Amerika Qoʻshma Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 2:
'''Amerika Qoʻshma Shtatlari''' (AQSh, {{lang-en|United States of America}}) - [[Shimoliy Amerika]]dagi mamlakatdir. Poytaxti - [[Vashington, Kolumbiya Okrugi]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
 
'''Amerika qo`shma shtatlari''' (-{United States of America}-), (AQSH) — Shim. Amerikadagi davlat. Sharqdan Atlantika, g`arbdan Tinch okean, jan.sharqdan Meksika qo`ltig`i bilan o`ralgan. Ma`muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga bo`linadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdo`stligi, Shim. Mariana o.lari Hamdo`stligi, Guam, Virginiya o.lari, Sharqiy Samoa ham AQShga qarashli. Mayd. 9373000 km2 km², aholisi 271,6 mln. kishi (1999). Poytaxti — Vashington sh.
 
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 13 ⟶ 12:
da O`rta dengizga o`xshash iqlim, Kordilyera jan. qismining ichki r-nlarida juda issiq va qurg`oqchil. Havoning eng past t-rasi (—64° gacha) Yukon yassi tog`ligi (Alyaska)da, eng yuqori t-rasi esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.
 
O`rtacha yillik yog`in Alyaskaning jan.-sharqida va Vashington shtatining g`arbida — 3000—4000 3000–4000 mm, mamlakatning jan.-sharqida — 1500—2000 1500–2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1500 mmdan g`arbda 3000  mm gacha. AQShning ko`p daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi oqib o`tadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va b.) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmog`i siyrakroq. Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib o`tadi. Mamlakat shim.da, Kanada chegarasida Buyuk ko`llar (Yuqori ko`l, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza tog`ida Katta Sho`r ko`l, Floridada ko`pdan-ko`p sayoz ko`l va qo`ltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil bo`lgan tektonik ko`llar, jumladan, Iliamna ko`li bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv ta`minoti, kema qatnovi, sug`orish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. Tuproq qoplami xilma-xil. Shim.-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qo`ng`ir o`rmon tuproq, jan.-sharqda qizg`ish va sarg`ish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va to`q sur, Kordilyeraning tog` oralig`i platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari. Mamlakat shim.-sharqida aralash va qarag`ay o`rmonlari, jan.da keng bargli, Tinch okean sohili va Kordilyera yon bag`irlarida igna bargli o`rmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning g`arbidagi ayrim joylarda o`tsimon preriy o`simlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning o`simliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi tog`ligining qurg`oqchil qismini yarim cho`l va cho`llar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat ob`yektlari orasida Iyellouston milliy bog`i, Yosemit milliy bog`i, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bog`lari, Mamont va Karlsbad g`orlari bor.
 
 
== Aholisi ==
AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSH amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSH aholisining 82,8% ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6% ni afrikaliklar, 3,6% ni osiyoliklar, 1% ni in-deyslar, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80% shaharlarda yashaydi. AQSH amerikaliklari millat sifatida asosan 18-a.ning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar ("qoralar" deb ata-luvchi negrlar) AQSH amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi bo`lib, ular 17—19-a.larda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar ko`p asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir bo`ldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, po-lyaklar, xitoylar va b.xalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin o`zbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya sh.da hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shug`ullanadilar. Hoz. amerikalik o`zbeklarning ota-bobolari 1917 y.gi oktyabr to`ntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afg`oniston va Xitoyga o`tib ketganlar. 1950-y.larda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. 2-jahon urushi davrida turli yo`llar bilan u yerga borib qolgan o`zbeklar ham uchraydi. AQSH aholisining zichligi — 1 km2 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, LosAnjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San-Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana q. [[Amerikaliklar]]).
 
 
== Tarixi ==
Qator 24 ⟶ 21:
 
Milliy bayrami — Mustaqillik kuni — 4 iyul (1776).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Respublikachilar partiyasi, 1854 y.da tuzilgan; Demokratik partiya, 1828 y.da tuzilgan; Kommunistik partiya, 1919 y. tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi — i.ch. kasaba uyushmalari Kongressi, 1955 y. tashkil etilgan. AQShda salkam 40 mustaqil kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 mln. ishchi va xizmatchi a`zo bo`lib kirgan.
 
