Tailand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
+ogohlantirish
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
{{Ambox|text=Ushbu maqolaning nomi Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida (2000-y.) '''Tailand''' deb belgilangan. Uning nomini oʻzgartirish lozim deb hisoblasangiz [[Munozara:Tailand|munozara]] sahifasida murojaat qoldiring.}}
{{Tailand maʼlumotlari}}
'''Tailand''' (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Jan.Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning markaziy qismi va Malakka ya.o.ning shim. qismida joylashgan davlat. Mayd. 514 ming km2km². Axoliyey 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok sh. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Hududining yarmi payettekislik, qolgani deyarli togʻlik (Kxuntxan, Tanentaunji va b.)dan iborat. T.ning sharqini Korat platosi egallaydi. Foydali qazilmalardan qalay, volfram, pyx, yonuvchi slanets, qoʻrgʻoshin, plavik shpat, temir, marganets rudalari, surma, barit, asil toshlar, qoʻngʻir kumir, kaliy va toshtuz, gaz, neft konlari bor. Ikdimi subekvatorial, mussonli. Oʻrtacha yillik tra tekislik va togʻoldi rnlarida 22— 29°, qishda shim. toglarda —10°, —15° gacha pasayadi. Yillik yogʻin 1000—2000 1000–2000 mm. Asosiy daryosi — MenamChaoPraya (Menam). T.ning sharqiy va qisman shim.sharqiy chegarasida Mekong , gʻarbiy chegarasida Saluin daryolari oqadi. Ping va Mun daryolari xdvzasida yirik suv ombori bor. Mamlakat hududining 60% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Malakka ya.o. va Korat platosining qizil va sariq laterit tuprok,li yerlarida qalin, koʻp yarusli (50—6050–60 m balandlikdagi) subekvatorial nam oʻrmonlar, shim.dagi qizil tuprokli yerlarda tropik oʻrmonlar katta maydonni egallaydi. Jan.da bambukzorlar, Korat platosida savanna va butazorlar, dare vodiylaridagi oʻtloqi tuproklarda ham oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: T. ramzi boʻlgan oq fil (aksariyati xonakilashtirilgan), odamsimon maymun (gibbon), lemur, malayya ayigʻi, qoplon, yoʻlbars, toʻngʻiz, olmaxon, shim.dagi togʻlarda kiyiklar bor. Qushlardan tustovuq, tovus, toʻtiqush, yovvoyi tovuq va b., botqoqliklarda qarqara, siyom qiziltomoqturnasiuchraydi. Ilonning 100 ga yaqin, kaltakesakning 75 ga yaqin, kapalakning 500 ga yaqin turi bor. Daryolarida baliq, timsoh koʻp. Kxauyay, Txungsalengluay va b. milliy boglari, koʻpgina qoʻriqxonalar bor.
 
Aholisining 3/4 qismini tay guruqiga mansub xalqlar (siyom yoki kxontay va b.), 1/5 qismini laolar tashkil etadi. Mamlakat jan.da malayyalar, gʻarbi va jan.gʻarbida karenlar, monlar, jan.sharqda kxmerlar yashaydi. Rasmiy til — tay tili. Rasmiy din — buddaviylik. Malayyalar islomga, xitoylar budda va daosizmga eʼtiqod qiladi. Katolik va protestantlar ham bor. Shahar aholisi — 18,3%. Yirik shaharlari, Bangkok, Chiangmay, Chonburi.
Qator 48:
T.da diniy marosim va bayramlar, toʻy, farzand tugʻilishi va b. qadimdan qoʻshiq va musiqa bilan nishonlanadi. Fong si deb atalgan tarixiy balladalar keng yoyilgan. Toʻy qoʻshiqlari xat lion janri tarkibiga kiradi. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: 2 torli skripka (sau duong va sau o), 3 torli skripka (sau sam say), 3 torli ud (syoung), sitra (kxim), fleyta (kxliy), damli nay (pinay), barabanlar (txon, ramana, kxlong), gonglar, ksilofon (rapadek) va b. 19-a. oxirida yevropacha musiqa va cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. 20-a.ning 50y.laridan milliy musiqiy madaniyatni yuksaltirish harakati boshlandi. Zamonaviy kompozitorlardan Montri Tramote, Naris, xonandalardan U. Sukantxamalai, T. Aylin, cholgʻuchilardan T. Konglaitong , N. Tayminlar mashhur.
 
Teatri va kiiosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-a.da taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang , lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rej. S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rej. Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi.
 
== Manbalar ==