Mavritaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mavritaniya''' (Mauritanis), Mavritaniya Islom Respublikasi (AlJumhuriya al-Islomiya al-Mavritaniya, Republique Islamique Mauritanie) — Afrikaning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 1031 ming km2km². Aholisi 2,7 mln. kishi (2001). Poytaxti — Nuakshot sh. Maʼmuriy jihatdan 12 viloyat (region) ga boʻlinadi, poytaxti — Nuakshot sh. muxtor okrug (district) sifatida ajratilgan.
 
 
== Davlat tuzumi ==
M. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y.da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1992 y.dan polkovnik Maauyya uld Sidi Ahmad Tayya). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi va bir necha marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy assambleya va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi, bosh vazirni prezident tayinlaydi.
 
 
== Tabiati ==
M. ning koʻp qismi Gʻarbiy Sahroi Kabirning qumli va toshloq choʻllari, Atlantika okeaniga tutash sohili pasttekislik. Yer yuzasida pasttekisliklar va uncha baland boʻlmagan platolar koʻp. Mamlakat hududi tokembriy jinslaridan tarkib topgan qad. AfrikaArabiston platformasiga mansub. Mis, temir rudalari, shuningdek, toshtuz, gips, fosforit konlari bor. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 16—20°, iyulniki 30—32°. Eng yuqori t-ra 40—45°. Sharqdan tez-tez issiq shamol esib turadi. Yillik yogʻin 50—100 50–100&nbsp;mm. M.da Senegaldan boshqa oqar daryolari yoʻq. Ekinlarni sugʻorishda daryo, yer osti va buloq suvlaridan foydalaniladi. Choʻllarda butalar, akatsiya va b. oʻsadi. M.da sudralib yuruvchilar, kemiruvchilar koʻp; chiyaboʻri, fenek tulkisi, gʻizol, kiyik va b. bor. Qirgʻoq suvlari ovlanadigan baliklarga boy. Bandargon milliy bogʻi mavjud.
 
 
== Aholisi ==
M. tub aholisining 80% dan koʻprogʻini mavrlar tashkil etadi. Ular arab tilining hasaniyya shevasida soʻzlashadi, shuningdek, barbarzenagalar, fulbe, volof, tukuler, soninke va b. xalqlar yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Aholining 39% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari — Nuakshot, Nuadibu, Zuerat, Kaedi.
 
 
== Tarixi ==
Qator 25 ⟶ 21:
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Respublikachilar sotsialdemokratik partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Demokratiya va birlik yoʻlidagi birlashma, 1991 y.da tashkil topgan; M. uygʻonish partiyasi, 1991 y.da asos solingan. M. mehnatkashlari ittifoqi — birlashgan umummilliy kasaba markazi, 1961 y.da tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
M. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. (baliqchilik bilan birga) ulushi 30%, sanoat ulushi 19,2%. Ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlangan. Mustaqillikka erishilgach, hukumat q.x. va baliqchilikni jadal rivojlantirish, xorijiy sarmoya qoʻyishni ragʻbatlantirish tadbirlarini koʻrdi. Konchilik sanoati rivoj topgan. Qayta ishlash sanoati oziq-ovqat (baliq va goʻshtni qayta ishlash, qandshakar va konserva i.ch.), kimyo, neft mahsulotlari, koʻnchilik, tikuvchilik, gilamdoʻzlik tarmoqlaridan iborat. Dengiz suvini chuchuklashtirish kurilmasi oʻrnatilgan. Yiliga 140 mln. kVt/soat elektr energiya qosil qilinadi. Anʼanaviy hunarmandchilikni rivojlantirish ragʻbatlantiriladi. Sanoat korxonalarining aksariyati Nuakshot sh.da joylashgan. Koʻpchilik aholi band boʻlgan q.x. zaif. Uning asosiy tarmogʻi — koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik. Qoramol, tuya, qoʻy, echki, eshak, ot boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Senegal daryosi boʻyida va vohalardagina dehqonchilik qilinadi. Hududining 2/5 qismi yaylov. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sholi, yer yongʻoq, xurmo va b. Akatsiya daraxtining muayyan turlaridan ajralib chiqadigan yopishqoq modda — gummiarabik (arab yelimi) eksport ahamiyatiga ega. Tez-tez boʻlib turadigan qurgʻ-oqchilik q.x.ga katta zarar yetkazadi. Temir yoʻllari uz. —0,7 ming , avtomobil yoʻllari uz. —8 ming km dan ortiq. Asosiy dengiz portlari va xalqaro aeroportlari — Nuakshot va Nuadibu. Senegal daryosining quyi oqimida kema qatnaydi. M.dan chetga temir rudasi, oltin, gips, baliq va baliq mahsulotlari, chorva, teri va b. chiqariladi. M.ga chetdan sanoat mollari, neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, oziq-ovqat keltiriladi. Tashqi savdoda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, AQSH, XXR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ugiya.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 43 ⟶ 37:
 
da Nuakshot, Nuadibu sh.larida yevropacha imoratlar barpo etildi, ayrim shaharlar oʻrta asr qiyofasida qolgan. Neolit davriga oid sanʼat asarlari (qoya toshlarga oʻyib chizilgan rasmlar, "shusha"lar) saqlangan. Oʻrta asrlarda M. hududida arab barbarlarning madaniyati rivoj topgan. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari (metall, sopol, charm, yogʻoch va b.dan buyumlar yasash) mavritan sanʼatining oʻziga xos uslubida rivojlangan. Zargarlik va kulolchilik ravnaq topgan.
 
 
== Musiqasi ==
M. musiqa madaniyati mavrlar, barbarzenagalar va negroid xalqlarining turli anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Griotlar sanʼati anʼanaviy mavritan musiqasining eng yorqin va rivojlangan qatlamidir. Ularning cholgʻu asboblari orasida 4 torli udni eslatuvchi tidinit, 12—14 torli arfaga oʻxshash qovoq poʻstlogʻidan yasalgan ardin ajralib turadi. Bayram va diniy marosimlarda zamzayya (surnay) va neffar (nay) joʻrligida koʻpchilik boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar yangraydi. Bundan tashqari, 1 torli ud va rubobda kuylar ijro etiladi. Keyingi yillarda yevropacha zamonaviy kuylar, ayniqsa, estrada sanʼati urf boʻldi.
 
 
== Kinosi ==
Qator 55 ⟶ 47:
'''Mavritaniya ''' (Mavritaniya Respublikasi) poytaxti — [[Nouakchott]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
== Manbalar ==
{{stub}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}