 
== Xo`jaligi ==
AQSH — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va q.x. ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, i.ch.ning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. bo`yicha 1-o`rinda turadi. Butun dunyodagi sanoat i.ch.ning uchdan bir qismi AQSH ulushiga to`g`ri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti in-ti o`tkazgan tadqiqot ma`lumotlariga ko`ra, 1994—96 y.larda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar o`rtasida ham AQSH birinchi o`rinda turibdi.
 
 
== Sanoati ==
Qator 41 ⟶ 35:
 
ga yaqin fermer xo`jaligi bor, bir fermer xo`jaligi o`rta hisobda 190 ga yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga yaroqdi aholining 2,5% q.x.da band. AQShda asosan makkajo`xori, soya, paxta, tamaki, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va b. ekiladi. Bug`doyzorlar ("bug`doy mintaqasi") Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va Shim. Dakota shtatlari), makkajo`xori ("makkajo`xori mintaqasi") Buyuk ko`llarning jan. va g`arbida (Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi daryosi etaklarida va Gavayi o.larida, tamaki Shim. Karolina, Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi. Bog`dorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va Buyuk ko`llar sohillarida ko`proq. Keng cho`llar va "makkajo`xori mintaqasi" shtatlarida go`shtbop chorvachilik, shim.sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan. Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning ko`p qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyog` ishlab chiqariladi. Qo`ychilik asosan qurg`oqchil tog`li shtatlarda rivojlangan. Go`shtbop jo`ja (broyler), tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi. Tuxum ko`proq jan.-sharqiy shtatlardagi yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi. AQShda 102 mln. bosh qoramol, 51 mln. bosh cho`chqa, 10 mln. bosh qo`y bor. Baliq ovlash rivojlangan. Hamma turdagi yog`och tayyorlanadi.
 
 
== Transporti ==
Ichki yuk tashishda t.y., avtomobil transporti, ichki suv transporti, dengiz transporti, havo transporti, gaz va neft quvurlari muhim ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Yangi Orlean, Xyuston, San-Fransisko, Buyuk ko`llarda — Chikago, Dulut. Aviatsiya qatnovi asosiy uzel-lari — NyuYork, Chikago, Atlanta, Los-Anjeles, Mayami, Dallas.
 
 
== Tashqi savdosi ==
Qator 53 ⟶ 45:
== Maorifi va madaniy-ma`rifiy muassasalari ==
Milliy maorif tizimi mustaqillik uchun urush (1775—83)dan keyin qaror topa boshladi. 1852 y.da Massachusets shtati AQShda birinchi bo`lib majburiy boshlang`ich ta`lim to`g`risida qonun qabul qildi. AQShdagi ko`pchilik shtatlarda 7—16 yoshdagi bolalar uchun o`qish majburiy. O`rta maktabning turlari ko`p: 3 y.lik kichik o`rta maktab, 6 y.lik birlashgan kichik va o`rta, 4 y.lik o`rta maktab. Barcha variantdagi o`rta maktablarda o`qish muddati — 12 y. Oliy ta`lim tizimi universitetlarni, 4 y.lik kollejlarni bundan tashqari to`liq oliy ma`lumot bermaydigan 2 y.lik kichik kollejlarni, hunar va texnika in-tlarini o`z ichiga oladi. Barcha oliy o`quv yurtlarida ta`lim pulli. Eng yirik oliy o`quv yurtlari: Garvard, Kaliforniya (Berkli sh.da), Viskonsin, Michigan, Illinoys, Kornell (Itaka sh.da), Kolumbiya, Prinston, Chikago, Pensilvaniya universitetlari, Kaliforniya, Stenford va Massachusets texnologiya intlari. Yirik kutubxonalari: Kongress kutubxonasi (1800 y. tashkil etilgan), Nodir kitoblar va qo`lyozmalar kutubxonasi, Milliy arxiv kutubxonasi, Milliy tibbiyot kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari, Los-Anjeles (1872 y. tashkil etilgan), Chikago (1872 y. tashkil etilgan), Boston (1852 y. tashkil etilgan), Nyu-York (1895 y. tashkil etilgan) xalq kutubxonalari va b. Mashhur muzeylari: AQSH Milliy muzeyi, Havoda uchish va kosmonavtika milliy muzeyi, Nafis san`at asarlari milliy kolleksiyasi, Milliy san`at galereyasi, Tarix va texnika milliy muzeyi, Milliy portret galereyasi (hammasi Vashingtonda), Hoz. zamon san`at muzeyi, Metropoliten muzey, Amerika tabiatshunoslik tarixi muzeyi (Nyu-Yorkda), Boston nafis san`at muzeyi va b.
 
