Qoraqalpogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Mobil qurilma orqali
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 20:
[[File:Karakalpakstan map.png|right|thumb|250px]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qoraqalpogʻiston''' , Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika. 1924 yil 14 okt.da Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Mayd. 166,6 ming km2km². Aholisi 1569,4 ming kishi (2005). Poytaxti — Nukus sh. tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.
 
Davlat tuzumi. Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan suveren demokratik respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — koʻp partiyaviylik asosida 5 yil mud-datga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (QR JK). QR JK raisi respublika rahbari hisoblanib, u JK deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ket-ma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi huku-mati hisoblanadi. Q.da Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda q. [[Oliy kengashining 1993 y]]. 9 apr.dagi 12-chaqiriq 12- sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.
 
Tabiati. Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shim.-gʻarbiy, Ustyurt platosining jan.sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining jan. qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shim.gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (bal. 75 m dan 100 m gacha) uch-raydi. Alohida togʻ massivlari (eng , yirigi — Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining bal. 29—29– 101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik — chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan jan.sharqda Sariqamish soyligining shim. chekkasi joylashgan.
 
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va b. bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanv. oyining oʻrtacha t-rasi janubda —4,9°, shim.da — 7,6°^ iYulda jan.da 28,2°, shim.da 26°. Yillik yogʻin 110 &nbsp;mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194— 214 kun. Eng yirik daryosi—Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qad. sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus sh.da joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 &nbsp;km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hoz. Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
 
Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli — Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl — Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalarida mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005 y. boshiga 23 m pasaydi. Q.ning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.
Qator 44:
Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: "Badaytoʻqay" davlat qoʻriqxonasi, "Saygʻoq" va "Sudochye" buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy mayd. 1056,5 ming ga.
 
Aholisi, asosan, qoraqalpoq va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turk-man, rus, tatar, koreyslar va b. yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga&nbsp;km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5%. Davlat tillari — qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.
 
Tarixi. Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Mil. av. 5-ming yillik — 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Mil.av. 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Mil. av. 7— 6-a.larda Q. hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Mil. av. 4-a.da Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa sh.lari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (mil. av. 4-a.ga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (mil. 3— 4-a. boshlari) saroyi soʻnggi antik dav . rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-a.da arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12—13a.larda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharkda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-a.da moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-a.da Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Q. hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Qator 84:
Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 y.da barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.
 
Transporti. Q. keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. T.y., havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994 y.da avto-mobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 &nbsp;km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 &nbsp;km boʻlgan. 1999 y.da Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli sh.larini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak — Miskin, Miskin —Gazoʻchoq. Miskin—Buzoqboshi t.y. qurib ishga tushirildi. 2005 y.da t.y. uzunligi 984 &nbsp;km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940 y.da qurilib. 2003 y.da rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi. 1998 y.da Q.da "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan.
 
Tibbiy xizmati. Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991—2005 y.larda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus sh.da Respublika akusherlik va ginekologiya i.t. in-tining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Q.da 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus sh.dagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh sh. kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus sh.da 2 ta shahar poliklinikasi "oilaviy poliklinika" sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus sh.da 1998 y.dan Skrining markazi, 2003 y.dan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya in-tining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi.
Qator 147:
* Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Kamalov S.K., Karakalpaki v XVIII—XIX vv. (K istorii vzaimootnosheniy s Rossiyey i sredne-aziatskimi xanstvami), T., 1968; Nurmuxammedov M.K., Jdanko T.A., kamalov S.K., Karakalpaki. Kratkiyocherk istorii s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1971; Nurmuxammedov M.K.,Antologiya Karakalpakskoy poezii, T., 1968.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
[[Tasvir:Flag of Karakalpakstan.svg|thumb|right|250px|Bayrogʻi]]
Qator 170 ⟶ 169:
== Tarixi ==
 
Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan [[Sak qabilalari|sak]] va [[Massaget qabilalari|massagetlar]] qabilalari bilan bogʻliq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.
 
[[1811|1811-yildan]] boshlab Qoraqalpoqlar [[Xiva xonligi]]ga qaram boʻlganlar. [[1873|1873-yilda]] chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi [[Rossiya imperiyasi|Rossiyaga]] qoʻshildi. Bu yerda [[Turkiston General–gubernatorligi]] Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qal’asi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. [[1924|1924-yilda]] millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.
 
[[1930|1930-yil]] [[20-iyul]]da Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.
 
[[1932|1932-yil]] [[20-mart]]da u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi.
 
[[1936|1936-yildan]] boshlab u Oʻzbekiston ASSR tarkibiga kiradi. [[1991|1991-yilda]] Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Qoraqalpoq xalqi uchun yangi hayot boshlandi.
Qator 456 ⟶ 455:
 
== Havolalar ==
 
* [http://sovminrk.gov.uz/uzb/qoraqalpogiston_respublikasi/ sovminrk.gov.uz]
* [http://sayokhat.wordpress.com/category/05-uzbekistan-karakalpakstan-2006/ Qoraqalpogʻiston fotolari]
Qator 464 ⟶ 462:
{{O`zbekiston}}
{{Qoraqalpogʻiston}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Qoraqalpogʻiston]]
 
{{OʻzME}}