Meksika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Meksika''' (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2km². Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5-fev.dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
M. qirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat hududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat bal. 1000—20001000–2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning shim.-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shim.da subtropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000—3000 2000–3000&nbsp;mm.
 
Jan.-sharqida daryosoylar koʻp, shim.gʻarbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yoʻq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shim.-gʻarbida, asosan, boʻz tuproq va choʻlga xos oddiy tuproqlar; togʻliklarda surjigarrang , jigarrrang , savanna qizil tuproqlari va togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang , savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi.
Qator 19 ⟶ 17:
 
Aholisining kupi meksikanlar boʻlib, ular indeys kabilalari va elatlari, Yevropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantatsiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan iborat. Aholining yarmidan ortigʻi aralash nikoxdan tugʻilgan metis va mulatlardir. Tub indeys xalqlari oʻz tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, basklar, nemislar, fransuzlar, italyanlar va b. ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% katoliklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalahara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares.
 
 
== Tarixi ==
Qator 33 ⟶ 30:
 
1976 y.da saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 y.da saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va q.x.ni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, i.ch. quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 y. "Oʻng markazchi alyans" blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929 y.dan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning "ochikligi" va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991 y. 26 dek.da OʻzR mustaqilligini tan olgan va 1992 y. 16 martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sent. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 y.da tuzilgan (1938 y.gacha Milliyinqilobiy partiya, 1946 y.gacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 y.dan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 y.da asos solingan; M. koʻkatparvar ekologiya partiyasi, 1987 y.da tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 y.da tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 y.da tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966 y.da tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 y.da asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 y.da tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 y.da tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 y.da asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 y. tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938 y. tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 49 ⟶ 44:
 
M. chetga tayyor va chala tayyor buyumlar, shuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, konchilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqaradi. Chetdan chala tayyor buyumlar, mashina va asbob-uskunalar, isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari. Chet el turizmi rivojlangan. Pul birligi — M. pesosi.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Vrachlar universitetlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuernavaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 69 ⟶ 62:
 
20-a.ning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning maʼnaviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-y.larning oʻrtalaridan yana yuksala boshladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni koʻtarib chiqdi. A. Yanyesning "Jala oldidan", X. Rulfoning "Pedro Paramo", Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning "Oʻta tiniq soha", "Artemio Krusning oʻlimi", Rosario Kastelyanosning "Zulmatdagi ibodat" romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hozirgi zamon milliy voqeligini oʻrganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sharoitda hal etishga intilmoqda.
 
 
== Meʼmorligi ==
Qator 87 ⟶ 79:
 
larda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 97 ⟶ 88:
 
M.da balet sanʼati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya sanʼati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari bilan ispan raqqoslarining anʼanalari zaminida paydo boʻlgan. Hoz. sahna raqsi 30-y.larda amerikacha "modern" raqsi taʼsirida tarkib topa boshlagan. Folklor bilan "modern" raqsining qoʻshilishidan oʻziga xos milliy raqs shakllari paydo boʻldi. 1966 y.dan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari oʻtkaziladi. 1947 y.dan Milliy balet, 70-y.lardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va b. ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur.
 
 
== Teatri ==
M. teatr sanʼati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar koʻrsatilgan. M. 16-a.da yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq sanʼati quvgʻinga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 y.dan Mexikoda "Komediya uyi" teatri ishlay boshladi, 1670 y. birinchi doimiy "Koliseo" xalq teatri ishga tushdi, Gvadalahara (1758), Verakrus (1787) sh.larida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 y. Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ishtirok etdi. 1946 y. Mexikoda Milliy nafis sanʼat instituti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan maktab ochildi. Eng mashhur teatrlari: "Ximenes Rueda", "Idalgo", "Xoda", "Reforma", "Insurxentes", Bolalar teatri, "Ginol" qoʻgʻir-choq teatri va b.
 
 
== Kinosi ==
19-a. oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905 y. birinchi badiiy film koʻyildi. 1910 y.da M. mustaqillik kurashi haqidagi "Alam hayqirigʻi" filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-y.
 
lardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 y.larda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-a. 30—40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. "Mariya Kandelyariya" (1944), "Durdona" (1947), "Rio Eskondido" (1948), "Qishloqi qiz" (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: "Gʻisht teruvchilar" (rej. X. Fone), "Janubdagi uy" (rej. S. Olxovich), "Pastkash odamlar" (rej. X. Estrada),’ "Xuan Peres Xolote" (rej. A. Burns), "100-meridian" (rej. A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor, Oʻzbekiston — M. muiosabatlari. Garchi Oʻzbekiston bilan M. oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan boʻlsa ham, oʻzaro savdo-sotiq aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR bilan M. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. "Savdoiqtisodiy hamkorlik" va "Investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda oʻzaro himoya qilish" toʻgʻrisida shartnomalar tuzish masalasi koʻrib chiqilayotir. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
{{Katta yigirmattalik}}
{{G 20 sammitlari}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
 
[[Turkum:Shimoliy Amerika]]
[[Turkum:Amerika]]
Qator 119 ⟶ 113:
 
 
{{stub}}
 
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}