Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fransiya''' (France), Fransiya Respublikasi (République Française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km2km². Aholisi 65,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. F. tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lari va b.), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
 
 
== Davlat tuzumi ==
F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 y. referendum da qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 14 ⟶ 12:
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f. iqlimi q.x. uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shim.da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha t-ra 13°, gʻarb va jan.
 
gʻarbda 5—7°, mamlakat jan.da 8—10°. Iyul va avg .da tekisliklarda 16—18°, shim.da 20—22°, jan. gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500—2000 1500–2000&nbsp;mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. F.da koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang , chimli kulrang , qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda "terra rossa" deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan. da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va b.), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).
 
Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring , katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va b.) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg , Bordo, Monpelye, Lill.
 
 
== Tarixi ==
Qator 40 ⟶ 37:
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
F. sotsialistik partiyasi, 1971 y. tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962 y. tuzilgan, 1976 y.gacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978 y. asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965 y. tashkil etilgan, 1995 y.dan hozirgi nomda; F. kommunistik partiyasi, 1920 y.tuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 y. asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi F.dagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895 y. tuzilgan; F. demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; F. xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; "Fors uvriyer", kasaba uyushma markazi, 1947 y. tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
F. — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9%, q.x., oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7%., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4% ni tashkil etadi (2002).
 
 
== Sanoati ==
Qator 52 ⟶ 47:
 
Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.
 
 
== Transporti ==
T.y. uzunligi 42000 &nbsp;km. Soatiga 300 &nbsp;km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va F.ning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va b. suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.
 
 
== Tashqi savdosi ==
F. chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va h.k.larni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg , Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. F.da xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 74 ⟶ 66:
 
Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944 y.da tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 y. tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: "Radio Frans", 1975 y. tuzilgan, Televizion fransez— 1, "Antenn—2", "Frans rejone" davlat televideniye kompaniyalari, 1975 y. tashkil etilgan.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 88 ⟶ 79:
 
F. yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
 
== Meʼmorligi ==
Qator 104 ⟶ 94:
 
1980-y.lardan F. meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij sh.dagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), SenJermen o.dagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), "Ateney" teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 120 ⟶ 109:
 
dan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-a.ning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-a. oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini ("Dezertir", 1769), A.E. M. Gretri ("Lyusil", 1769) kiradi. Komik operalar "Opera komik" teatri (1715 y. SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 y.dan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 y. J. Ruje de Lil tomonidan "Marselyeza" yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 y. Parijda Milliy musika in-ti (1795 y.dan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-a. boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-a. 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi ("Karmen", 1874). 19-a. 80-y.larida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-a. 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-a. oxiri — 20-a. boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. F.da shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-a. musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan soʻng F. musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi ("Oltilik" kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va b.). 2-jahon urushidan soʻng F. musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-y.lardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va b.). 20a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long , R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va b. Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg , Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, "Sxola kantorum" (1894 y. asos solingan), "Ekol normal de myuzik" (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, F. Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.
 
 
== Teatri ==
Qator 130 ⟶ 118:
 
larda teatr hayotida "absurd teatri" katta oʻrin egalladi. 20-a. 2yarmidan F. teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda F. madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, "Grandopera", "Komedi Fransez", "Odeon" va "Shayo" milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rej.lar mashxur. F.da 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. "Komedi Fransez" teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954 y. tashkil etilgan "Xalklar teatri"da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.
 
 
== Kinosi ==
Qator 138 ⟶ 125:
 
lar oʻrtalarida F. kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; "Oktyabr" va "Erkin kino" uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun "Marselyeza" (1938, rej. R. Renuar), "Buyuk sarob" (1937, rej. R. Renuar), "Oxirgi milliarder" siyosiy satirasi (1934, rej. R. Kler), "Ahil kompaniya" (1936, rej. J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi "Kechki mehmonlar", "Osmon sizlarga tegishli" kabi filmlarni yaratdilar. 1944 y. "Parijni ozod etish" filmi chiqarildi. "Rayka bolalari" filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. Rej. R. Klemanning "Relslar ustidagi jang" filmi ozod etilgan F.ning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: "Parma ibodatxonasi" (1948, rej. KristianJak), "Qizil va kora" (1954, rej. K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), "Tereza Raken" (1953, rej. M. Karne), "Jerveza" (1956, rej. R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), "Oʻlimga mahkum qilingan qochdi" (1956, rej. R. Bresson). 1940 —50-y.lar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va b. aktyorlar mashxur. 50-y.larning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. F. kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. "Kun va soat" (1963), "Parij yonyaptimi?" (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968 y.dan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining "Bayram kuni" (1949), "Mening amakim" (1958), Kristian Jakning "FanfanTyulpan" (1952), "Qonun — bu qonun" (1958), P. Eteksning "Ohtortuvchi" (1963), "Yoyo" (1965) filmlari komediya janriga mansub. F. kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning "Qizil shar"), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni i.ch. keng rivojlandi. 60 —70-y.lardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va b. kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va b. 1943 y. tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rej., tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946 y.dan Kannda har yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936 y. "Sinematika", 1972 y. Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976 y.da Amerikaning "Oskar" mukofotiga oʻxshash "Sezar" milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-y.larda rej.lar J.Sh. Takell ("Jiyanlar", 1975), D. Vin ("Martin Gerrning qaytishi", 1984), D. Kyuri ("Oramizda", 1985), K. Berri ("Jan de Florett", 1987), J. Rivett ("Maftunkor yongʻoq daraxti", 1991), R. Varnyer ("Hindixitoy", 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. F.da 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).
 
 
== Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari ==
Qator 166 ⟶ 152:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Fransiya''', '''Farangiston''' ('''Fransuz Respublikasi''', [[fransuzcha]] ''République française'') [[G‘arbiy Yevropa]]dagi mamlakatdir. Hududiga Dunyo okeanidagi ba’zi orollar va boshqa qit’alardagi yerlar ham kiradi. Poytaxti - [[Parij]] shahri. Davlat nomi frank qabilalari nomidan kelib chiqqan.
 
'''Fransiya''', '''Farangiston''' ('''Fransuz Respublikasi''', [[fransuzcha]] ''République française'') [[G‘arbiy Yevropa]]dagi mamlakatdir. Hududiga Dunyo okeanidagi ba’zi orollar va boshqa qit’alardagi yerlar ham kiradi. Poytaxti - [[Parij]] shahri. Davlat nomi frank qabilalari nomidan kelib chiqqan.
 
Aholisi 64,5 mln kishi( shu jumladan 90 % dan ortig'i — fransuzlar). Administrativ-hududiy bo'linishi:100 departamentni (96 tasi metropoliyalarda и 4 tasi dengizorti departament) o'z ichiga oluvchi 26 region, (22 tasi metropoliyalarda va 4 tasi dengizorti regionlar).
Qator 176 ⟶ 161:
|}
 
{{stub}}
{{Yevropa}}
{{Katta yigirmattalik}}
{{Katta sakkizlik}}
{{G 20 sammitlari}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]
 
 
{{stub}}
 
 
 
 
 
{{OʻzME}}