Kongo Demokratik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 4:
'''Kongo Demokratik Respublikasi''' (Kongo Demokratik Respublikasi) poytaxti — [[Kinshasa]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
'''Kongo''' (Conqo), Kongo Demokratik Respublikasi (Republique Democratique du Conqo; 1971—97 y.larda Zair Respublikasi) — Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 2345,4 ming km2km². Aholisi 65,71 mln kishi (2012). Poytaxti — Kinshasa sh. Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (province)ra boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
K. — respublika. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat va Oʻtish parlamenti tomonidan qabul etiladigan dekret qonunlar orqali prezident amalga oshiradi. Ijroiya hrkimiyatni ham prezident amalga oshiradi; u hukumat aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
 
 
== Tabiati ==
K. hududi Shim. va Jan. yarim sharlarning ekvatorial va subekvatorial mintaqalarining qirlar bilan oʻralgan Kongo botigʻida joylashgan. Kongo botigining eng past (300—350300–350 m) allyuvial tekislik qismi mamlakatning markazi va gʻarbidadir. Jan.da bal. 700—1000700–1000 m dan 1200—13001200–1300 m gacha boʻlgan supasimon platolar bor. Shaba viloyatidagi Mitumba togʻlari (1889 m), Maniqa (1679 m) va Kundelungu (1772 m) platolari keng tektonik botiklar bilan ajralgan. Sharqiy chegarasi boʻylab bal. 2000—30002000–3000 m li top;ar joylashgan. Eng baland joyi — K. va Uganda chegarasidagi Ruvenzori togʻi (5109 m). Sunmagan vulkanlar bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Foydali qazilmalardan mis, kolbalt, rux, uran, qalay, temir, volfram va marganets rudalari, boksit, oltin, kumush, platina, olmos, nikel, molibden, koʻmir va b. qazib olinadi.
 
Iqlimi mamlakat shim.da (3° sh. k. bilan 3° j. k. oraligʻi) ekvatorial, hamisha seryogʻin, jan.da va chekka shim. da subekvatorial, yozi seryogʻin, qishi quruq, Kongo botigʻi va uning atrofidagi platolarda eng issiq oy — martning oʻrtacha t-rasi 24—28°, eng salqin oy — iyulning oʻrtacha t-rasi 22— 25°. Sharqi va jan.sharqidagi togʻlarda iqlim salqinroq. Shaba viloyatida t-ra iyulda 16°, okt.da 24°. Yillik yogʻin ekvatorial mintakada 1700—1800 1700–1800 mm dan 2000—2200 2000–2200 mm gacha, sharqidagi togʻlarda 2500  mm va undan koʻproq; chekka jan.da 1000—1200 1000–1200 mm, eng shim.da 1300—1500 1300–1500 mm.
 
Daryolari koʻp va sersuv. Eng katta daryosi — Kongo va uning irmoqlari. Mamlakat xududining 9/10 qismi Kongo daryosi havzasida joylashgan. Deyarli hamma daryolarida ostona va sharsharalar bor, gidroenergiya resurslari nihoyatda katta. Daryolarning maʼlum qismlaridagina kema qatnaydi. K.da Kivu, Tanganika, Mveru, Tumba va b. koʻllar bor. K.ning shim. qismida podzollashgan laterit tuproq. Botqoqlashgan tuproklarda doimiy yashil ekvatorial sernam oʻrmonlar bor. Jan. qismida va eng chekka shim.dagi kizil tuproklarda, asosan, boʻyi baland oʻtli savannalar, daryo boʻylarida esa galereyali oʻrmonlar oʻsadi. Jan.-sharqiy chekkasidagi qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda barg toʻkuvchi siyrak savanna oʻrmonlari bor. Sharkdagi togʻlarda balandlikka koʻtarilgan sari mintaqalar oʻzgarib, sernam ekvatorial oʻrmonlardan baland togʻ ekvatorial oʻtloqlarigacha almashinib boradi. Ruvenzori togʻida abadiy qor va muzliklar bor. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻochli qizil, sariq, eben, limba, agba kabi daraxtlar, yogʻli palma, kauchuk beradigan oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi juda boy. Oʻrmonlarda har xil maymun, toʻngʻiz; savannalarda fil, karkidon, buyvol, jayran, gʻizol, zebra, jirafa, arslon, qoplon, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, begemot (daryo va koʻllarda), qushlarning turli xillari, timsoh, zaharli ilonlar, baliq va hasharotlar (setse pashsha, termitlar) koʻp. Milliy bogʻlari — Virunga, Garamba, Salonge, Kaxuzi-Biyego va b.
 
