Kongo Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 4:
'''Kongo Respublikasi''' (Kongo Respublikasi) poytaxti — [[Brazzaville]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
'''Kongo''' (Congo), Kongo Respublikasi (Republique du Congo) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 342 ming km2km². Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2001). Maʼmuriy jixatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi. Poytaxti — Brazzavil sh.
 
 
== Davlat tuzumi ==
K. — respublika. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y.dan Deni Sassu-Ngesso). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament (Milliy oʻtish kengashi). Ijroiya hokimiyat — hukumatga prezident boshchilik qiladi.
 
 
== Tabiati ==
K. hududi, asosan, Kongo botigʻida joylashgan. Mayombe togʻlari (bal. 930 m gacha) kambar (eni 40—40– 50  km) dengiz boʻyi pasttekisligiga parallel yotadi. Mamlakatning shim.-gʻarbi tekislik boʻlib, unda ayrim togʻlar qad koʻtargan (Nabemba choʻqqisi — 1000 m). K.ning qolgan qismi botqoqlashgan allyuvial tekisliklardan iborat.
 
Iqlimi issiq; shim. sernam ekvatorial, jan. quruq subekvatorial iqlim. Eng issiq oyi (apr.)ning oʻrtacha t-rasi 24—27°, eng salqin oyi (iyul)niki 20—25°. Yillik yogʻin 1500—2000 1500–2000 mm, jan. chekkasida 1200—1400 1200–1400 mm. Daryo koʻp, hammasi sersuv. Yiriklari Kongo .va uning oʻng irmoqlari — Ubangi, Sanga, Likvala, Alima. Kema katnaydi. Qizil-sariq ferralitli tuprok,larda qimmatbaho yogʻoch beradigan (limba, okume va b.) oʻrmonlar, jan.da savannalar mavjud. Hayvonlardan maymun, fil, begemot, qoplon yashaydi; parranda turlari koʻp. Timsoh, ilon, hasharotlar (jumladan, setse pashsha va h.k.) uchraydi. K.da Lefini qoʻriqxonasi va Odzala milliy bogʻi bor.
 
Aholisi bantu tili oilasiga mansub xalqlar (kongo, teke, mboshi, sanga, bobangilar)dan iborat. Tropik oʻrmonlarda pigmey qabilalari yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining 46% shaharlarda yashaydi. Dindorlar — katoliklar, protestantlar, bir qismi anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, musulmonlar ham bor. Yirik shaharlari: Brazzavil, Nkayi, Lubomo, Mosenjo.
 
 
== Tarixi ==
Qator 27 ⟶ 24:
 
K. 1960 y. 15 avg .da mustaqillikka erishdi. Shu yilning 20 sent.dan BMT aʼzosi, 1969 y. 30 dek.da Xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1991 y.dan mamlakat K. Respublikasi deb atala boshladi. Milliy bayrami —15 avg . — Mustaqillik kuni (1960).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
K. mehnat partiyasi, 1969 y.da tuzilgan; K. demokratiya va mushtarak rivojlanish harakati, 1990 y.da asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun birlashma, 1990 y.da tashqil etilgan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashma, 1990 y.da tuzilgan; Birlashgan demokratik kuchlar, 1994 y.da asos solingan; Ijtimoiy demokratiya uchun Afrikaaro ittifoq partiyasi. K. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1964 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyushma birligi tashqilotiga va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 38 ⟶ 33:
Yer fondining juda oz qismini ekinzor va yaylovlar tashqil etadi. Q.x. kamhosil boʻlib, aholining oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yams, taro, tariq, makkajoʻxori, sholi, sabzavot yetishtiriladi. Eksport uchun moyli palma, banan, kofe, kakao, sitrus oʻsimliklar, geveya oʻstiriladi, shakarqamish, yer yengʻoq, tamaki ekiladi.
 
K.da 802  km t.y., 15 ming km avtomobil yoʻli bor (1,5 ming km qattiq qoplamali). Yagona dengiz porti — Puent-Nuar, daryo porti — Brazzavil, xalqaro aeroportlari — Brazzavil va Puent-Nuarda.
 
K. chetga neft, yogʻoch, qurilish materiallari, olmos, palma magʻzi va yogʻi, kofe, kakao, tamaki, qand-shakar, rangli metall rudalari chiqaradi. Chetdan mashina, transport vosita va jihozlari, keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Ispaniya va b. Pul birligi— Afrika franki.
 
