Suriya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa) Removing Link FA template as it is now available in wikidata |
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB |
||
Qator 2:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Suriya''', Suriya Arab Respublikasi (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) — Jan.Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Mayd. 185,2 ming
== Davlat tuzumi ==
S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973 y. 12 martda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Bashar Asad), u milliy referendumda 7 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.
== Tabiati ==
Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toshloqli yassitogʻlikdan, ozrogʻi pasttekislik (eni
da Antilivan togʻ tizmasi va balandligi 2814 m gacha boʻlgan AshShayx togʻi joylashgan. S. hududining katta qismini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. Gʻarbda Ansoriya va AzZaviya togʻ tizmalari, jan.gʻarbda AdDruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. S. hududining jan.sharqini Suriya choʻlining bir qismi, shim.
sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va b. konlar bor. Iklimi Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yogʻingarchilik koʻp, yozi quruq. Oʻrtacha tra yanvarda 12°, avg .da 27°; yillik yogʻin 700
Aholisining 90% arablar
== Tarixi ==
Qator 29 ⟶ 27:
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas), 1947 y. apr.da Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954 y. dan xoz. nomda; S. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 y. asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. S. ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938 y. tuzilgan.
== Xoʻjaligi ==
Qator 36 ⟶ 33:
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shugʻullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sugʻoriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: bugʻdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yongʻoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bogʻdorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va b. subtropik mevali oʻsimliklar oʻstiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.
Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi z-dlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral oʻgʻit ishlab chiqarish.), toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yogʻ, vino, qandshakar, tamaki va b.), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yigʻuv, elektr motor, poʻlat prokati, beton shpal z-di, koʻnchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Damashq, Halab, Hims, Latakiya, Tartus. T.y. uzunligi — 1,8 ming km, avtomobil yoʻllari —39,2 ming km, neft quvurlari — 805
== Tibbiy xizmati ==
S.da tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi untda veterinariya fti ochilgan.
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy oʻquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. S.da 4 unt va bir qancha davlat oliy oʻquv yurtlari [Damashq universiteti (1923), Halabdagi universitet (1960), Himsdagi universitet (1979), Latakiyadagi universitet (1971), Damashq oliy texnologiya instituti va b.] ishlaydi, ularda pul toʻlab oʻqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xoʻjaligi. ilmiy markazlari bor. Damashkda universitet kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Latakiyada Milliy kutubxona (1944), Damashkda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976—77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz. va jurnalilari: "AsSaura" ("Inkilob", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), "AlBaas" ("Uygonish", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), "AlJamaxir alArabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nidal ashShaab" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gaz., 1934 y.dan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), "AlFido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "AlMuhandis alArabi" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961 y.dan), "Nidal alFellahin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965 y.dan). S. arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965 y. asos solingan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946 y. tuzilgan.
== Adabiyoti ==
Qator 55 ⟶ 48:
2-jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60y.lardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutaa Safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi.
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 63 ⟶ 55:
Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516—1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-a.ning 60—90y.larida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi universitet korpuslari, Latakiyadagi munitsipalitet binosi va b.). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va b.). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.
== Musiqasi ==
S. xalq va anʼanaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi — maqomlar koʻp. Cholgʻu asboblari joʻrligida qoʻshiq aytish yetakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, gʻijjak, qonun va b. cholgʻu asboblari koʻp tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropacha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholgʻu asboblari ham kiritila boshladi. 1870 y. bastakor Mustafo alBashnak tashabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qoʻshiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh Faxrini koʻrsatish mumkin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi.
== Teatri ==
S. teatr sanʼatining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-a. oʻrtalarida Damashqda Abu Xalil alQabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930y.lar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari S. professional teatrining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 40y.larda Damashkda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qoʻyildi (1945—46). 1952 y. Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957 y.gacha tomosha koʻrsatdi. 1956 y. Damashkda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957 y. pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashkda arab milliy drama teatrining ochilishi S. madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Mamlakatning eng isteʼdodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari oʻrin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qoʻgʻirchoq teatri ham ishlaydi.
== Kinosi ==
Qator 77 ⟶ 66:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
{{Osiyo mamlakatlari}}▼
{{OʻzME}}▼
{{stub}}▼
▲{{Osiyo mamlakatlari}}
[[Turkum:Yaqin Sharq]]
[[Turkum:Davlatlar]]
Qator 85 ⟶ 74:
▲{{stub}}
▲{{OʻzME}}
|