Sloveniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
{{Sloveniya_info}}
'''SLOVENIYA''' (Slovenija), '''Sloveniya Respublikasi''' (Republika Slovenija) — Bolqon ya.o.ning shim.garbida joylashgan davlat. Mayd. 20,3 ming km2km². Aholisi 1,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lyublyana sh. Maʼmuriy jihatdan 62 tumanga boʻlingan.
 
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7 ⟶ 6:
 
da qabul qilingan; unga 1997 va 2000 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat majlisi va Davlat Kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
S. — asosan, togʻli mamlakat. Shim.gʻarb va shim.da Sharqiy Alp tizmasi, jan.da Dinara yassitogʻligining shim. chekkasi, jan.gʻarbda gʻaroyib gʻorlari bilan mashxur boʻlgan Karst platosi bor. Sharkda va Adriatika dengizining Triyest qoʻltigʻi sohilida chogʻroq pasttekisliklar joylashgan. Qoʻrgʻoshinrux rudalari, simob, bir oz miqdorda qoʻngʻir koʻmir, lignit, neft, barit, binokorlik materiallari konlari mavjud. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Asosiy daryolari — Sava, Drava (Dunay irmoqlari). Togʻlarda muz va karst koʻllari bor. S. hududining 46% ga yaqini oʻrmon, baland togʻlarda buk va eman oʻrmonlari togʻ yonbagʻirlarida aralash va ignabargli oʻrmonlar bilan almashinadi. Kattagina maydonlar — yaylov. Hayvonot dunyosi qoʻngʻir ayiq, bugʻu, togʻ echkisi, kemiruvchilar va turli parrandalardan iborat. Triglav milliy bogʻi tashkil etilgan.
 
 
== Aholisi ==
Asosiy aholisi slovenlar (90%); xorvat, serblar ham yashaydi. Shahar aholisi 51,5%. Dindorlarining aksariyati xristian (katolik)lar. Rasmiy til —sloven tili. Yirik shaharlari: Lyublyana, Maribor.
 
 
== Tarixi ==
Qator 27 ⟶ 23:
 
dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 iyun — S. davlatchiligi kuni (1991).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal demokratiya partiyasi, 1913 y. asos solingan S. liberal partiyasining davomchisi sifatida 1989 y.da qayta tiklangan; S. demokratik partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Sotsialdemokratlar Yagona roʻyxati partiyasi, 1992 y. asos solingan; Koʻkatparvarlar partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; S. xalq partiyasi, 2000 y. tuzilgan; S. milliy partiyasi; S. sotsialdemokratik partiyasi, 1989 y. asos solingan; S. pensionerlar demokratik partiyasi. S. mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi; S. mustaqilligi yangi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
S. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35%, q.x. ning ulushi 5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 60%.
 
 
== Sanoati ==
Qator 43 ⟶ 36:
 
Tra nsportida t.y. uzunligi 1,2 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 14,7 ming km. Dengiz porti — Koper. Xorijiy sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Chetga yuk avtomobillari, avtobuslar, toʻqimachilik, kimyo sanoati va q.x. mahsulotlari chiqaradi. Chetdan avtomatika va aloka vositalari, mashina va uskunalar, isteʼmol tovarlari oladi. Pul birligi tolar.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 49 ⟶ 41:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz.lari: "Delo" ("Ish", mustaqil kundalik gaz., 1959 y.dan), "Drujina" ("Oila", haftanoma, 1952 y.dan), "In" ("Sloveniyadan xabarlar", ingliz va sloven tillarida chiqadigan haftanoma), "Mladina" ("Yoshlar", haftanoma, 1942 y.dan), "Slovenets" ("Sloveniyalik", kundalik gaz., 1991 y.dan), "Slovenske novitse" ("Sloveniya yangiliklari", kundalik gaz., 1991 y.dan), "Vecher" ("Oqshom", kundalik gaz., 1945 y.dan). S. telegraf agentligi (STA) S. Respublikasi axborot agentligi boʻlib, 1991 y. asos solingan. S. Radio va televideniyesi faoliyat koʻrsatadi; radioeshittirish 1928 y.dan, telekoʻrsatuv 1958 y.dan boshlangan. 3 davlat radio dasturi va 2 davlat telekanali mavjud. Eshittirish va koʻrsatuvlar sloven, venger, italyan tillarida olib boriladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 57 ⟶ 48:
 
