Chernogoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chernogoriya''' (Crna Gora), Chernogoriya Respublikasi (Republika Crna Gora) — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Mayd. 13,8 ming km2km². Aholisi 635 ming kishi (1996). Poytaxti — Podgoritsa sh. Maʼmuriy jihatdan jamoalarga boʻlinadi. Aholisining kupi chernogorlar; serb va albanlar ham yashaydi. Aholining 69% xristian (pravoslav), 19% islom diniga eʼtiqod qiladi. Ch.ning oʻz konstitutsiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor.
 
 
== Tabiati ==
Ch. mamlakat jan.gʻarbida, Adriatika dengizi sohilida joylashgan. Hududining katta qismini Dinara togʻligi egallagan (eng baland joyi 2511 m, Durmitor togʻi); jan.gʻarbida Chernogoriya karstli platosi bor. Ikdimi moʻʼtadil, kontinental. Adriatika dengizi sohillarida oʻrta dengiz iqlimi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1600—1800 1600–1800&nbsp;mm, sohillarda 3000 &nbsp;mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli va aralash oʻrmonlar. Ch.da qoʻrgʻoshinrux rudalari, boksit, qoʻngʻir kumir konlari bor. Asosiy daryolari Moracha va uning irmogʻi Zeta.
 
 
== Tarixi ==
Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Mil. av. 1a.da Rim tomonidan bosib olingan. Mil. 1a.da Ch. hududi (11a.gacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-a.dan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 y.dan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-a.da slavyanlar kelgan. 1479 y.dan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499 y.da Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735 y.larda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796 y. Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878 y. Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910 y.dan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. 1jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918 y. 1 dek. da Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941 y. aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng , Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944 y. dek. da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945 y. noyab. dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991 y. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 y. 4 fevraldan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 21 ⟶ 18:
 
Kundalik "Pobeda" ("Gʻalaba") gaz. serb tilida 1943 y.dan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi.
 
 
== Adabiyoti ==
Chernogor adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch.da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709— 66)ning "Chernogoriya toʻgʻrisida tarix" asari boʻlib, u 1754 y. Moskvada nashr etilgan. Yangi chernogor adabiyotining boshlanishi 18-a. oxiri — 19-a. 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi chernogor sheʼriyatida1918 y.gacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. "Chernogoriyaning qisqacha tarixi" asari (1835 y. nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827— 31 y.lar Ch.da yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya "Chernogoriya tarixi" asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-a. — 20-a. boshlaridagi nazmda S.M.Lyubishi va serb yozuvchisi S.Matovul xikoyalari ajralib turadi. S.Matovul bir necha yil Ch.da yashab chernogor xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S.Vuletich, M.Tomich, S.Shobaich samarali ijod kildilar. 30-y.larning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Ch. adabiyotida ham "ijtimoiy realizm" okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R.Zogovichning "Musht" (1936), "Olovli kaptarlar" (1937) toʻplamlari, "Kelgindilar" dostoni (1937); M.Banevichning "Oʻrmon" (1938), "Olovli tong" (1941) toʻplamlari; Ya.Jonovichning "Ikki dare" (1938) va M.Vukovichning "Yer" (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D.Jurovich "Togʻliklar orasida" hikoyalar toʻplami (1936), "Duklya mamlakati" romani (1939), N.Lopichich "Dehqonlar" hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda chernogor xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 y.lar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning "Toʻy" (1950), "Yomgʻirli bahor" (1953), "Uzilish" (1955), "Leley tom" (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A.Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R.Zogovich, D.Jonovich, M.Banevich, D.Kostich, R.Veshovich, M.Kral, S.Petrovich, Ye.Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye.Brkovich,. V.Ivanovich, J. Komanin va b.ning pyesalari alohida oʻrin tutadi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 33 ⟶ 28:
 
ning 20—30-y.larida rassomlar M. Milunovich, P. Lubarda, haykaltarosh R. Stiyovich samarali ijod qildilar. Ch.da monumental sanʼat hamda tematik, portret va peyzaj rangtasvir rivojlangan.
 
 
== Musiqasi ==
Ch.da 19-a. oxirigacha faqat xalq musiqa madaniyati rivojlangan. Xalq epik, qaxramonlik, lirik, marosim qoʻshiklarini ijro etishning qad. anʼanalari saqlangan. Xalq musiqasining asosiy cholgʻusi qoʻbizsimon gusle. Oro raqsi keng tarqalgan. 19-a. oxirida musiqiy jamoa tashkilotlari va ijrochi jamoalar paydo boʻldi. Kompozitor Y. Ivanishevich, xormeyster A. Ivanovich dastlabki professional musiqachilaridandir. Birinchi musika maktabi 1924 y. Setineda tashkil etilgan. 2-jahon urushi (193945) dan keyin Setine (1947), Podgoritsa (1950, M. Milyanov nomida), Kotor (1950) va b. shaharlarda musiqa maktablari ochildi. Podgoritsada Radioning simfonik orkestri va aralash xori, "Oro" xalq ashula va rake ansambli bor. Havaskorlik xor jamiyatlari, Ch. kompozitor ijrochimusiqachilar jamiyati ishlaydi.
 
 
== Teatri ==
Qator 45 ⟶ 38:
[[Image:Montenegro municipalities.png|thumb|250px|right]]
'''Chernogoriya''' poytaxti - [[Podgoritsa]] shahri. [[BMT]] a'zosi
 
{{stub}}
{{Yevropa}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}