 
== Ilmiy muassasalari ==
AQShda ilmiy muassasalarga rahbarlik qiladigan yagona markaz yo`q. Vashingtondagi AQSH Milliy FA (1863 y.da tashkil bo`lgan) fan va texnika masalalari bo`yicha federal hukumatning maslahatchisi hisoblanadi. 1964 y.da alohida Milliy texnika akademiyasi tuzilgan; Kaliforniya FA (1853), Chikago FA (1857) mavjud. Barcha i.t.larning anchagina qismi universitetlarda olib boriladi. 1965 y.da tashkil etilgan Milliy ta`lim akademiyasi maorif va ped. masalalari bilan shug`ullanadi. Mamlakatda birtalay ixtisoslashgan ilmiy tashkilot va jamiyatlar bor. 10 mingdan ortiq, asosan, xususiy sanoat firmalari, 700 ga yaqin federal hukumat muassasasi i.t. va tadqiqot-konstruktorlik ishlarini amalga oshiradi. Kongressning ijozati bilan federal hukumat barcha i.t. va konstruktorlik ishlarining yarmini pul bilan ta`minlaydi. 1950 y.da Millim ilmiy fond tashki l etildi. Bu muassasa zimmasiga i.t.larning yo`nalishini belgilash, ularni muvofiqlashtirish va pul bilan ta`minlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Fan va texnika masalalari bo`yicha federal kengash prezidentning maxsus yordamchisi boshchiligida hukumat muassasalari bajaradigan tadqiqot ishlarini nazorat qiladi. Davlat muassasalari orasidagi eng yirik fondlar Mudofaa vazirligiga qarashlidir. Bu vazirlik ixtiyorida 100 dan ortiq i.t. va tajriba ilmiy markazlari bor.
 
 
== Matbuoti, radioeshittirish va teleko`rsatuvi ==
AQShdagi yirik kundalik gazetalar: "Nyu-York tayms" ("Nyu-York vaqti", 1851 y.dan), "NyuYork deyli nyus" ("Nyu-York kundalik yangiliklari", 1919 y.dan), "Nyu-York post" ("Nyu-York pochtasi", 1801 y.dan), "Vashington post" ("Vashington pochtasi", 1877 y.dan), "Vashington tayms" ("Vashington vaqti", 1982 y.dan), "Uollstrit djornel" ("Uollstrit gazetasi", 1889 y.dan), "Chikago tribyun" ("Chikago minbari", 1847 y.dan), "Los-Anjeles tayms" ("Los-Anjeles vaqti", 1881 ydan), jurnallar: "Taym" ("Vaqt", 1923 y.dan), "Nyusuik" ("Hafta yangiliklari", 1933 y.dan), "Yunayted steyts nyus end uorld riport" ("Qo`shma shtatlar yangiliklari va jahonga nazar", 1933 ydan), "Biznes uik" ("Biznes hafta mobaynida", 1929 y.dan), "Neyshn" ("Xalq", 1865 ydan), "Demokrat" (1961 ydan), "Layf" ("Hayot"). Yetakchi axborot agentliklari: Assoshieyted Press (AP; 1848 y.da tashkil etilgan) va YUPI (1958 y.da tashkil etilgan). Birinchi tijorat radiost-yasi 1920 y.da tashkil etilgan. AQShda 9 mingdan ko`proq radio va IZO telest-ya mavjud. Tajriba teleko`rsatuvi — 1928 y.dan, muntazam teleko`rsatuv 1941 y.dan ishlaydi.
 
