Kumush: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ (3) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kumush''' (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, at.m. 107,87. K. 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sunʼiy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. K. qadimdan maʼlum. Yer poʻsti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. K.ning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza K. chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Zichligi 10,5 g/sm3sm³, suyuqlanish t-rasi 960,5°, qaynash t-rasi 2212°. Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,7. K. yumshoq, choʻziluvchan boʻlganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. K. issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo taʼsiriga chidamli. Lekin galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishadi (q. [[Kumush galogenidlar]]). Koʻpgiva metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. K. birikmalarida, asosan, 1 valentli, baʼzan 2 va 3 valentli. Nitrat va konsentrlangan issiq sulfat kis-lotada erib, tuzlar hosil qiladi. K.ning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxshi eriydi. K.ning 3 ta oksidi maʼlum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa oʻta beqaror boʻlib, sof holda ajratib olinmagan.
 
Kumush (1)-oksid, Ag2O — toʻq qoʻngʻir rangli kukun. Zichligi 7,44 g/sm3sm³. Yorugʻlik nuri taʼsirida kislorodini yoʻqotib qorayadi. 200°da toʻliq parchalanadi. Suvda eruvchanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuchli oksidlovchi kompleks Ag(NH3)2OH, kuchliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovchi aralashma hosil qiladi. Ozon taʼsirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida ishlatiladi.
 
Kumush (P)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm3sm³. 100° t-ragacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. K.ga yoki Ag2O ga ozon taʼsir ettirib, K.ni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qoʻllanadi.
 
K., asosan, tarkibida kumush va qoʻrgʻoshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-roʻzgʻor buyumlari, lab. idishlari i.ch.da, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. K. buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, yaʼni tarkibida 87,5% K. va 12,5% mis boʻlgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda K. kattalizator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda K.ning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.
Qator 15:
'''Kumush''' - [[unsurlar davriy jadvali]]ning 47 unsuri, [[metall]].
{{davriy jadval}}
{{chem-stub}}
 
[[Turkum:Kimyo]]
[[Turkum:Kimyoviy unsurlar]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Kimyo]]
[[Turkum:Kimyoviy unsurlar]]
 
 
{{chem-stub}}