Xorazm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up using AWB
Qator 155:
[[Xorazmiylar]]ning jan.dan shim.
 
ga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, oʻlkada bir nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad. koʻtaradi. Mil. av. 4—3-a.larda X. iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, yirik sugʻorish kanallari (60—70 60–70 km. eni 30—30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻonqalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. X. qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10—1510–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari bir yoki ikki qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Mac, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi.
 
X.da shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan to mil. 8-a. boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Yirik qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kot) oʻlka ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va b. turdagi jamoat binolari qad. koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qad. xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi.
Qator 170:
Abdulahad Muhammadjonov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Xorazm''' ({{lang-fa|خوارزم}}) — [[Amudaryo (daryo)|Amudaryo]] sohillarida markazga ega [[Oʻrta Osiyo]] qadimiy mintaqasi — rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali [[Buyuk Ipak yoʻli]] oʻtgan. [[III asr]] oxirlarida Xorazm poytaxti [[Kat]] shahri boʻlgan; [[X asr]] oxirlarida poytaxt [[Koʻhna Urganch|Urganch]] shahriga koʻchiriladi (hozirgi [[Koʻhna Urganch]] shahri).
Qator 402 ⟶ 401:
* [http://www.centralasia-travel.com/ru/countries/uzbekistan/history/khorezm_kingdom Tsarstvo Xorezmiysev]
// „[[Троицкий вариант]]“ № 60, c. 8 (2010)
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Xorazm|*]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]
 
{{OʻzME}}