Argentina — versiyalar orasidagi farq

k
clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
(Removing Link FA template as it is now available in wikidata)
k (clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB)
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Argentina''' (Argentina), Argenti-na Respublikasi (Republica Argentina) — Jan. Amerikadagi davlat. Qit’aning jan.-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 vi-loyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Mayd. 2767 ming km2km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres sh.
== Davlat tuzumi ==
A. — federativ re-spublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 24 avg .da qabul qilingan. Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident va vi-se-prezident 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.
== Tabiati ==
A.ning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mam-lakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pam-pa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Ameri-kaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va b. rudalar. A. tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan.da — mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning o‘rtacha harorati shim.da 28°, jan.da 10°, iyulning o‘rtacha harorati shim.da 18° va jan.da G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 300 &nbsp;mm, shim.-sharqda 1400 1600 &nbsp;mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 &nbsp;mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va b.). A. hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampada-gi unumdor qoratuproqda pichanzor dasht-lar, Patagoniyada —yarim cho‘l. A.ning milliy bog‘lari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va b.
== Aholisi ==
Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b.lar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va b.) A.ning shim.-g‘arbida va Parag-vay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2ga&nbsp;km²ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda A. hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metal-lar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va b. yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-a.ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Is-panlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha mar-ta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 - 11 y.lar). 1776 y.da hozirgi A. hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. A.da katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Ameri-kadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 y.lardagi mustaqillik uchun uru-shi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 y.larda ispan mustamlakachi-lariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 y.da viloyatlar va-killarining Tukuman sh.dagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 y.da A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragidan A.da Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 y.da u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va b. xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivoj-landi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A. betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 y.dan A.— BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Peron (1946 - 55 va 1973 — 74 y.larda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 y.da general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 y.da Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A. ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 y.dagi yalpi saylov natija-sida Raul Alfonsin prezident etib saylandi. 1999 y.dan esa Fernando de la Rua A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.
{{Janubiy Amerika mamlakatlari}}
{{Katta yigirmattalik}}
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Amerika]]
 
 
{{stub}}
 
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
1 365

ta tahrir