Finlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km², m3 → m³ using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Finlandiya''' (fincha Suomi, shvedcha Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shim. Yevropada joylashgan davlat. Mayd. 337 ming km2km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki sh. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991 y.dan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan Aland o.lari bu hisobga kirmaydi.
 
Davlat tuzumi. F. — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000 y. 1 martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.
 
Tabiati. Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltik, dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100—200100–200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shim. va sharqida tepalik va qirlar bor. Shim.gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shim.da kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha t-ra fev.da —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600—600– 700 &nbsp;mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, jan.dagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shim.da togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va b. F.da 18 qoʻriqxona bor.
 
Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Jan. va gʻarbiy rnlarda shvedlar, shim.da saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo.
Qator 18:
Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbobuskunalar i.ch., elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner i.ch.), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. F.ning yoqilgʻienergetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va b. qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna sh.laridagi metallurgiya z-dlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori sh.larida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi z-dda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va b. ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi.
 
Qishloq xoʻjaligida fermerlik tipidagi mayda va oʻrta yer egaligi ustun. Q.x.ga yaroqli yerlar mamlakat hududining 8%ni tashkil qiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi — q.x.ning yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, yem uchun javdar, arpa, suli, texnika ekinlaridan qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, pichanbop oʻt ekiladi. Darrandachilik (norka, kulrang tulki, shim. tulkisi), bugʻuchilik, baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining qad. tarmogʻi. F.da 18 mln. gektardan ortiq oʻrmon bor, yiliga 50—55 mln. m3 yogʻoch kesiladi.
 
Transportida t.y. uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. [[Shvetsiya]], [[Estoniya]], [[Polsha]], [[Olmoniya]] bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va b. oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi.
Qator 51:
'''Finland ''' (Finland Respublikasi) poytaxti — [[Helsinki]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
{{geo-stub}}
{{Yevropa}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Finlandiya]]
 
 
{{geo-stub}}
 
 
 
{{OʻzME}}