Kislorod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ (6) using AWB
Qator 6:
K.ning 3 barqaror izotopi bor: |6O(99,759%), |7O(0,037%), |8O(0,204%). K. atomining elektron kavati 2 ichki va 6 tashki elektrondan iborat boʻlib, 2s22p4 koʻrinishida ifodalanadi. K. atomining tashki qavati toʻliq boʻlmagani uchun kimyoviy birikmalarda K. atomi boshqa atomlardan elektronlar qabul qilib, manfiy zaryadli boʻlib qoladi. K.ning elektron yoʻqotadigan birikmalari juda kam.
 
K. molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki K.ning oʻziga elektr uchqunlari taʼsir ettirilganda molekulasi 3 atom K. dan iborat ozon (O3) hosil boʻladi. K. ioni O2" ning radiusi (qavslarda koordinatsiyey sonlar keltirilgan) 0,121  nm(2), 0,124  nm(4), 0,126  nm(6) va 0,128  nm(8). K. molekulasi 1500° da toʻliq dissotsiatsiyalanadi.
 
Fizik hossalari. K. rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz: — 182,9° da zichligi 1,14 g/sm3sm³ boʻlgan havorang suyuqlikka aylanadi, — 218,7° t-rada esa qotib, koʻk kristall hosil qiladi. Kristall holdagi K. bir nechta modifikatsiyaga (a, fS, u — shakl oʻzgarishiga) ega. Gaz holatidagi K.ning zichligi (0° va normal bosimda) 1,42897 g/l. K. 1 m3 suvda (20° va 1atm.
 
da) 0,031 m\ 0° da esa 0,049 m3, etanolda 0,2201 m3, atsetonda 0,2313 m3 eriydi.
 
Kimyoviy qossalari. K. eng faol (ftordan keyin) metallmas element, yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Koʻp elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; ogʻir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mustasno. K. boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda — oksidlanish reaksiyalarida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaksiya). Odatdagi t-rada K. vodorod bilan nihoyatda sekin reaksiyaga kirishadi, 550° da esa reaksiya portlash bilan davom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor bilan normal sharoitda juda sekin reaksiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaksiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. K.ning azot bilan reaksiyasi endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradigan) reaksiya boʻlib, faqat 1200° da amalga oshadi. K. deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarini oson oksidlaydi. K.ning moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol oʻynaydi. Mac, kaliy oʻta faol metall boʻlishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) K. bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bugʻlari taʼsirida odatdagi t-rada kaliy K.da yona boshlaydi. K. metallarni oksidlab, korroziyaga sabab boʻladi. Baʼzi metall oksidlari K. bilan birikib, peroksid birikmalarni beradi. Katalizator ishtirokida ammiakning K. bilan oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil boʻladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalaniladi). Muhim issiqlik manbai — uglevodorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning K.da yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning K. bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir.
 
K. olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha ilgari kashf qilingan. Bunda Bertole toʻzi (KSGO3) qizdirilganda parchalanib, toza kislorod O2 (1  kg toʻzdan 0,27 m3) ajralib chiqadi. Bu usulda olingan K.ning tannarxi qimmat va kam samarali boʻlgani uchun faqat lab. da qoʻllaniladi. Elektroliz usulida suvdan oʻzgarmas elektr toki oʻtkaziladi. Elektr oʻtkazuvchanlikni oshirish uchun suvga oʻyuvchi natriy (NaOH) eritmasi qoʻshiladi. Bunda suv kislorod va vodorodga parchalanadi. Fizikaviy usul. K. hozirgi vaqtda, asosan, havoni parchalash yoʻli bilan olinadi. Gazsimon havoni parchalash juda qiyin, shuning uchun uni oʻta sovitib (—180°) suyultirish, soʻngra tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin K. bugʻlanib chiqadi. Havoni membrana — toʻsiqdan saralaboʻtkazish (diffuziya) usuli bilan ham lab.da K. olish mumkin. Sanoatda texnologik (92—98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% O,) va suyuq (99,7% O2) K. ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, davo muolajalari uchun (tibbiy K. 99,5% O,) maxsus K. ishlab chiqariladi. Gazsimon K. poʻlat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 atm. bosim ostida, suyuq K. metalldan yasalgan Dyuar idishlari yoki maxsus sisterna-tanklarda tashiladi va saqlanadi.
 
Metallurgiyada (q. [[Konverter]], [[Kislorod bilan kesish va b]].) va metallarni gaz alangasi bilan ishlash jarayonida payvandlash, sirt (yuza)ni toblash, shuningdek, aviatsiya, suv osti kemalarida texnik K. ishlatiladi. Texnologik K. esa kimyo sanoatida sunʼiy suyuq yoqilgʻi, surkov moylari, nitrat va sulfat kislota, metanol, ammiak va ammiakli oʻgʻitlar, metall peroksidlari olishda qoʻllaniladi. Suyuq K. portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va sovituvchi vosita sifatida lab.larda ishlatiladi. Sof K. katta balandliklarda, kosmik parvoz paytida, suv ostida nafas olish uchun va tibbiyotda davolash maqsadida (q. [[Kislorod bilan davolash]]) qoʻlaniladi.
Qator 26:
'''Kislorod''' - [[unsurlar davriy jadvali]]ning 8 unsuri, [[gaz]].
{{davriy jadval}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Kimyo]]
[[Turkum:Kimyoviy unsurlar]]
 
 
 
[[ml:ഓക്സിജന്‍]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}