Xatirchi tumani — versiyalar orasidagi farq

k
clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
(Maqolaga matn qoʻshildi)
k (clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB)
'''Xatirchi tumani''' - Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1927—30 y.larda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 y.dan Samarqand viloyati, 1982 y.dan Navoiy viloyati, 1989 y.dan Samarkand viloyati, 1992 y.dan Navoiy viloyati tarkibida. Shim.
 
dan Nurota, jan.sharqdan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, shim.sharkdan Qoʻshrabot, jan.dan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Mayd. 1,37 ming km2km². Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻchakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Poʻlkan shoir, Xonaqa, Yangiyoʻl, Krracha) bor. Markazi — Yangirabot sh.
 
Tabiati. Shim. kismi Nurota togʻ tizmasi va togʻ etagi qiya tekisligidan iborat, jan. qismi Okdaryo,Qoradaryo va qisman Zarafshon daryosi vodiylarini oʻz ichiga oladi. Iklimi kontinental, yillik oʻrtacha tra 13,5°. Yanv.ning oʻrtacha trasi —1,7°, eng past tra —33°. Iyulning oʻrtacha trasi 28,7°, eng yuqori tra 44°. Vegetatsiya davri 212 kun. Yillik yogʻin miqsori, shim. togʻlik kismida 300  mm, jan.dagi tekisliqda 200  mm. Suv resurslari Krradaryo, Okdaryo, Zarafshon va bir necha soylardan iborat. Tuproqlari tog etaklari tipik boʻz, och boʻz tuproqlar. Jan. kismida sugʻoriladigan boʻz, allyuvial, oʻtloqi va oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklaridagi qiya tekisliklarda chorvachilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasalari va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang , yulgʻun va b., Nurota togʻlari etaklarida rang , yaltirbosh, chalov, karrak, kiyik oʻti, oq safrak, gulxayri, betaga; bahorda efemerlar oʻsadi. Butalardan doʻlana, pista uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayran, togʻ echkisi va toʻqayzorlarda qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, lochin, bulduruq, qirgʻiy, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq; sudraluvchilardan gekkonlar, toshbaqa, sariq ilon, kobra, echkemar; kemiruvchilardan jayra, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va b. uchraydi. Nurota togʻining yon bagʻrida. Langar koni bor.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (99, 1%), shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, ozarbayjon, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 km² ga 105 kishi. Shahar aholisi 20,2 ming kishi, qishloq aholisi 123,7 ming kishi (2004).
 
Xoʻjaligi. Tumanda 2,1 ming korxona roʻyxatga olingan (2004). 55 kichik, 32 oʻrta, 109 yirik korxona, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. X.t.da "LangarUzRos" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi (2003). Xatirchi paxta tozalash zavodi, non kti, qurilish tashkilotlari, MTP va b. bor. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 300 ga yaqin dehqon, 907 fermer, 17 shirkat xoʻjaliklari mavjud (2003). Ekin maydonlariga paxta, don, ozuqa, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Shu jumladan, 12,3 ming ga yerda paxta, 10,3 ming ga yerda gʻalla yetishtiriladi (2004). Bogʻdorchilik (bodom, yongʻoq, anor, oʻrik, anjir va b.), tokchilik rivojlangan. 19,9 ming ga yer oʻrmonzor (2004). Tutzorlar ham bor. Ipakchilik bilan shugʻullaniladi.
Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va b. tibbiy muassasalarda 244 vrach xizmat qiladi. Oltinsoy sanatoriysi mavjud. Tuman markazi bilan Navoiy sh. oʻrtasida avtobus qatnaydi. "Xatirchi hayoti" tuman gaz. (avvalgi "Yangi Hayot") 1998 y.dan nashr qilinadi (adadi 7300 ga yaqin).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
==Joylashuvi==
 
==Tuman tarixi==
Tuman [[1926-yil]] [[29-sentabr]]da Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]] tarkibidagi viloyat (''1920-21 y.''), 1922-24-yillarda esa [[Karmana]] viloyatida [[uezd]], 1925-26-yillarda Karmana uezdining [[volost]]i boʻlib kelgan.
 
1927-30-yillarda [[Zarafshon okrugi]]da rayon, 1938-yilgacha esa respublikaga boʻysunuvchi rayon, [[1938-yil]]da yangidan viloyatlar(''[[oblast]]'') tuzilgach, [[1982-yil]] [[20-aprel]]gacha Samarqand viloyatining, soʻngra [[1989-yil]] sentabr oyiga qadar yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibida boʻldi. 1989-yilda Navoiy viloyati tarqatib yuborilgach, yana Samarqand viloyatiga qoʻshildi. [[1992-yil]]dan boshlab, qayta tashkil qilingan yangi Navoiy viloyatining tumani hisoblanadi.
 
[[Turkum:Navoiy viloyati tumanlari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tumanlari]]
 
Xatirchidan atoqli xalq [[baxshi]]si [[Muhammadqul Poʻlkan|Poʻlkan]] shoirning nabirasi, hassos shoir [[Amirqul Poʻlkan]]<ref>[http://pulkan.com/blog/?p=68#more-68 Pulkan.com]</ref> va taniqli [[qomuschi olim]], [[adabiyotshunos]] [[Gʻaybulla Salomov]]lar yetishib chiqqan.
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Navoiy viloyati tumanlari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tumanlari]]
1 365

ta tahrir