Liviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Liviya''', Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi (Al-Jamahiriya al-Arabiya al-Libiya ash-Shaʼbiya alIshtirokiya) — Shim. Afrikadagi davlat. Mayd. 1759,5 ming km2km². Aholisi 5,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Tripoli sh. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (baladiyya)ga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
L. — jamahiriya (xalq ommasi davlati). Konstitutsiyasi yoʻq. Raxbar organ — Inqilobiy (Tarixiy) rahbariyat. Qonun chiqaruvchi organ — umumiy xalq kongressi. Ijrochi hokimiyat — hukumat vazifasini bajaruvchi Oliy Xalq qoʻmitasi. Davlat boshligʻi — L. inqilobi rahbari, L. Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi boshligʻi Muammar Qazzofiy (Kaddafiy).
 
 
== Tabiati ==
L. hududining 98% subtropik chala choʻl (shim.da) va tropik choʻldan (jan.da) iborat. Qirgʻoq chizigʻi nisbatan tekis. Eng katta va yagona qoʻltigʻi — Sidra. L. yer yuzasining koʻp qismi plato (bal. 200—600200–600 m). Jan.da Tibasti togʻligining tarmoqlari (bal. 2286 m gacha) bor. Mamlakatning sharqiy kismini Liviya nuli egallagan. Geologik jihatdan L. hududi Afrika platformasi shim. yon bagʻrining bir qismidan iborat. Tokembriy kristalli jinslar yer yuziga chiqib yotadi. Soyliklar choʻkindi jinslar bilan tulgan. L.ning markaziy qismida yosh vulkan jinslari koʻp. Yuqori boʻr — paleogen yotqiziqlari orasida neft konlari bor; gaz, temir rudasi, fosforit va b. qazilma boyliklar ham mavjud.
 
Iqlimi tropik, choʻlga xos iqlim. T-ralarning mavsumiy va sutkalik farqi katta. Mamlakat shim.da subtropik iqlim, Oʻrta dengizga xos. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi shim.da 11 — 12° va jan.da 15—18° gacha, iyulniki shim.da 27—29° va jan.da 32—35°gacha, eng yuqori t-ra (50° dan oshadi) Liviya choʻlining markazida. Yillik yogʻin mamlakat shim.da 250—350 250–350&nbsp;mm dan (Tripolida) 400—625 400–625&nbsp;mm gacha (Kirenaikada). Issiq va kuruq hamsin shamoli esib turadi. Doim oquvchi daryolari yoʻq. Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda vohalar bor. Kuruqoʻzanli vodiy koʻp.
 
Sohildagi boʻz va boʻz-jigarrang tuproqli yerlarda akatsiya, tamariks, makvis, kedr, sarv; jan.roqda dagʻal ut va buta usadi. Chul qismida oʻsimlik juda siyrak.
Qator 19 ⟶ 17:
 
Aholisining 98% arablar. Barbar, tuareg va tubular, yirik shaharlarida yevropalik (asosan, italyan)lar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom (musulmonlarning aksari sunna mazhabida). 90% aholi mamlakatning shim. qismida, choʻlda siyrak, bir qismi koʻchmanchi. Ahrlining 82% shaharlarda yashaydi (1990). Yirik shaharlari: Tripoli va Bingʻozi.
 
 
== Tarixi ==
Qator 44 ⟶ 41:
 
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar oʻrmonlar bilan birga 4,2 mln.ga (2%). Asosiy ekinlari: arpa va bugʻdoy. Sabzavot, meva (apelsin, mandarin, xurmo, uzum), yer yongʻoq, zaytun, tamaki ham yetishtiriladi. L. Sahroi Kabiridagi aholining asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, tuya, yilqi, eshak boqiladi. Sohil yaqinidagi suvda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
 
 
== Transporti ==
Qator 50 ⟶ 46:
 
L. chetga neft va neft mahsulotlari, shuningdek, gaz, sitrus mevalar, teri, kimyoviy mahsulotlar va b. chikaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, maʼdanli oʻgʻit, qurilish materiallari va b. keltiradi. Tashqi savdoda Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liviya dinori.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Shifokorlar Bingozidagi universitetning tibbiyot f-tida, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari maxsus maktablarda tayyorlanadi. Tibbiy xizmat tizimi asosan davlat qaramogʻida.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 60 ⟶ 54:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L .da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: "Al-Fajr alJadid" ("Yangi tong", arab tilidagi kundalik gaz., 1978 y.dan), "Al-Jamahiriya" (arab tilidagi haftalik gaz., 1980 y.dan), "Az-Zahf al-Axdar" ("Yashil hujum", arab tilidagi haftalik gaz., 1980 y.dan), "Al-Muntijun" ("Ishlab chiqaruvchi", arab tilidagi haftalik gaz., 1978 y.dan), "Jeysh ash-Shaʼb" ("Xalq armiyasi", arab tilidagi oylik jur., 1971 y.dan). Jamahiriya axborot agentligi (JANA) — rasmiy axborot mahkamasi boʻlib, 1965 y.dan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish korporatsiyasi 1957 y.da tuzilgan. Telekoʻrsatuv xizmati 1968 y.da tashkil etilgan.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 68 ⟶ 61:
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. Neolit davriga mansub qoyaga ishlangan rasmlar (fil, bizon ovi manzarasi) topilgan. Finikiya sanʼati yodgorliklari (mil. av. 1-ming yillik) orasida loydan ishlangan haykallar, qora lok bilan har xil gul va suratlar so-lingan keramika buyumlari, shisha idishlar uchraydi. Mozaika va haykallar bilan bezatilgan Yunon, Qad. Rim, Vizantiya inshootlarining vayronalari saqlangan. Arab istilosi (7-a. oxiri, 8-a. boshlari)dan keyin tor koʻchali, 1 va 2 qavatli yassi tomli, hovlili uylar qurilgan, 18—19-a.larda koshin va oʻyma naqshlar bilan bezatilgan koʻp gumbazli machitlar paydo boʻldi. Italiya xukmronligi yillarida (1912— 43) shaharlarda yev-ropacha kvartallar barpo etildi. L. mu-staqillikka erishgach, maktab, kasalxona, turar joy va maʼmuriy binolar zamonaviy tipda qurila boshladi. Geometrik shakllardagi naqshlar bilan bezatilgan gilamlar, bosma yoki kashtali charm va oʻymakorlik, zargarlik buyumlari xalq amaliy sanʼati qad. anʼanalarga boyligidan dalolat beradi.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 74 ⟶ 66:
 
19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Yevropa musiqasi taʼsir eta boshladi. Konsert ijrochiligi, estrada musiqasi kabi yangi shakllar paydo boʻldi. Mustaqillikka erishilgach (1951), musikaga eʼtibor kuchaydi. Teatr va musiqa ishlari bosh boshqarmasi tuzildi (1973). Milliy folklor ansambli shuxrat qozondi. Tripolidagi sanʼat va hunarmandchilik maktabi, Bingʻozidagi universitetda musika kadrlari tayyorlanadi.
 
 
== Teatri ==
Qator 82 ⟶ 73:
'''Libiya ''' (Libiya Buyuk Sotsialist Xalq Arab Jamhiriyasi) poytaxti — [[Tripoli]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
== Manbalar ==
{{stub}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Afrika]]
Qator 89 ⟶ 83:
 
 
{{stub}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}