 
== Adabiyoti ==
17-a.dan rivojlana boshladi. 1775—83 y.lar mustaqillik uchun urush davridagi ma`rifatparvarlar, xususan, "Uchinchi tabaka" oliy maqsadlarining targ`ibotchisi B. Franklin va atoqli publitsist, "Somom aql" (1776) va "Inson huquqlari" (1791— 92) manifestining muallifi T. Peyn faoliyati milliy adabiyotni rivojlantirishda muhim rol o`ynadi. T. Jeffersonning "Mustaqillikdeklaratsi-yasi" (1776)da ilg`or ma`rifatparvarlik g`oyalari aks etdi. Yevropa romantizm i ta`sirida 19-a.ning 1-yarmida Amerika romantizmi yuzaga keldi va milliy o`ziga xoslik xususiyatlarini ifodalab berdi. Romantizmning dastlabki davri 1810— 30-y.larga to`g`ri keladi. Uning eng salmoqli vakillaridan V. Irving , U. K. Brayant, J. F. Kuper asarlarida Amerika xalqining farovon turmush haqidagi orzu-umidlari aks etgan. 19-a.ning 40—60-y.larida adabiyotda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat bilan bog`liq yo`nalish yuzaga keldi. J. G. Uityer, X. U. Longfello, J. R. Louell, G. Bicher-Stou ("Tom toganing kulbasi"), R. Xildret kabi shoir va yozuvchilar asarlari, U. L. Xarrison, U. Filips, A. Linkoln, mutafakkir negr F. Duglaslarning publitsistikasi quldorlikka qarshi qaratildi. Shoir U. Uitmen ijodi ham milliy adabiyotni rivojlantirishda muh-im rol o`ynadi. Fuqarolar urushidan keyin AQSH adabiyotida Mark Tven ("Tom Soyerning sarguzashtlari", "Geklberri Finning sarguzashtlari") AQSH adabiyoti tarixida o`chmas iz krldirdi. T. Drayzer ("Moliyachi", "Amerika fojiasi"), F. Norris, J. London ("Martin Idei") 19a. AQSH adabiyoti an`analarini davom ettirib, AQSH adabiyoti tarixida yangi saxifa ochdilar. J. Londonning asarlarida insonning alohida toifasi, mard, kuchli, halol, ayni vaqtda o`z hayotiy kurashida yolg`iz inson gavdalantirilgan. T. Drayzerning romanlarida ijtimoiy hodisalar chuqur tahlil etilgan, zamon qaxramonlarining taqdiri keng miqyosda tasvirlangan, tarixga donishmandlarcha nazar tashlangan. 20-a.ning 20-y.larida "Yo`qotilgan avlod" deb atalgan adabiy guruh (E. Xeminguey, U. Folkner, J. Dos-Passos, F. S. Fitsjerald) tashkil topdi. Uning vakillari mavjud tartibqoidalarni tanqid qildilar, ishonchsizlikni, bosqinchilik urushlariga qarshi harakatni, yosh avlod fojiasini tasvirladilar. 2-jahon urushi arafasida T. Drayzer fashizm mohiyatini fosh etdi va unga qarshi kurashchi obrazini yaratdi. Urushdan keyin J. D. Selinjer, J. Chiver, J. Apdayk, U. Stayron, J. Outs prozasining bosh qahramoni — ma`naviyatsiz jamiyatda o`z qobiliyatini ro`yobga chiqara olmaydigan shaxs. Bu yozuvchilarning ko`pgina asarlari o`rta sinf deb atalgan toifadagi odamlarga, yoshlarga bag`ishlangan. 20-a. Amerika she`riyatida xilma-xil g`oyaviy-badiiy yechimlarni ko`ramiz. AQShning ilmiy-sarguzasht va hajv adabiyoti (A. Azimov, A. Klark va b.) o`ziga xos mavzularning boyligi bilan ajralib turadi. Badiiy-hujjatli roman janri ayniqsa rivoj topdi. Amerika adabiyotining eng yaxshi namunalari "Tom tog`aning kulbasi" (G. BicherStou), "Tom Soyerning sarguzashtlari", "Geklberri Fin sarguzashtlari" (M. Tven) , "Ko`mir qiroli" (E. Sinkler) romanlari, J. London, O. Genri, T. Drayzer, O. Karlson, P. Bak, R. Konnel, E. Xeminguey hikoyalari, L. Xyuz she`rlari va b. asarlar o`zbek tiliga tarjima qilib nashr etilgan.
 