 
== Aholisi ==
K.da 300 dan ortiq qabila va elatlar: luba, kongo, ruanda, azonda, bangi, tva va b. bor. Aholining 30% ga yaqini yirik shaharlarda yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili; suaxili tillari, shuningdek, 20 dan koʻproq lahja bor. Aholining yarmiga yaqini mahalliy dinlarga, qolganlari xristian diniga eʼtiqod qiladi. Muhim shaharlari: Lubumbashi, Mbuji-Mayi, Kisangani, Kananga, Bukavu, Likasi, Matadi, Kikvit.
 
 
== Tarixi ==
Qator 35 ⟶ 31:
 
Keyingi yillarda ichki siyosiy ahvol keskinlashdi. 1997 y. davlat toʻntarishi natijasida prezident Mobutu lavozimidan chetlatildi. Demokrat kuchlar uyushmasining rahbari Loran-Dezire Qabila hokimiyat tepasiga keldi. 2001 y.dan mamlakat prezidenti — Jozef Qabila. Milliy bayrami — 30 iyun — Mustaqillik kuni (1960).
 
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
K. ozodligi harakati, 1998 y. tuzilgan; Demokratiya uchun kongoliklar uyushmasi, 1998 y. tashqil etilgan; Inqilob xalq harakati, 1967 y.da asos solingan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot ittifoqi, 1982 y.da tuzilgan; Federalchilar va mustaqil respublikachilar ittifoqi, 1990 y.da tuzilgan. K. mehnatkashlar milliy birlashmasi, birlashgan kasaba uyushma markazi, 1967 y.da asos solingan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
K. — kon va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Xoʻjaligi tashqi bozor uchun mineral va q. x. xom ashyosi i.ch.ga moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 31,4%, konchilik sanoati ulushi 26,9%, savdo va xizmat koʻrsatish ulushi 33,9%.
 
 
== Sanoati ==
Iqtisodiy faol aholining 13% sanoatda band. Shaba viloyatida mis, marganets, Kipushida rux, Lualaba daryosi va Tanganika kuli ora-ligʻida qalay, shim.-sharqda oltin, Chikapa va Kasai daryolari havzasida olmos qazib chiqariladi. Eng yirik GESlar Shabada, Kongoning quyi oqimida 300 ming kVt li GES qurilgan. Rangli metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, sement, kimyo, oʻrmonchilik, yogʻoch tilish, kemasozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qand-shakar sanoati korxonalari, hamda yogʻ, pivo, un zavodlari, tamaki f-kalari, Matadi, Kinshasada kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari, Mvandada neftni qayta ishlash zavodi bor. Asosiy sanoat markazlari: Kinshasa, Lumumbashi.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 53 ⟶ 45:
 
Mineral xom ashyo eksport mollarining 80% ini tashqil etadi. Chetga mis, kobalt, rux, qalay, oltin, olmos, palma moyi va yongʻogʻi, kofe, choy, kauchuk, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, metall buyumlar, dori-darmon, transport vositalari, oziq-ovqat, gazlama, yoqilgʻi keltiradi. K., asosan, Belgiya, Lyuksemburg , AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — K. franki.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
K.da yuqumli kasalliklar keng tarqalgan. 1990-y.larning boshlarida 4324 shifoxona, shu jumladan, 402 umumiy kasalxona, 300 dan ortiq tugʻruqxona, 500 dan koʻproq dispanser, 12 tibbiyot markazi, 19 klinika, 5 sil va 3 ruhiy bemorlar kasalxonasi, 28 leprozoriy (moxovxona) boʻlgan. Ularda 2143 vrach, 20 ming tibbiy hamshira va doya ishladi. Vrachlar Kinshasa, Lubumbashi, Kisangani universitetlarida, oʻrta tibbiy xodimlar Kinshasadagi tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 67 ⟶ 57:
 
