Saudiya Arabistoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (3) using AWB
Qator 2:
'''Saudiya Arabistoni''' (Saudiya Arabistoni Qirolligi) poytaxti — [[Er-Riyod]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
'''Saudiya Arabistoni''', Saudiya Arabistoni Podshohligi (AlMamlaka alArabiya asSaudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. Arabiston ya.o.ning taxm. 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Mayd. 2,25 million km2km². Aholisi 23,5 mln. kishi (2002). Bulardan 5,3 mln. kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poytaxti — ArRiyod sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. S.A. — mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaktda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992 y. 1 martda podshoh farmoni bilan 4 y.lik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997 y.da Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi.
Qator 8:
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.
 
Tabiati. S.A. jan.gʻarbda Kizil dengiz, shim.sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. S.A. koʻp qismini (1 million km2km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000—13001000–1300 m ga, sharqqa tomon 200—300200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. RubʼulXolishshx shim. qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500—30002500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150  km gacha).
 
Gʻarbda Afrika — Arabiston platformasi fundamentining turtib chiqqan yeri — NubiyaArabiston qalqoni joylashgan boʻlib, u arxey — quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal choʻkindi komplekslaridan (qalinligi 10  km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shim.
 
sharqiy yoʻnalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga choʻkkan, bu jinslar vend va paleozoydan boshlanib, mezozoy va paleogenni oʻz ichiga oladi. Fors qoʻltigʻining yon bagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan boʻlib, uning jan. chekkasida yirik neft konlari joylashgan. RubʼulXoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.
 
Iklimi shim.da subtropik, jan.da tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyulning oʻrtacha t-rasi 33°, yanvarda 14°, eng yuqori tra 48°, mamlakatning jan.da 54° va undan yuqori boʻlishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Shim.da baʼzan tra — 11° gacha pasayadi. Yogʻin miqdori deyarli hamma joyda 100  mm dan kam (yogʻin markaziy hududlarda bahorda, shim. hududlarda qishda, jan.da yezda nisbatan koʻproq boʻladi), togʻlarda yiliga 400  mm ga yetadi. RubʼulXoli qumli choʻl va b. ayrim hududlarda oʻn yillab yogʻingarchilik boʻlmaydi. Asir viloyatidagi togʻlarda yogʻin yiliga 25,5  mm ni tashkil etadi. Jan.ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum boʻronlariga sabab boʻladi.
 
Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl b-n: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. S.A.da dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomgʻir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar ehtiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shim.da dagʻal subtropik boʻz tuproq, jan.
Qator 24:
dagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar S.A. ning jan.
 
gʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yoʻlbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. S.A. chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va b. dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy mayd. 90 ming km2km² boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan.
 
Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va b. ham yashaydi. S.A. da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina S.A. dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — ArRiyod, Jidda, Makka, Madina.
Qator 42:
Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmogʻi hisoblangan. 1990y.lardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990y.larningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy q.x. ekini — gʻalla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziqovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi.
 
Temir yoʻllar uz. 1400  km ni tashkil etadi. Eng yirik t.y. yoʻnalishlari Dammam— Dahron—ArRiyod (562  km), Hufuf—ArRiyod (322  km). Avtomobil yoʻllari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S.A. Yaqin Sharkda eng kuchli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammam, Jubayl, Daba va b. Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi "SaudiArabiyen erlayns" aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda.
 
S.A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurolyarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — S.A. riyoli.
Qator 85:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Osiyo mamlakatlari}}
{{Katta yigirmattalik}}
 
[[Turkum:Yaqin Sharq]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}