 
== Me`morligi ==
Yevropaliklar Shim. Amerikaga kelmaslaridan oldin indeyslarning o`ziga xos meʼmorligi bo`lgan. Irokezlar "uzun uylar" deb atalgan turar joylar yaratgan bo`lsalar, Pueblo indeyslari "pueblo" qishloq uylarini qurganlar. Ingliz, golland va fransuz mustamlakachilari AQShga Yevropa an`analarini keltirdilar. Dastlabki binolar barokko uslubida qurilgan. Ular sodda bo`lib, naqshlar kam ishlatilgan. 18—19-a.larda AQSH me`morligida klassitsizm uslubi hukm surdi. Bu uslubda davlat va jamoat binolari (Vashingtondagi Oq uy, Nyu-Yorkdagi Eski ratusha — shahar idorasi), ibodatxona va b. qurildi. Keyinroq quramalik va dabdabalilik kuchaydi [Vashingtondagi Kapitoliy (kongress) binosi]. Fuqarolar urushidan so`ng AQSH me`morligi yuksalish yuliga o`tdi. AQShning bir qancha iste`dodli me`morlari T. Richardson, J. O. Ryoblin, U. O. Reblinglar qurilish texnikasi rivojiga katta hissa qo`shdilar (Bruklin ko`prigi). 20-a. AQSH me`morligi, asosan, texnika va iqtisod sur`atiga bog`liq holda rivojlandi. 20-a.ning 20—30-y.larida Amerikaning bir qancha shaharlarida (Nyu-York, LosAnjeles, Chikago va b.) nihoyatda baland binolar qurildi. Amerikaning eng iste`dodli me`morlari L. Salli-ven va F. L. Rayt yangi texnika imkoniyatlarini estetik tushunishga intildilar: L. Salliven ko`p odam sig`adigan katta binolar uchun po`lat to`sinli konstruksiyani ishlab chiqsi, F. L. Rayt esa kichik bino loyihalari ustida ishladi, ayni vaqtda bir necha baland hamda ba`zi ma`muriy binolar loyihasi ham 30-y.lar o`rtalarida chizildi. AQShga Yevropadan mashhur me`morlar: V. Gropius, M. Breyner, L. Mis van der Roe, E. Mendelson, R. Neytra, E. Sa-ariyenen va b. keldilar. Ular hozirgi zamon AQSH me`morligiga asos soldilar. 2-jahon urushi yillari AQShda yig`ma qurilish rivojlandi. Urushdan so`ng "Po`lat va alyuminiy" me`morligi rag`batlantirildi, me`moriy shakllarning "universal uslubi" taraqqiy etdi (L. Mis van der Roe asarlari). 50-y.larning oxirida yangi klassitsizmning yangicha nusxasi paydo bo`ldi (E. D. Stoun, M. Yamasaki kabi me`morlar). 60—80-y.lar inshootlari hajmining kattaligi, geometrik miqyoslarining salmoqliligi, me`moriy yunalishlarning betartibligi bilan ajralib turadi (Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo markazining 412 m balandlikdagi 110 kavatli minorasi, 1971—73, me`morlar M. Yamasaki, E. Rot; Chikagodagi "Sire va Robak" savdo konsernining 442 m balandlikdagi minorasi, 1972—75, "SOM" firmasi me`morlari; Minne-apolisdagi bank binosi, 1969—73, me`mor G. Birkerts va b.; San-Fransiskodagi "Xayat Rijensi" mehmonxonasi, 1973, "Jon Portmen va b." firmasi hamda Los-Anjelesdagi "Bonavantyur", 1978, me`mor J. Portmen).
 
