Tatariston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tatariston''' (Tatarstan), Tatariston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Mayd. 68 ming km2km², Aholisi 3,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Qozon sh. 43 tuman, 20 shahar, 20 shaharcha bor.
 
Davlat tuzumi. T. — respublika. Davlat boshligʻi prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.
 
Tabiati. T. hududining aksariyat qismi Volganing soʻl sohilidagi tekislikdan iborat. Chekka jan.sharkda BugulmaBelebey qirlari, oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari joylashgan. Neft, gaz, bitum, gips, ohaktosh, dolomit, qoʻngʻir kumir, torf konlari bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha trasi —13° dan —15° gacha, iyulda 19—20°. Yillik yogʻin — 400—450 400–450&nbsp;mm. Asosiy daryolari — Volga va Kama hamda Kamaning irmoqlari — Vyatka, Ij, Oq Idil. Quyi Kama va Samara suv omborlarining bir qismi T. hududida. T.ning shim. qismi oʻrmon zonasida, jan. kismi oʻrmondasht zonasida joylashgan. Tuprokdari podzol, kulrang oʻrmon va qora tuproqlar. Butun hududning 16% oʻrmon (togʻterak, oq qayin, lipa, eman, zarang daraxtzorlari). Hayvonot dunyosi: boʻri, tulki, bugʻu, tiyin, burunduk,, sugʻur, quyon, qushlardan karqur, kaklik, toʻxtatuvaloq va b. Quyi Kama milliy bogʻi, VolgaKama qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
 
Aholisi, asosan, tatarlar (48,5%) va ruslar (43,3%)dan iborat. Chuvash, mordva, udmurt, ukrain va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 74%. Davlat tillari — tatar va rus tillari. Dindorlari — musulmon sunniylar va xristianlar. Yirik shaharlari: Qozon, Naberejniye Chelni, Almat, Nijnekamsk, Zelenodolsk.
Qator 19:
Qishloq xoʻjaligi donchorvachilik yoʻnalishida rivojlangan. Burdoy, suli, grechixa, javdar, arpa, qand lavlagi, kungaboqar, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, texnika va yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Gʻarbda bogʻdorchilikka eʼtibor beriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Quyonchilik va asalarichilik rivojlangan.
 
Transporti. T.da avtomobil, t.y., havo transporti rivojlangan T.y. uzunligi — 879 &nbsp;km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. — 12357 &nbsp;km. Volga, Oq Idil, Vyatka daryolarida kema qatnaydi (ichki suv yoʻllari uz. — 933 &nbsp;km). Krzon sh.da xalqaro aeroport bor. T. hududida bir necha yirik neft va gaz quvurlari, jumladan Almatdan Sharqiy Yevropaga tortilgan neft quvuri, shim.gʻarbda Urengoy—Markaziy Rossiya va Urengoy — Pomari—Ujgorod qitʼalararo gaz quvurlari oʻtadi.
 
Tibbiy xizmati. T.da 15 ming vrach aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Har 10 ming aholiga 44 vrach toʻgʻri keladi. Vrachlar Qozondagi tibbiyot intida tayyorlanadi. 150 dan ortiq sanatoriykurort muassasalari, jumladan, Bakirovo, Vasilyevo, Ijevsk mineral suvi. VarziYatchi kurortlari, Tarlovkadagi iklimiy kurort mavjud.
Qator 41:
Teatri. Xalq oʻyinlari va tomoshalari T. teatr sanʼatining ilk manbalari boʻldi. Milliy teatr 19-a. oxiri— 20-a. boshlarida shakllana boshladi, dastlabki havaskor teatr truppalari vujudga keldi. 1906 y. Qozonda tatar tilidagi birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1920 y. turli teatr jamoalari asosida "Birinchi namunali tatar davlat truppasi" (1939 y.dan G.Kamol nomidagi T. akademik teatri) tuzildi. 20—30y.larda tatar teatri tez surʼatlar bilan rivojlandi. Ketma-ket teatrlar: "Sabanchi" (1920), "Eshchi" (1932), Kuchma teatr (1933), G.Kamol nomidagi teatrning qishloq filiali, Menzeli qishloq teatri (1935) tashkil etildi. Ularning sahnasida mahalliy dramaturglardan K.Tinchurinning "Amerikalik", "Yelkansiz qayiq", "Kandra daryosida", F.Burnashning "Keksa Kamol", T. Izzatning "Uchqunlar", "Oqimlar", shuningdek, U.Shekspir, F.Shiller, P.Bomarshe, N.Gogol pyesalari qoʻyildi. 50—60y.larda rej.larning yangi avlodi (M.Salimjonov, P.Isanbet, R.Tumashev, M. Mustafin) teatr sohasida ish boshladi. Boshka xalklarning , shu jumladan, Oʻzbekistonning teatr jamoalari bilan ijodiy aloqalar kengaydi, gastrol safarlari uyushtirildi: G.Kamol nomidagi T. akademik drama teatri Toshkentga bir necha bor kelib, oʻz spektakllarini namoyish etdi. Qozonda yosh tomoshabinlar teatri, T. drama va komediya teatri, qoʻgʻirchoq teatri, T. sayyor drama teatri ishlaydi. Teatr sanʼatining tanikli arboblari: X.G. Abjalilov, F.Xalitov, Sh.Biktimirov, V.Pavlova, G.Shamukov va b.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Poytaxti(Boshkenti) — [[Qozon]] shahri.
Qator 56 ⟶ 55:
== Aholisi ==
 
Tatariston aholisi [[2010]]-yilga kelib — 3780,6 ming kishini tashkil etadi. Shahar aholisi — 74,5 % ([[2005]]). Aholi zichligi — 55,4 kishi./km ([[2005]]).
 
[[Tatarlar]] 53,2 %,[[Ruslar]] 39,7 %,[[Chuvashlar]] 3,08 %,[[Udmurtlar]]|| 0,62 %,[[Ukrainlar]] 0,48 %,[[Mordva]] 0,51 %,[[Mariylar]] 0,50 %, [[Boshqirtlar]] 0,36 %
Qator 67 ⟶ 66:
{{Privoljsk federal okrugi}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}
 
 
[[Turkum:Rossiya]]