo qilgan ulug‘
sahobalardan edi. Dunyo to‘plagan kishilarning hech biridan rozi bo‘lmay: «Uch
kunligidan ortig‘ini muhtojlarga bo‘lib berish kerak», der edi.
Payg‘ambarimizdan ilgari butga topinmagan, haq din izlagan kishi erdi. Muning
mazhabida har bir musulmon odamga kundalik ovqatiga qanoat qilib, ortig‘ini
muhtojlarga berish farzdur. Xazina qilib saqlab qo‘yish haromdur. Shuning uchun Hazrati
Usmon xalifa vaqtida Shom voliysi Muoviya bilan bir masala ustida xilof chiqib
tortishuvlar bo‘ldi. Hazrati Usmonning yuvoshligidan, qarindoshchanligidan foydalanib,
Muoviya boshliq Bani Umayya raislariga bu so‘z og‘ir kelganlikdan Hazrati Usmonga
shikoyat qildilar. Hazrati Usmon tarafidan chaqirilib Madinaga kelgach, yana shu haqda
o‘z so‘zini quvvatlab bu fikrdan qaytmadi. So‘ngra Abu Zarning xalqqa ko‘p
aralashmasligini maslahat qilib, Hazrati Usmon Madinadan uch manzil uzoqlikda bo‘lgan
Rabaza degan kishi yo‘q yerga surgun qildi. Sahobalar orasida fitna qo‘zg‘aldi. Hazrati
Usmonni shahodatlariga sabab bo‘lgan ishlarning birisi shul edi.
Hijratning 9-yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom tuprog‘iga yaqin Tabuk
g‘azotiga chiqmish edilar. Shunda Abu Zarning mingan tuyasi charchab askar ortida
qoldi. Yurishga yaramaganlikdan qurollarini osinib, yukini yelkasiga qo‘yib yo‘lga tushdi.
Uning kelayotganini Rasululloh yiroqdan ko‘rib:
— Bechora Abu Zar, yolg‘iz yuradi, yolg‘iz o‘ladi, — dedilar.
Shuning ustiga Ko‘fadan kelayotgan Ibn Mas’ud boshliq bir jamoa kishi kelib qolishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Ey Abu Zar, sening janozangni mo‘minlardan bir jamoa kishi o‘qiydi, — degan edilar.
Rasululloh aytganlaridek, Rabazaga surgun bo‘lib, shu joyda yolg‘izlikda vafot topadi.
Yana ul zot aytganlaridek, Ibn Mas’ud imom bo‘lib, shul jamoa janozasini o‘qidi.
Rasululloh yigirma necha yil ilgari Abu Zar haqida g‘aybdan xabar aytgan mo‘jiza so‘zlari
deganlaridek to‘g‘ri chiqdi.
== Adabiyot ==
* Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom atTermiziy, Shamoili Muhammadiyya, T., 1991; Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-kitob), T., 1997; Hazrati paygʻambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003.