Nigeriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Nigeriya''' (Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi (Federal Republic of Nigeria) — Gʻarbiy Afri-kada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Mayd. 923,8 ming km2km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja sh. Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
N. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999 y. 29 mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka. aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999 y.dan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 14 ⟶ 12:
N.ning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shim.-gʻarbida oltin konlari ham bor.
 
Iqlimi ekvatorial mussonli iklim. Shim.da dek.dan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500—500– 4000 &nbsp;mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (apr. yoki may)ning oʻrtacha t-rasi 25— 33°, eng salqin oy (dek. yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoklari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib krladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻrikxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va b. yashaydi.
 
Ahrlisi. N.da turli tillarda suzlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqdar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari qam yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Harkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va b.
 
 
== Tarixi ==
Qator 33 ⟶ 30:
 
Milliy bayrami — 1 okt. — Mustaqillik kuni (1960). N. OʻzR suverenitetini 1992 y. 11 martda tan oldi va oʻsha yil 28 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.
 
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Demokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998 y.da tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998 y.da tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998 y.da asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978 y.da tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 46 ⟶ 41:
Chorvachilik, asosan, shim.da va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shim.
 
da yilqichilik, jan.da choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va jan.-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km2km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.
 
Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va b. baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va b.lar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000 y. oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya k-tining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash z-dlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va b. avtomobil z-dlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat jan.dagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.
Qator 53 ⟶ 48:
 
dagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen sh.larida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar i.ch. zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
 
 
== Transporti ==
Avtomobil va t.y. transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. T.y.lar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) t.y. magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 &nbsp;km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti 2-jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.
 
 
== Tashqi savdosi ==
Chetga, asosan, neft, kakao, kauchuk, palma yongʻogʻi magʻzi, xom teri chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, isteʼmol mollari, oziqovqat va b. keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk-Bri-taniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga aralash va xususiy shifoxonalar ham bor. Federal sogʻliqni saklash vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini oʻtkazish, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilishi uchun masʼul. Davolash va kasalliklarning oldini olish muassasalariga shtatlarning sogʻliqni saklash vazirliklari bevosita raxbarlik qiladi. Vrachlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamshiralar, doyalar, tish vrachlari va texniklari tayyorlanadigan oʻnlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli shlarida tibbiyot i.t. markazlari mavjud. Lagosda Jahon sogʻliqni saklash tashkilotining bezgakka qarshi kurash xalqaro markazi ishlaydi.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 79 ⟶ 70:
 
larda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jur.lar nashr qilinadi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 87 ⟶ 77:
 
Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yaxlit yogʻochdan odam va hayvon qiyofasi tasvirlangan, goʻzal naqsh solinib, manzaralar oʻyib ishlangan roʻzgʻor anjomlari, gʻaroyib shakldagi sopol, shisha va charm idishlar, zar-garlik buyumlari tayyorlanadi. Bida oynasozlari naqshli idishlar, Kano zargarlari oltin va kumush bezaklar, na-qshli bilaguzuklar yasaydilar. Benin-Sitida bronza quymalar va fil suyagi oʻymakorligi anʼanalari sak^panib qolgan. Niqob (marosimlarda, karnavallarda taqiladi), oʻyma naqshli kursilar tayyorlash, matolar toʻqish, kashtachilik, naqqoshlik sanʼati rivoj topgan. Novda, poxol va qamishdan savat hamda bordon toʻqish, yogʻochdan yelpigʻich, qovoq poʻstlogʻidan turli guldor idish va qoshiqlar yasash keng tarqalgan.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 95 ⟶ 84:
 
Mustaqillikka erishilganidan soʻng professional musiqa madaniyati rivojlandi. N.da oʻziga xos kompozitorlar maktabi vujudga keldi. A. Yuba, F. Sovande, S. Akpabot, A. Bankole, A. Fiberezima va b. kompozitorlar mashhur. Folklor anʼanalaridagi spektakllarda xalq qoʻshiklari va musiqasi yangraydi. Yubaning "Oʻrmon parilari", "Abiku" va "Alatangana" raqs dramalari bunga misol boʻla oladi. T. Oyelana "Adufe", "Qondagi sexr" spektakllariga musiqa yozdi. N.ning dastlabki operasi — "Orukoro" Fiberezima qalamiga mansub.
 
 
== Teatri ==
N.da yashovchi xalqpar anʼanaviy teatr tomoshalarining asosini maishiy va marosim raqslari tashkil etadi. Qishloqlardagi bayram va tan-tanali ayyomlarda milliy libos va niqob kiyib yurishgan, afsonaviy mazmundagi oʻyinlar oʻtkazib kelingan. Ularda tabiat kuchlarini ifodalovchi ilohlar, ajdodlarning arvohlari, afsona qahramonlari ishtirok etgan. 19-a. oʻrtalarida shu asosda zamonaviy teatr shakllana boshladi. Yoruba teat-rining asoschilaridan biri, shoir va qoʻshiqchi Xubert Ogunde 1944—45 y.larda sayyor teatr jamosini tashkil etib, uning uchun nasihat va targʻibot ruhidagi pyesalarini yozdi. Mustaqillik yillarida bu truppa professional sayyor jamoaga aylandi. Dramaturg va rej. Duro Ladipning 60-y.larda tuzgan teatr truppasi keyinchalik "Milliy teatr" nomini oldi. Havaskorlik drama teatrlarida esa Yevropa drama-turgiyasi va sahna texnikasidan foy-dalanila boshladi. Bir qancha shtatlarda yangi jamoalar tuzilgan.
 
 
== Kinosi ==
1945—47 y.larda bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1960y.lar boshida rej. Sh. Olushola televideniye uchun bir qancha adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlashtirdi. Shundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toshkentdagi xalqaro festivallarda namoyish etidsi. Birinchi toʻla metrajli filmi "Ikki kishi va echki" (1966) dir. "Shaxu Garbay" (1971), "Ikki taqdir" (1972), "Loray bobo" (1973), "Ovu-Arusun" (1974), "Qora maʼbuda" (1977), "Aye" (1979), "Pul hukmronligi" (1981), "Ozodlik uchun" (1981) va b. badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film ishlab chiqariladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Nigeriya ''' (Nigeriya Federativ Respublikasi) poytaxti — [[Abuja]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
== Manbalar ==
{{stub}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}