Liberiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Liberiya''' (Liberia), Liberiya Respublikasi (Republic of Liberia) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 111,4 ming km2km². Aholisi 3,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Monroviya sh. Maʼmuriy jihatdan 14 graflik (country) va 4 xudud (territory) ga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
L. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986 y. kabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1997 y. 2 avg .dan Ch. Teylor). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan iborat: vakillar palatasi va senat.
 
 
== Tabiati ==
Sohili birmuncha parchalangan pasttekislik, koʻp joylarida tokembriy kristalli zamini yer yuziga chiqib yotadi. Yer yuzasi mamlakat ichkarisiga tomon balandlashib, Leon-Liberiya qiriga ulanib ketadi. Eng baland joyi 1381 m (Kolaxun togʻi). Te-mir, olmos, oltin, boksit, grafit, marganets, uran konlari bor. Iklimi issiq va sernam. Oylik oʻrtacha t-ra 24° atrofida. Yillik yogʻin ichki r-nlarida 1500—2000 1500–2000&nbsp;mm, sohilda 5000 &nbsp;mm gacha. Daryo koʻp; ularning aksari Leon-Liberiya qiridan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Katta daryolari: Mano, Loffa, Sent-Pol, Sent-Jol, Sess va b. L. hududining 1/3 qismi doim yashil kalin ekvatorial oʻrmonlar. Tuprogʻi qizil-sariq laterit tuproq. Qi-zil, palisandra, kauchuk (geveya) va b. qimmatbaho daraxtlar usadi. Kofe daraxti, moyli palmalar ham bor. L.ning Gvineya Respublikasi bilan che-garadosh qismlari baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi hamda akatsiya va baobabli savannadan iborat. Sohili mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Savannalarda buyvol, kiyik, qoplon, toʻngʻiz va b. uchraydi. Oʻrmonlarda maymun, ilon, qush, hasharotlar (setse pashsha) koʻp. Sapo milliy bogʻi va b. koʻriqxonalar bor.
 
Aholisining koʻpchiligi mande xalqlari (kpelle, loma, mano va b.) tillarida soʻzlashuvchi oʻzaro yaqin xalqlardan iborat. L.ning jan. qismida va sohilda Gvineya guruhiga mansub xalqdar (kru, grebo, kran, gere va b.), shim.-gʻarbida atlantika guruhi tiliga mansub xalqlar (gola, kisi va b.) yashaydi. Aholining 2% amerikalik negrlar av-lodlari. Shahar aholisi 46%. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining aksari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon va xristian. Yirik shaharlari: Monroviya, Ganta, Byukenen, Harper, Robertspor.
 
 
== Tarixi ==
Qator 21 ⟶ 18:
 
da "L. kelajagiga bagʻishlangan milliy anjuman"da muvaqqat hukumat tuzildi va prezident S. Dou agʻdarib tashlandi. 1993 y. iyulda mamlakatdagi uch siyosiy kuch oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bi-timni imzoladi. Saylovgacha oliy hokimiyatni boshqaruvchi Davlat kengashi tuzildi. Lekin belgilangan mud-datda mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishilmadi. 1995 y. 19 avg .da bir-biriga qarshi boʻlgan 5 guruh yetak-chilari mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish toʻgʻrisidagi yangi bitimni im-zoladilar. Oʻtish davri uchun yana hoki-miyatning oliy organi — Davlat kengashi tuzildi va u umumiy demokratik saylov oʻtkazishga tayyorgarlikni boshladi. 1997 y. 19 iyulda oʻtkazilgan say-lovda mamlakat prezidenta va parlamenta saylandi. L. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 iyul— Mustaqillik kuni (1847).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Milliy vatanparvar partiya, L. milliy-demokrat partiyasi, Umumliberiya koalitsiyasi partiyasi — uchchalasi 1996 y.da tuzilgan, Birlik partiyasi, 1997 y.da asos solingan. L. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1980 y.da tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
L. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 17%, shu jumladan, konchilik sanoa-tining ulushi 10%. Xoʻjalikning yetakchi tarmogʻi — tabiiy kauchuk i.ch. va temir ruda qazib olish (Afrikada 1-oʻrinda).
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
L. xududining 35% ishlanadi, 2% yaylov, 33% oʻrmon. Dehqonchilikda maniok, batat, sholi ekiladi. Moyli palma, kakao, tropik mevalar, shakarqamish ham yetishtiriladi. Yovvoyi kofe mevasi teriladi. Sino daryosi vodiysida bananzorlar bor. Chorvachilik sust rivojlangan. Savannalarda kammahsul qoramol, baʼzi oʻrmonli joylarda va sohillarda qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho turdagi daraxtlar yogʻochi tayyorlanadi.
 