Nasrda folklor va axloqiy-diniy mavzudagi hikoyanavislik salmoqli oʻrin tutadi. "Bobolarimiz", "Sokin jang", "Muhabbat gʻalabasi" (D. Mutombo), "Oq odam kelgach..." (A.R. Bokvango), "Kunda Kalumbi — Afrika qizi" (F. Edm) qissalari, "Negrlar hayoti sahnalari" hikoyalar toʻplami K. adabiyotining yirik namunalaridir. Keyingi yillarda dramaturgiya rivoj topdi. A.Monjita, Bondekve, J. Dizazi pyesalari shuhrat qozondi. Ngal Mbvil a Mpangning "Jambatist Viko" va "Adashish" romanlari afrikalik ziyolilarning xalq bilan oʻzaro munosabatlari muammosiga bagʻishlangan. Tiunamo-Vumbaning hikoyalari, Batukezanga Zamenganing qissalarida ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 75 ⟶ 64:
 
Yogʻoch va sopol idishlar tayyorlash, palma tolasidan rangdor mato, savat, boʻyra toʻqish taraqqiy etgan. Odam qiyofasidagi cholgʻu asboblari, oʻymakorlik uslubidagi mebel, oʻq yoy va turli asboblar yasash avj olgan. Hunarmandchilik rivojlangan. Haykaltaroshlik va rassomlik oʻziga xos tarzda endigina rivojlana boshladi.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 88 ⟶ 76:
Yangi tashqil etilgan "Oʻn ikkilar teatri"da qoʻyilgan "Optimist", "Saylov siri" va b. pyesalarda ijtimoiy ziddiyatlar, oʻtmish sarqitlari tanqid qilingan. 1969 y. Kinshasada milliy teatr truppasi tuzildi. Bu truppaning "Ohular otilmasin", "Qora masih yoki Simon Kimbangu" spektakllarida atrof muhitni muhofaza qilish muammolari koʻtarilgan, mustamlakachilik asoslari fosh etilgan. Bu truppa professional teatr — Milliy teatr kompaniyasiga aylantirildi, uning huzurida 2 truppa: milliy balet va drama truppalari mavjud. Ularning ishlarida Afrikaga xos koloritni saqlash bilan birga zoʻr ifodali ijroga alohida eʼtibor beriladi. B.B.Dadyening "Janob TogʻoNini", G.Oyono-Mbianing "Yana bir ogohlantirish" pyesalari, Molyer va Gogol asarlari bunga misol boʻla oladi.
 
K.da milliy kinematografiya endigina rivojlana boshladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Tarixi ==
[[XV]]-[[XVI]] asrlarda hozirgi Kongo hududlarida [[Teke|Teke,]] [[Laongo]] davlatlari bo'lgan. [[1875]] yilda [[fransuzlar]] mustamlakaga aylantira boshladi. [[1891]] yilda [[Fransuz Kongosi]] tashkil topdi. [[1910]] yilda [[Fransuz Ekvatorial Afrikasi]] tuzilgan vaqtda mustamlaka hududi ikkiga bo'lindi - [[Gabon]] ([[Garb|garbiygarb]]iy qism) va Kongo ([[Sharq|sharqiysharq]]iy qism). Kongo [[1960]] yilda [[Mustaqillik Kuni|mustaqillikka]] erishdi.
 
== Geografiyasi ==
Qator 100 ⟶ 88:
{{main|Kongo Demokratik Respublikasining hududiy bo'linishi}}
Kongo Demokratik Respublikasining 2005 yilgi konstitusiyasida 26 provinsiyaga bo'linadi. Hozirda mamlakatda 26 provinsiya bor. Avallari 11 viloyat bo'lgan.
[[Tasvir:Provinces de la République démocratique du Congo - 2005.svg|thumb|250px|]]
* [[Janubiy Kivu]]
* [[Shimoliy Kivu]]
Qator 145 ⟶ 133:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 153 ⟶ 140:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}