Simob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ using AWB
Qator 1:
'''Simob''' (lot. Hydrargurum), Hg — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning II guruhiga mansub [[kimyoviy unsur]]; tartib raqami 80, at. m. 200,59. Tabiiy S. massa sonlari 196, 198—202 va 204 ga teng boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng koʻp tarqalganlari 2(l0Hg(23,13%) bilan 2O2Hg (29,8%). S.ning sunʼiy [[radioaktiv izotoplar]]idan 2()3Hg(T1/2=46,9 kun) va 205Hg (T|/2=5,5 min) amaliy ahamiyatga ega. S. juda qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatdan 710"6% ini tashkil etadi. Tabiatda baʼzan tugʻma holda uchraydi, asosan, birikmalar holida boʻladi. S.ning asosiy minerali — kino var HgS. Undan tashqari, S.ning 30 ga yaqin minerallari mavjud. [[Ispaniya]], Kavkaz, [[Ukraina]], Oʻrta Osiyo, [[Italiya]] va AQShda S. konlari bor. S. — odatdagi trada yaltiroq, kumush rang suyuq metall, zichligi 13,52 g/sm3sm³, suyuqlanish t-rasi —38,97°, qaynash t-rasi 357,25°. S. oʻzida boshqa metallar (mas, natriy, kaliy, [[kumush]], [[oltin]]ni eritib, oʻsha metallarning amalgamasini hosil qiladi. Oʻz birikmalarida 1 yoki 2 [[Valentlik|valentli]]. Kimyoviy jihatdan turgʻun modda. Asl metallar singari quruq havoda oksidlanmaydi; S. kislorod bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Galogenlar va oltingugurt bilan oson birikadi. Xlorid kislotada va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi, lekin zar suvida, nitrat kislotada, qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. S.ning ionlanish potensiali katta bulganligidan birikmalari beqaror, qizdirilganda parchalanadi. Bir valentli S. birikmalari qizdirilganida S.ga va 2 valentli S. birikmalariga parchalanadi; mas, Hg2(NO3)2 <=* Hg+Hg(NO3)2. S. juda koʻp asboblar (mas, barometr, termometr, yukrri vakuum nasoslari)da, oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, elektrotexnikada, radiotexnikada, portlovchi moddalar, kunduzgi, katod va kvars lampalari, kalomel elektrodlari tayyorlashda, harbiy maqsadlarda ishlatiladi.
 
Odam va qayvonlar organizmida 10~6% S. boʻladi. Odam organizmiga bir kechakunduzda oʻrta hisobda ovqat orqali 0,02—0,05 &nbsp;mg S. oʻtadi. Kishi qonida oʻrta hisobda 0,023mg023&nbsp;mg/ml, siydikda 0,1—0,2 mkg/ml mikdorida S. bor. S. organizmda Si, Sn, Cd, Se mikroelementlarining singishi va almashinuvida yordam beradi. S. va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall S.ning bugʻlari ayniqsa xavfli. S. nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan S. undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. S. ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Sdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. S. preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi.
 
Simob birikmalari. S.ning koʻp birikmalari maʼlum. S. amidlari, mas, [Hg(NH3)2]Cl2NH3HgC! tibbiyotda qoʻllanadi. S. diatsidodiaminlarining umumiy formulasi [MeA2X2]"~2 boʻlib, kompleks birikmalardan hisoblanadi. S. dimetil (CH3)2Hg — rangeiz ogʻir suyuqlik, shirin mazaga ega, bugʻi juda zaharli. Oksidlaridan Hg2O — kora tusli kukun va HgO — qizil yoki sariq tusli kristall, peroksidi HgO2 beqaror modda, S. metilxlorid CH3HgCl — rangeiz kristall modda, organik sintezlarda qoʻllanadi. S. (1)nitrat HgNO3H2O — rangeiz kristall, suvda, nitrat kislotada eriydi, spirt va efirda erimaydi. S. (II)bariy yodid Ba(HgI4)5H2O yoki HgI2BaI25H2O sargish kristall, beqaror, gigroskopik, suvda va spirtda eriydi. Mikroanalizda alkaloidlarni anikdashda ishlatiladi. S. (II) bromid (simob dibromid) HgBr2 — kristall modda, oq kukun, zaharli, suvda, spirt va efirda eriydi. S. (II) xlorid sulema deyiladi.
Qator 13:
* Qudrat Axmerov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}