 
== Sanoati ==
L.da konchilik sanoati birmuncha rivojlangan. Bomi-Xilsdan, Nimba togʻi etaklaridan, Mano daryosi vodiysidan temir rudasi t.y. orqali portlarga keltiriladi. Loffa daryosi havzasida olmos, qis-man oltin qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoati neftni qayta ishlash, sement va yogʻoch tilish, palma moyi, alkogolsiz ichimliklar korxonalari, kiyim-kechak, poyabzal f-kalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 450 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Hunar-mandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan.
 
Transportning asosiy turi — avtomobil transporta. T.y. uz. — 560 &nbsp;km, avtomobil yoʻllari uz. — 8500 &nbsp;km. Dengiz savdo floti dunyodagi yirik savdo flotlaridandir. L. jahon kema qatnovi tizimida alohida mavqega ega. Soliqning juda ozligidan foydalanib, bir qancha mamlakatlar kompaniyalarining kemalari L. bayrogʻi ostida suzadi. Bundan L. har yili 20 mln. dollargacha daromad oladi. Yirik portlari: Monroviya, Byukenen, Marshall, Harper. Robertsfild (Monroviyadan 60 &nbsp;km) va Monroviyada xalqaro aeroportlar bor.
 
L. chetga temir ruda, kauchuk, olmos, kofe va kakao, yogʻoch va taxta chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, toʻqimachilik va neft mahsulotlari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdoda AQSH, Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liberiya dollari.
Qator 47 ⟶ 40:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Deyli observer ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981 y.dan), "Gerald" ("Xabarchi", ingliz tilidagi gaz., 1987 y.dan), "Sandi pipl" ("Yakshanbada xalq", ingliz tilidagi gaz.,), "Sandi ekspress" ("Yakshanba ek-spressi", ingliz tilidagi gaz.,) "Laybirian star" ("Liberiya yulduzi", ingliz tilidagi haftalik jur., 1954 y.dan). L. axborot agentligi 1978 y.da tuzilgan. L. radioeshittirish tizimi hukumat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati boʻlib, 1960 y. tashkil etilgan.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 53 ⟶ 45:
 
Meʼmorligi va xalq sanʼati. L.ning markaziy hududlarida turar joylar, asosan, aylana, qisman toʻrtburchak sinchli kulbalardan iborat. Bu kulbalar loy bilan suvaladi, tomi, odatda, poxol, shox-shabba bilan yopiladi. Devorlari naqsh, yogʻoch oʻymakorligi bilan be-zatiladi. Sohillardagi shaharlarda (Monroviya va b. shaharlarda) 2—3 qavatli sinchli yogʻoch uylar (devorining pastki qismi betondan), shuningdek, ayvonli tosh uylar koʻp. Keyingi yillarda yirik jamoat binolari zamonaviy Yevropa meʼmorligi uslubida kurila boshladi. Turli diniy marosimlarda kiyiladigan kiyimlarning bir qismi boʻlib xizmat qiladigan yogʻoch ni-qoblar koʻp tayyorlanadi. Bu niqoblarning baʼzilarida xalqning etnik xu-susiyatlari, ayrimlarida masharabozlik unsurlari koʻrinadi. Xalq sanʼati turlari orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻquvchilik, mayda-chuyda metall anjomlar tayyorlash keng tapqalgan.
 
 
== Musiqasi ==
L. xalqlarining musiqa sanʼati folklordan iborat. Nikoh, mehnat qoʻshiqlari, alla, marsiya kabi qoʻshiq turlari bor. Urma cholgʻular, torli-chertma sozlar keng tarqalgan. Musiqa asboblari orasida sansa (Afrika pianinosi), naysimon, trubasimon sozlar ham bor. 1963 y. L. drama va madaniyat jamiyati tuzilgan. Mazkur jamiyat qoshida xonanda va sozandalar guruhi tashkil etilgan. Jamiyatning Kenema qishlogʻidagi maktabida boʻlajak artist va musiqachilar taʼlim oladi. "Kizga oʻrmondan muhabbat keldi" xalq musiqali dramasi shuhrat qozondi.
 
 
== Kinosi ==
1959 y.da yaratilgan "Liberiya — istiqbol mamlakati" nomli hujjatli kinolenta L.ning birinchi filmidir. Shundan keyin "Umid qishlogʻi", "Oʻrmon boyligi", "Taqdir yillari" hujjatli filmlari yaratildi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Liberiya ''' (Liberiya Respublikasi) poytaxti — [[Monrovia]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
== Manbalar ==
{{stub}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}