Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
'''Janubiy Afrika Respublikasi''' (Janubiy Afrika, JAR) poytaxti — [[Pretoriya]] (administrative), [[Keyptaun]] (legislative), [[Blumfonteyn]] (judiciary) shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
'''Janubiy Afrika Respublikasi''' (JAR) (afrikaanscha Republiek van Suid-Africa; ing . Republic of South Africa) — Afrika jan.dagi mamlakat. Mayd. 1221 ming km2km². Aholisi 43 mln. kishidan ortiq (2001). Poytaxti—Pretoriya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. JAR — federalizm nishonalari boʻlgan unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1997 y. 4 fevraldan kuchga kirgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident. Milliy assambleya tomonidan uning aʼzolari orasidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament. U viloyatlarning Milliy kengashi (yuqori palata) va Milliy assambleya (quyi palata)dan iborat. Ijrochi xokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. JAR hududining yer yuzasi, asosan, plato va yassitogʻliklardan iborat. Qirgʻoqlari deyarli tekis, sohil boʻylab togʻ tizmalari joylashgan. Oranj daryosidan shim.da Kalahari tekisligi bor. Platolarning sharqiy sohilidagi kambar pasttekislikka, jan.da Katta Karru soyligiga tik tushgan qismi Katta Jarlik deb ataladi. Drakon togʻlari uning sharqiy qismidir. Drakon togʻlaridagi Tabana-Ntlenyana choʻqqisi (3482 m) Jan. Afrikadagi eng baland nuqtadir. Katta Karru soyligidan jan.da Kap togʻlari (bal. 2326 m gacha) bor. Iqlimi, asosan, tropik, 30° j. k.dan jan.da subtropik. Katta Jarlik Hind okeanidan esuvchi nam shamollarni tusib, ichki hududlarga oʻtkazmaydi. Sharqiy sohilda va Katta Jarlikning sharqiy yon bagʻrida dengiz iqlimi, yillik yogʻin 1000—2000 1000–2000 mm, eng issiq oyning oʻrtacha t-rasi 25°, sovuq oyniki 18°. Kontinental iqlimli ichki platolarda yillik yogʻin sharqda 750  mm gacha, gʻarbda 150  mm gacha. Yoz oylarining oʻrtacha t-rasi 27°, jan.-gʻarbida 18°. Subtropik iqlimli jan.-sharqida yillik yogʻin 600—1000 600–1000 mm, yoz oylarining urtacha t-rasi 21 — 24°, qish oylariniki 14—17°. Choʻl va chala chul iqlimli gʻarbiy sohili sovuq Bengela oqimi taʼsirida, yillik yogʻin 60—100 60–100 mm, yoz oylarining urtacha t-rasi 15°, qish oylarniki 11°.
 
Eng yirik daryosi — Oranj (Vall va Kaledon irmoqlari b-n). Shim.-sharada Limpopo daryosi bor. Hind okeaniga quyiluvchi boshqa daryolari qisqa, sersuv va serostona. Ichki platolardagi daryolar yilning koʻp vaqtida qurib yotadi. Mamlakat hududining 2% oʻrmon. Mamlakatning sharqiy sohilida shim. chegaradan 30° j. k.gacha qizil va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna, daryo vodiylarida palma oʻrmonlari bor. Togʻ vodiylarida tropik sernam oʻrmonlar uchraydi. Durbandan Mosselbay sh.gacha boʻlgan sohildagi qoʻngʻir tuproqli yerlarda subtropik oʻrmonlar, Kap togʻlari yon bagʻrida doim yashil butazorlar, platolardagi qizil-qungʻir va qora tuproqli yerlarda baobab va butali savannalar bor. Kalahari tekisligida chul oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan arslon, qoplon, yovvoyi mushuk, qashqir, kiyik, zebra, jirafa, fil, karkidon, hasharotlardan termitlar, setse pashshasi, bezgak chivini va b. bor.
Qator 83:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Katta yigirmattalik}}
 
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}