Qatar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qatar''', Qatar Davlati (Davlatu Qatar) — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Qatarya.o.dajoylashgan. Mayd. 11,4 ming km2km². Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Doʻha shahri
== Davlat tuzumi ==
Q. — mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003 yil apr.dagi referendumda maʼqullangan va 2005 yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995 yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 12 ⟶ 11:
Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanv.
 
ning oʻrtacha t-rasi 16°, iyulniki 32°, eng yuqori t-ra 45". Yillik yogʻin 125 &nbsp;mm chamasida. Q.da muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Choʻl oʻsimliklari oʻsadi.
 
Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91%. Asosiy shaharlari: Doʻha, UmmSaid, Doʻhan.
 
 
== Tarixi ==
Qatar ya.o.da aholi mil. av. 3—2-ming yillikdan yashab kelgan. Q.ni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Q. hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Q.ni birlashtirdi. 1871 — 1914 yillarda Q. yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71 yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971 yil 1 sentyabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Q. — 1971 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 sentyabr — Mustaqillik kuni (1971). OʻzR suverenitetini 1991 yil 30 dek.da tan olgan va 1997 yil 27 noyabrdan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Q.da siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻq.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 28 ⟶ 25:
Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10% ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi.
 
Q.da temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 1,2 ming km (90% qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uz. 550 &nbsp;km dan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji — 636 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Doʻha va UmmSaid. Q. chetga neft va neft mahsulotlari, oʻgʻit, sement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziqovqat, sanoat jihozlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Oʻrta umumiy taʼlim va hunartexnika oʻquv yurtlari, universitet bor. Milliy muzey, akvarium, etn. muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Q.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "alArab" ("Arabcha", arab tilidagi kundalik gaz., 1957 yildan), "Asuak alXolij" ("Koʻrfaz bozorlari", arab tilidagi oylik jur., 1980 yildan), "alVatan" ("Vatan", arab tilidagi kundalik gaz., 1995 yildan), "Galf tayms" ("Koʻrfaz vaqti", ingliz tilidagi kundalik va haftalik gaz., 1978 yildan), "arRayya" ("Bayroq", arab tilidagi kundalik gaz., 1978 yildan), "ashSharq" ("Sharq", arab tilidagi kundalik gaz., 1985 yildan). Q. axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, 1975 yil tuzilgan. "Katar brodkasting servis" hukumat xizmati 1968 yil, "Katar televiji servis" telekoʻrsatuv xizmati 1970 yil tashkil etilgan. Q.da "alJazira" mustaqil arab yoʻldosh telekanali (1996 yil asos solingan) qarorgohi joylashgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
{{Osiyo mamlakatlari}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Geografiya]]
Qator 42 ⟶ 39:
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}