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida "Sloven moderni" ijodiy guruqi (nasrda Y. Sankar, D. Kette, nazmda O. Jupanchich va b.) adabiy jarayonni rivojlantirdi. Guruh aʼzolari oʻsha paytda Yevropada urf boʻlgan naturalizm, impressionizm, simvolizm sheʼriy usullaridan foydalanib, ijtimoiy va milliy tengsizlikka qarshi norozilik kayfiyatini ifodaladilar. 20—30y.larda shoirlardan O. Jupanchich, A. Gradnik, yozuvchi va dramaturglardan F. Bevk, Yu. Kozak, B. Kreft, P. Vorans xalq xayotini haqqoniy aks ettirdilar. 2-jahon urushi yillaridagi ozodlik kurashi davrida sheʼriyat yetakchi janr buldi. Partizan shoirlar M. Bor, K. DestovnikKayux, T. Selishkar, E. Kotsbek va b. oʻz sheʼrlari bilan xalqni kurashga daʼvat etdilar. Urushdan keyingi yillarda Ya. Menart, L. Krakar, T. Pavchek, K. Kovich sheʼriyatida, M. Mixelich, P.Zidar, V. Kavchich qissa va romanlarida, P. Kozak, D. Smole, P. Bojich pyesalarida inson ahvolruhiyati chuqur tahlil qilinib, voqealar silsilasi jushqin ifodalab berildi, turli gʻoyalar kurashi xolisona aks ettirildi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 65 ⟶ 55:
 
S. hududida paleolit davriga mansub suyakdan yasalgan buyumlar, neolit davriga oid chorpoya ustiga kurilgan binolarning krldiklari, jimjimador naqshlangan sopol idishlar topilgan. Jez davridan jez haykalchalar, naqshin shamshir va b. saqlangan. 9—12-a.lar slavyan kabrlaridagi kumush zargarlik buyumlari oʻyma naqsh bilan ziynatlangan. 12— 13-a.larda cherkovlar tosh oʻymakorligi va burtma gullar bilan bezatilgan. 14-a.da yogʻoch haykaltaroshligi paydo boʻldi (Solchavdagi "Bibi Maryam" cherkovi). 16-a.da portret va dunyoviy rang-tasvir sanʼati rivojlandi, cherkov devorlariga rayem solish urf boʻldi. Metall, yogʻoch va sopol buyumlar yasashga kirishildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida F. Kovchich rasmlari, L. Yansha manzaralari, I. Tomins portretlari mashhur boʻldi. 20-a. rassomlaridan F. Tratnik, G. Kos, F. Mixelich, haykaltaroshlaridan F. Berneker, L. Dolinar ijodi diqqatga sazovor. Amaliy bezak sanʼati turlari rivojlangan.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 71 ⟶ 60:
 
dan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-a. kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-a.da Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 y. Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 y. konservatoriya (1939 y.dan Musika akademiyasi), 1934 y. Musika tarixi inti, 1939 y.da filarmoniya ish boshladi. 20-a.ning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana universiteti huzurida musiqashunoslik instituti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyorlardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalardan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukovetslar mashhur.
 
 
== Teatri ==
17-a.da nemis va lotin tillarida dastlabki tomoshalar — "maktab dramasi" va diniy mavzudagi dramalar koʻrsatila boshlagan, sung dunyoviy teatrlar ham paydo bulgan. 1765 y. Lyublyanada doimiy ishlaydigan Tabaka teatri ochilib, unda nemis tilida A. Iffland, A. Kotsebu, 19-a.dan F. Shiller va b. mualliflarning pyesalari kursatilgan. 1789 y. birinchi sloven pyesasi — A. Linhartning "Mitska — jupan qizi" pyesasi sahnalashtirildi. 1867 y. tashkil etilgan Teatr jamiyati, asosan, sloven dramaturglarining asarlarini kursata boshladi. 1va 2-jahon urushlari urtasidagi davrda Sloven milliy teatr truppasi kaytadan tashkil etildi, 20-a.ning 2-yarmida yangi teatrlar barpo etildi. Lyublyanada Eksperimental (1956 y.dan), bolalar teatrlari, qugʻirchoq teatr, Teatr sanʼati akademiyasi, Sloven teatr muzeyi ishlaydi.
 
 
== Oʻzbekiston — Sloveniya munosabatlari ==
2003 y. okt.da S. Tashqi ishlar vazirining Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida sarmoyalarni uzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlikka oid bayonnoma imzolandi. Ikki mamlakat urtasida tovar aylanmasi 2002 y.da 2,1 mln. AQSH dollarini tashkil etganligi taʼkidlanib, kelgusida hukumatlar, parlamentlar urtasidagi alokalarni va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishib olindi.
 
== Havolalar ==
Qator 84 ⟶ 71:
* [http://www.vlada.si/en/ Government of the Republic of Slovenia]
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 94 ⟶ 80:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}