Yaponiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yaponiya''' (yaponcha Nippon, Nihon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Shim.dan Oxota dengizi, sharq va jan.sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. 377,8 ming km2km². Aholisi 127,8 mln. kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 12:
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo o.dagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu o.ning shim. qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu o.ning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku o.ning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu o.niki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli r-nlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
 
Iqlimi mussonli, shim.da moʻʼtadil, jan.da subtropik, Ryukyu o.larida asosan tropik ikdim. Hokkaydo o.da, Sapporoda yanv.ning oʻrtacha t-rasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanv.ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 &nbsp;mm; Hokkaydo o.ning sharqida yillik yogʻin 800—1200 800–1200&nbsp;mm, Sekoku va Kyushu o.larida 3000 &nbsp;mm, baʼzi joylarda 4000 &nbsp;mm gacha.
 
Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 &nbsp;km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uz. 367 &nbsp;km. Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (mayd. 670,2 km2&nbsp;km², chuq. 103,8 m).
 
Tuproqlari shim.da podzol va oʻtloqibotqoq, jan.da qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami 700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp. Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.
Qator 49:
 
== Transporti ==
Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. T.y.larning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 &nbsp;km gacha yetadigan "[[Shinkansen]]" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 &nbsp;km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 &nbsp;km) Honshu va Hokkaydo o.larini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 &nbsp;km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg . tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 &nbsp;km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 &nbsp;km.
 
== Tashqi savdosi ==
Qator 114:
Oʻzbekyapon doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun sanʼatshunos Ikuo Xirayama Oʻzbekiston Respublikasi BAning faxriy xorijiy aʼzosi etib saylandi (2002), prof. Kyudzo Kato va Vaseda un-ti prezidenti Takayasi Okushima OʻzRning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2002). 2004 yil martda Tokiodagi Soka untida buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi ^haykaltarosh R. Mirtojiyev). 2004 yil Oʻzbekistonga 3000 yapon sayyohi kelgan. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga Yaponiyada "YaponiyaOʻzbekiston" doʻstlik jamiyati (|998 yil tashkil etilgan), FukusimaOʻzbekiston iqtisodiy va madaniy aloqalar uyushmasi, "FukuokaOʻzbekiston" jamiyati, "OtaToshkent" doʻstlik jamiyati, OʻzRda "OʻzbekistonYaponiya" doʻstlik jamiyati (1999 yil tashkil etilgan) munosib hissa qoʻshib kelmoqda. 2002 yil apr.da Yaponiya parlamentida mamlakatning nufuzli siyosiy arboblari Taro Aso, Yosiro Mori va boshqalar tashabbusi bilan "Yaponiya liberaldemokratik partiyasi — Oʻzbekiston" doʻstlik ligasi tashkil etilgan.
 
'''Yaponiya''' ({{lang-ja|日本}}<ref>Mamlakatning nomidagi ierogliflar „quyosh“ va „manbaa“ maʼnolarini anglatadi, va aynan shuning uchun Yaponiyani koʻpincha „kun chiqar mamlakati“ deb ataydilar. U ushbu nomga Xitoyga nisbatan sharqda joylashganligi sababli sazovor boʻlgan. </ref> ''Nippon, Nihon'', rasmiy. {{lang-ja|日本国}}<ref>国 (''koku'') — mamlakat</ref> ''Nippon-kóku, Nixon-koku'') — [[Sharqiy Osiyo]]daga [[orol]] [[mamlakat]]. Yaponiya [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti|BMT]], [[Katta sakkizlik]] va [[Osiyo-Tinch Okeani iqtisodiy hamkorligi|OTIHning]] aʼzosi hisoblanadi. Ushbu yuqori taraqqiy etgan mamlakat, [[Yalpi ichki mahsulot|YaIM]] hajmiga koʻra jahonda [[Amerika Qo'shma Shtatlari|AQSh]] va [[Xitoy]]dan soʻng uchinchi oʻrinni egallaydi.
 
== Siyosiy tuzilmasi ==
Qator 392:
{{Katta sakkizlik}}
{{Katta yigirmattalik}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Osiyo]]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
{{OʻzME}}