Mongoliya — versiyalar orasidagi farq

k
clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
k (Sociologist moved page Moʻgʻuliston to Mongoliya over redirect: OʻzMEda Mongoliya)
k (clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB)
{{Maʼnolari|Mongoliya (maʼnolari)}}
{{Mongoliya maʼlumotlari}}
'''Mongoliya''' (Mongol Uls) yoki '''Moʻgʻuliston''' — Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakat. Mayd. 1565 ming km2km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator sh. Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet sh.lari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.
 
== Davlat tuzumi ==
 
== Tabiati ==
M. hududi aksari qismining bal. 1000—20001000–2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (bal. 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Jan. va jan.sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shim. va shim.-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi shim.-sharq, jan. va jan.-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km2km² yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shim. qismi kaledon, jan. qismi gersin burmalariga ajralgan.
 
Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —10°, —35° (eng past t-ra —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha t-rasi 18—26° (eng yuqori t-ra 40°). Yillik yogʻin 100—300 100–300 mm, togʻaarda 500  mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shim. va shim.-sharqi dasht, jan. va jan.-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
 
Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shim.da buryatlar, shim.-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.
1 365

ta tahrir