 
== Tasviriy san`ati ==
AQShning yerli xalqi — indeyslarning AQShga boshqa mamlakatlardan kelgan xalqlar san`atidan farklanuvchi o`ziga xos qadimiy san`ati bor. Indeyslar san`ati diniy xarakterdagi yog`och haykallar, naqshli sopol idishlar, guldor matolar, bizon terisiga tushirilgan naqsh va rasmlar, zebziynatlardan iborat. AQSH yerlari yevropaliklar tomonidan mustamlakaga aylantirilgan davrdan 18-a. o`rtalarigacha mahalliy tasviriy san`-atda (yevropaliklar san`ati) barokko uslubining soddalashtirilgan shakllari bilan yaratilgan taqlidiy asarlar tarqalgan. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida AQShda rassomlar — G. Styuart, J. Trammbal, T. Salli ijod qildilar. AQSH tasviriy san`ati rivojida Filadelfiyada tashkil topgan Badiiy akademiyaning (1805) ahamiyati katta bo`ldi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida rivojlangan AQSH tasviriy san`ati 19-a.ning 20—50-y.larida tushkunlik davrini boshdan kechirib, 19-a. 2-yarmidan yana yuksaldi. Biron Uoldo, U. Maunt kabi realist rassomlar ijodida xalq turmushini jonli va haqqoniy ifodalashga intilish seziladi. 19-a.ning 2-yarmida ijod qilgan va Amerika san`atini yuksak darajaga kutargan rassomlar orasida U. Gomer, T. Itkins, J. Uistlerlar alohida o`rin tutadi. Rassomlik san`atining tarkib topishiga T. Nast, haykaltaroshlikka esa O. Sent-Godens hissa qo`shgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida AQSH tasviriy san`atida impressionizm, simvolizm, modernizm (Ch. Xessem, M. Preidergast) oqimlari paydo bo`ldi. 20-a. boshlarida haykaltarosh J. Bernard, rassomlardan J. Pensell, J. Sloan va J. Bellouz kabilar ijod qildilar. AQSH tasviriy san`atida rassom R. Kent alohida o`rin tutadi. R. Kent shim. manzaralari va kitob suratkashligining mohir ustasi sifatida jahonga tanilgan. Portretchi I. Olinskiy, amerika xalqi turmushini haqqoniy tasvirlovchi aka-uka R. va M. Soyerlar, haykaltarosh M. Filde kabilar ham mashhur.
 
 
== Musiqasi ==
AQSH musiqiy madaniyati Yevropa va Afrikadan olingan musiqiy shakllar, janrlar va uslublar hamda Amerika qit`asida qadimdan mavjud bo`lgan musiqiy an`analar omuxtasi tarzida tarkib topdi. Indeyslarning musiqa madaniyati bir ovozli va pasayib boruvchi ohangli qo`shiq hamda raqslardan iborat bo`lgan. Amerikaning dastlabki yarim professional musiqachilari — U. Billings, E. Lou, J. Morgan (18-a. oxiri); ular ijodida dastlabki kelgindilarning diniy qo`shiqlari amerikacha musiqaga xos yangi shaklga kirdi. 19-a.ning 2-yarmidan boshlab AQShga Yevropa mamlakatlaridan musiqachilar, kompozitorlar kelib, Amerika musiqa madaniyati rivojiga hissa qo`shdilar. Ular simfonik orkestrlar, musiqa o`quv yurtlari va jamiyatlari, teatrlar tashkil etishdi. 1883 y. Nyu-Yorkda mashhur "Metropoliten opera" teatri ochildi. Shotlandiyalik Edvard Mak Douell AQSH professional kompozitorlik maktabiga asos soldi. L. Armstrong , B. Gudmen, Dyuk Ellington kabi musiqachilar jaz san`atini rivojlantirdilar. Kompozitor va pianinochi Jorj Gershvinning 1935 y.da sahnalashtirilgan "Porgi va Bess" operasi Amerikaning haqiqiy milliy operasi sifatida musiqa tarixiga kirdi. 20-a. 30-y.larida "Kompozitorlar uyushmasi" va "Ishchi musiqachilar uyushmasi" atrofida to`plangan kompozitorlarning ijodiy faoliyati avj oldi. AQSH kompozitorlaridan — L. Bernstayn, S Barber, J. K. Menotti, U. Shumen, dirijyorlardan — Yu. Ormandi, L. Stokovskiy, pianinochi — V. Klaybern, skripkachilardan — I. Menuxin, Isaak Stern, mashhur negr qo`shiqchilari — Pol Robson va Marian Anderson, qo`shiqchi kompozitor Pit Siger, musiqashunoslar — O. Kinkeldi, P. Lang , N. Slominskiy va b.lar AQSH musiqa tarixida salmoqli o`rin tutadi. Mamlakatda bir necha mashhur orkestrlar, opera teatrlari, yirik musiqa o`quv yurtlari, maktablari bor. Mashhur skripkachi Isaak Stern, qo`shiqchi kompozitor Pit Siger, Beni Gudmen rahbarligidagi orkestr va b. turli vaqtlarda O`zbekistonda gastrodda bo`lgan.
 