Tibbiy xizmat. Tibbiy xizmat tizimi davlat tasarrufida. Har bir tumanda kasalxona, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, tibbiyot markazi bor. Bezgak, oshqozon-ichak va sil kasalliklari tarqalgan. Vrachlar, asosan, Fransiya va Senegalda tayyorlanadi.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 49 ⟶ 43:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da bir qancha gaz. nashr etiladi. Yiriklari: "Mveti" ("Yulduz" fransuz tilidagi kundalik gaz., 1977 y. dan), "Bakento ya Kongo" ("Kongo xotinqizlari", fransuz tilida 3 oyda 1 marta chiqadigan gaz.), "Vua de la klass uvriyer" ("Ishchilar sinfi ovozi", fransuz tilida 1 y.da 6 marta chiqadigan gaz.), "Jenes e revolyuson" ("Yoshlar va inqilob", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1977 y.dan), "Kombattan ruj" ("Qizil jangchi", fransuz tilidagi oylik gaz.), "Smen afriken" ("Afrika haftasi", fransuz tilidagi gaz., 1952 y. dan). K. axborot agentligi 1962 y.da tuzilgan. K. milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuviga 1962 y.da asos solingan.
 
 
== Adabiyoti ==
K.da kadimdan boy xalq ogʻzaki ijodiyoti mavjud. Yozma adabiyot 2-jahon urushidan keyin fransuz va lingal tillarida paydo boʻldi. Sheʼriyat, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. J.B.Tati-Lutarning lirik sheʼrlari vatanga muhabbat ruhi bilan sugʻorilgan. Shoir J.F. Chikayya yozma sheʼriyatni yuksak darajaga koʻtardi. Uning "Qora qon", "Qorin", "Afrika ertaklari" va b. sheʼriy kitoblarida xalqning ozodlik va tenglik uchun kurashi — Afrika takdiri haqida oʻylar, xalq tuygʻulari aks ettirilgan. M. Sindaning sheʼriy asarlarida ham mustamlakachilikka qarshi kurash mavzui yangradi. Ayni vaqtda nasriy asarlar ham keng rivojlandi. J.Malonganing qullar hayotiga bagʻishlangan "Mpfumu Ma Mazono afsonasi" va tengsizlikka qarshi kurash mavzuini ifoda etgan "Yurakdagi armon" romanlari K. nasrining yutugʻi hisoblanadi. Dramaturgiya sohasida S.Bemba, P.Loni, F.Muangassa, L.Ambili va b. ijod qiladilar.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 63 ⟶ 55:
 
Baka, babinga va b. qabilalarning musiqasi ovchilik, dehqonchilik mavzuini ifodalaydi. Qoʻshiq va raqslar ham koʻpincha q.x. ishlari yoki ov vaqtida ijro etiladi. Baraban, fleyta, chang vositasida xabar va yangiliklar tarqatiladi. Mustaqillik yillarida Afrika xalqlari va folklori musiqasiga qiziqish kuchaydi. Kuy va qoʻshiqlar, asosan, barabanda (toku, lokuka, loʻngoʻngu va b.) orkestr joʻrligida ijro etiladi. Keyingi yillarda zamonaviy musiqa rivojlandi. 1966 y.da tashqil etilgan K. milliy baleti, asosan, xalq raqslarini ijro etadi.
 
 
== Teatri ==
K.da yashagan qad. xalqlarning ovchilik, baliqchilik va turmush mavzuidagi anʼanaviy raqslari va marosimlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. Shu asosda va Yev ropa zamonaviy teatr sanʼati uslubidan foydalanib, 1965 y. Brazzavilda Kongo milliy teatri barpo etildi, unda sahnalashtirilgan G. Oyono-Mbianing "Uch oshiq — bir qayliq", Gi Menganing "Koko Mbalening dekchasi", "Orakul", L.Ambilining "Vatanparvar" pyesalari shuhrat qozondi.
 
 
== Kinosi ==
70-y.larning boshida hujjatli filmlar chiqarildi. 1974 y. birinchi toʻliq metrajli badiiy film — "Qalin puli" (rej. S.Komiba) yaratildi; film K. yozuvchisi J.Malonganing "Mpfumu Ma Mazono afsonasi" romani asosida ekranlashtirildi. 1977 y. K.da kinematografiya milliy boshqarmasi tashqil etildi. Uning "Ibodatxona", "Jangchilar" (rej. J.M.Chissuku) filmlari yaxshi koʻtib olindi. 1980—90-y.
 
larda ham bir qancha badiiy filmlar yaratildi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Tarixi ==
Qator 191 ⟶ 181:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 199 ⟶ 188:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}