Malta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Malta''' (Malta), Malta Respublikasi (Republika ta’Malta) — Oʻrta dengiz markaziy qismidagi Malta arxipelagi orollar guruhida joylashgan davlat. Orollarning yiriklari: Malta, Gotso va Komino. Mayd. 396 km2&nbsp;km². Aholisi 394 ming kishi (2001). Poytaxti — Valletta sh.
 
 
== Davlat tuzumi ==
M. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1964 y.da qabul qilingan; unga 1974, 1987 y.larda tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1999 y. 4 apr. dan Gvido de Marko); u parlament tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi hokimiyatni Vakillar palatasi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi.
 
 
== Tabiati ==
Malta o.ningjan. vajan.gʻarbiy qirgʻoklari tik, koʻp gor bor, shim. va shim.-sharqiy qirgʻoqlari past va qulay gavanlardir. Orollar, asosan, ohaktoshlar, gil tuproqlardan tashkil topgan. Platolar kup. Iklimi — Oʻrta dengiz iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi iliq, yomgʻirli. Fev.ning oʻrtacha t-rasi 12°, avg .niki 25°. Oʻrtacha yillik yogʻin 530 &nbsp;mm ga yaqin. Oqar suvlari kam.
 
Aholisining 98% ga yaqini maltiylar; inglizlar va italyanlar ham yashaydi. Katolik dinihukmron. Rasmiy til — malta va ingliz tillari. Aholining 85% shaharlarda yashaydi. Yirik shaqarlari: Valletta, Birkirkara, Hamrun, Rabot, Viktoriya.
 
 
== Tarixi ==
M. hududida odamlar mil. av. 4ming yillikdan yashay boshlagan. Orol mil. av. 13-a.dan finikiylar, karfagenlar, rimliklar, mil. 395— 870 y.larda Vizantiya, 870—1091 y.larda arablar koʻl ostida boʻlgan. 1091 y.da M. normannlar tomonidan bosib olindi, keyinroq Sitsiliyaga birlashtirildi. 1530 y. M.da ioannitlar (diniy ritsarlik) ordeni qaror topdi va u Malta ordeni deb ham atala boshladi. 1800 y. M.ni Buyuk Britaniya bosib olib, mustamlaka deb eʼlon qildi. 1869 y. Suvaysh kanali ochilganidan keyin orolning strategik ahamiyati oshdi va u Buyuk Britaniyaning Oʻrta dengizdagi qudratli harbiy dengiz bazasiga aylandi. 1jahon urushidan keyin xalq, ozodlik harakatining oʻsishi natijasida 1921 y. Buyuk Britaniya M.ga oʻzini oʻzi boshqarish maqomini berishga majbur boʻldi, biroq 1930 y. u M.ni bu huquqdan yana maxrum etdi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1947 y.gi konstitutsiyaga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish huquqi qayta tiklandi. 1964 y. 21 sent.da M. Hamdoʻstlik doirasida mustaqillikka erishdi. 1974 y.dan respublika. 1979 y. M.da oxirgi ingliz harbiy dengiz bazasi tugatildi. 1987 y. konstitutsiyaga mamlakatning harbiy ittifoqlarga qoʻshilishini taqiqlovchi band kiritilgan. M. 1964 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatini 1993 y. 25 fevralda oʻrnatdi. Milliy bayramlari: 31 mart — Ozodlik kuni (1979), 21 sent. — Mustaqillik kuni (1964), 13 dek. — Respublika kuni (1974).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 29 ⟶ 25:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Malta gavernment gazett" ("Malta hukumat gazetasi", ingliz va malta tillarida chiqadigan gaz., 1813 y.dan), "Orizont" ("Ufq", malta tilida chiqadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), "Alternativa" ("Muqobil", malta tilida chiqadigan gaz., 1989 y.dan), "Tayme" ("Vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1935 y.dan), "Mument" ("Harakat", malta tilida chiqadigan haftalik, 1972 y.dan), "Sandi tayme" ("Yakshanba vak,ti", ingliz tilida har yakshanbada chiqadigan gaz., 1922 y.dan), "Torcha" ("Mashʼal", malta tilida chiqadigan gaz., 1944 y.dan). "Malta Brodkasting Osoriti" (MVA) telekoʻrsatuv va radioeshittirish xizmati 1961 y.da tashkil etilgan.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Malta va Gotso o.larida neolit davriga oid toshdan qurilgan noyob insho-otlar (Xal-Tarshin, Mnaydra va b.) saqlanib qolgan. 16—18-a.larda isteh-kom inshootlari barpo etilgan, M.ning yangi poytaxti — Valletta sh. qurila boshlagan, Mdina sh. uygʻonish va barokko meʼmorligi ruhida qayta qurilgan. Bu davrda jamoat binolari, cherkovlar, kayerlar barpo etilgan. 19-a. va 20-a. 1-yarmi imoratlari orasida Mostada barpo etilgan doyra shaklidagi gumbazli cherkov, Vallettadagi opera teatri, Gotso o.dagi Ta-Pinu bazilikasi alohida ajralib turadi.
 
M. hududidan neolit davriga oid sopol idishlar, tosh va terrakotadan yasalgan haykalchalar va h.k.lar topilgan. 17-a.da barokko va klassitsizm uslubida ishlaydigan mahalliy meʼmorlar va haykaltaroshlar yetishib chikdi (meʼmorlar J. Kassar, L. Gafa, S. Ittar, D. Gronye de Vasse, xaykaltarosh M. Gafa va b.). MALTA — yuqori paleolit davri manzilgohi. Irkutsk sh.dan 85 &nbsp;km gʻarbda, Malta qishlogʻi yaqinidagi Belaya daryosi sohilida joylashgan. 1928 y. M. M. Gerasimov topib, 1959 y.gacha oʻrgangan. Bir paytda mavjud boʻlgan turli xildagi yengil koʻchma turar joylar (chum, yertoʻla, yarim yertoʻla) ochilgan. M.liklar bugʻu, mamont, junli nosoroglarni ovlashgan. M.dan suyakdan ishlangan 20 ga yakin ayol maʼbudalari haykalchasi, uchib ketayotgan qushlar surati solingan hayvon suyagi parchalari, juda kup tosh va suyak qurollar (pichoq, igna, paykon) hamda 3—4 yoshli bola skeleti topilgan. Skelet atrofiga qizil oxra sepilgan. Qabr usti 3 ta tot taxta bilan berkitilgan. Qabrdan zebziynat buyumlari, suyakdan ishlangan qush haykalchalar, nayza, sanchqi va b. ashyolar topilgan. Ushbu yod-gorlik ibtidoiy jamiyatning matriarxat davriga oid boʻlib, oʻsha davr hayoti haqida tasavvur beradi.
 
== Adabiyot ==
Qator 43 ⟶ 38:
 
{{Yevropa}}
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
Qator 50 ⟶ 49:
 
 
{{stub}}
 
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}