 
== Teatri ==
Shim. Amerika hududida teatr san`ati bo`lganligi haqidagi dastlabki ma`lumot 17-a.ga oid. O`sha paytlarda ingliz missionerlari xristianlikni targ`ib qilish uchun diniy pyesalarni sahnalashtirar edilar. 18-a.da asosan Angliyadan kelgan teatr guruhlari spektakllar qo`yishardi. 1716 y.da Uilyamsburgda (Virginiya shtati) birinchi teatr binosi qurildi. Angliyadan kelgan L. Xallem teatri shu binoda faoliyatini boshladi. U Shekspirning "Venetsiyalik savdogar" pyesasini sahnaga qo`ydi. AQSH professional teatri shu tariqa boshlandi. Uning repertuar asosini ingliz dramaturgiyasi tashkil qilgan edi. 18-a. oxiridan boshlab Amerika dramaturglarining (ko`pincha U. Danlep) asarlari qo`yiladigan bo`ldi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida yirik shaharlarda teatrlar tashkil qilindi: "Park", "Chetem", "Baueri" (Nyu-York), "Chestnat Strit" (Filadelfiya), "Tremont" (Boston) va b. 19-a. ikkinchi yarmida ko`chma guruhlar hisobiga teatrlar soni ortdi. Bu teatrlarda ma`lum bir pyesani qo`yish uchun guruh yig`ish, spektaklni foyda bermay qolguncha ko`rsatib, so`ng guruhni tarkatib yuborish va b. pyesa hamda guruh izlash, ularda yetakchi o`rinni egallagan "yulduzlar"dan foydalanish odat tusiga kirgan edi. Bu hol Nyu-Yorkning Brodvey kuchasida joylashgan teatrlarda ham ro`y berdi. 30-y.larda ishchi teatrlari maydonga keldi. 1927 y.da J. Louson va M. Gold "Yangi dramaturglar teatri" tashkil qilib, "Xoboken Blyuz" (M. Gold) va "Internatsional" (J. Louson) kabi asarlarni sahnalashtirdi. Shu yillarda "Reper-tuarli fuqaro teatri" va 158 federal teatr ochildi. Ammo iqtisodiy tanazzul natijasida ilg`or teatrlar birin-ketin yopilib, yana Brodvey teatrlari hukmron bo`lib qoldi. 2-jahon urushidan keyin "Brodveydan tashqari" teatrlar maydonga keldi: "Kriket", "Grinuich-Myuz", "Living", "Sheridan Skver pleyxaus" va b. 1957 y.da NyuYorkda "Brodveydan tashqari" teatrlar uyushmasi tashkil etildi. 1964 y.da NyuYorkda "Linkoln san`at markazi doimiy teatri" ochildi. 70-y.larda Texas, Kaliforniya, Florida, Rod-Aylend va b. shtatlarda mintaqa teatrlari tashkil topdi. Tennessi, Viskonsin, Oklaxoma, Minnesota shtatlarida bolalar teatrlari ishlaydi. 50— 80-y.lardagi AQShning yetakchi dramaturglari — A. Miller, T. Uilyame, E. Olbi, J. Gelber, L. Xensberi, J. Boldun, D. Reyb va b; tanikli rej.lar — J. Papp, E. Kazan, J. Bek, J. Chaykin, P. Shuman, D. Makbet, E. Sherin, D. O’Nil, J. Uord; aktyorlar — R. Stayger, L. Kobb, J. Fonda, J. Xarris, M. Stepplton, S. Puatye, D. Din, D. Jons va b. Turli millatlarning ishchi tashkilotlari huzurida havaskorlik to`garaklari mavjud. Teatr kadrlari untlarning maxsus f-tlarida, xususiy drama studiyalarida tayyorlanadi.
 
 
== Kinosi ==
Qator 120 ⟶ 104:
Image:MtHood TrilliumLake.jpg
</gallery></center>
{{US-geo-stub}}
{{stub}}
 
=== Geografik joylashuvi ===
Qator 198 ⟶ 180:
 
{{O`zME}}
 
 
{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
Qator 204 ⟶ 185:
{{Katta yigirmattalik}}
{{G 20 sammitlari}}
 
[[Turkum:Amerika Qo`shma Shtatlari]]
[[Turkum:Shimoliy Amerika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{US-geo-stub}}
{{stub}}