Xorvatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Xorvatiya''' (Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi (Republika Hrvatska) — Bolqon ya.o.ning shim.gʻarbiy kismida joylashgan davlat. Mayd. 56,6 ming km2km². Aholisi 4,267 mln. kishi (2012). Poytaxti — Zagreb sh. Maʼmuriy jihatdan 20 jupaniy (okrug)ga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
X. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990 y. dek.da qabul qilingan. 1997, 2000, 2001 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y. dan Stipe Mesich), u umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish nuli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Sabor (vakillar palatasi va jupaniylar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
X. hududining sharqiy kismi (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni Sava va Drava dare vodiylari kesib oʻtadi. Mamlakat markazi va gʻarbida karst relyefli Dinara togʻligi (eng bal. joyi 1831 m) bor. Bu togʻlik shim.
 
sharqda pasaya borib, Oʻrta Dunay pasttekisligiga tutashadi. Jan. va jan.sharqi — Adriatika dengizining ensiz togʻli sohili (Dalmatsiya) koʻpgina qoʻltiqlar bilan parchalangan. Qirgʻoq yaqinida Dalmatsiya orollari joylashgan. X. sharqida iqlim moʻʼtadil, kontinental. Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom etadi, dengiz sohilida subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600—700 600–700&nbsp;mm, sohilda 1000 &nbsp;mm gacha. Tekisliklar keng bargli oʻrmonlar, togʻlar buk, eman daraxtzorlari, aralash oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻlardagi karst platosi taqir boʻshliqdan iborat, sohilda Oʻrta dengiz atrofiga xos butazorlar (makvis) bor. Hayvonot dunyosi unchalik boy emas: togʻlarda burgut, togʻ echkisi, tekisliklarda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar uchraydi.
 
Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek, serb, sloven, venger va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — xorvat tili. Yirik shaharlari: Zagreb, Split, Riyeka.
 
 
== Tarixi ==
Qator 21 ⟶ 18:
 
1963 y.dan 1991 y.gacha Yugoslaviya tarkibida X. Sotsialistik Respublikasi deb ataddi. 1991 y. iyunda X. mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat X. Respublikasi deb atala boshladi. X. — 1992 y. 22 maydan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 28 dek.da tan olgan va 1995 y. 6 fevraldan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatchilik kuni (1990).
 
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Liberal partiya, 1998 y. tuzilgan; Sotsialdemokratik partiya, 1990 y. tashkil etilgan; X. demokratik partiyasi, 1989 y. asos solingan; X. dehqonlar partiyasi, 1990 y. tuzilgan; X. HUQUQ partiyasi, 1861 y. millatchi partiya sifatida tashkil etilgan, 1990 y.dan hozirgi nomda qayta tiklangan; X. mustaqil demokratlari, 1994 y. asos solingan; X. demokratik Hamdoʻstligi, 1990 y. tuzilgan. X. mustaqil kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 y. asos solingan; X. muxtor kasaba uyushmalari birlashmasi, 1990 y. tashkil etilgan; X. kasaba uyushmalari birlashmasi. 1990 y. tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 39 ⟶ 34:
 
Yirik kutubxonalari: Zagrebda Milliy va universitet (17-a. boshlarvda tashkil etilgan) kutubxonalari, Davlat arxivi kutubxonasi bilan (4643), Riyekada ilmiy kutubxona (1627), Zadar, Dubrovnikda kutubxonalar, Splitda shahar kutubxonasi bor. Muzeylarning kupi Zagrebda joylashgan. Yiriklari: Shahar galereyasi (1961), Arxeologiya (1846), Etn. (1919), Geol.paleontologiya (1846), Maktabped. (1901), X. tarixi (1846), Zool. (1846).
 
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz. va jur.lari: "Vesnik" ("Xabar", ijtimoiysiyosiy gaz., 1940 y.dan); "Glas Slavoniye" ("Slavoniya ovozi", mustaqil gaz.); "Novi vesnik" ("Yangi xabarlar", gaz., 1940 y.dan); "Slobodna Dalmatsiya" ("Ozod Dalmatsiya", gaz., 1943 y.dan); "Sportske novosti" ("Sport yangiliklari", kundalik gaz.); "Arena" (bezakli haftanoma, 1957 y.dan); "Globus" (siyosiy haftanoma, 1990 y.dan). X. axborot agentligi (XINA), 1990 y. asos solingan. X. radiosi 1926 y.dan, televideniyesi 1956 y.dan ishlaydi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 49 ⟶ 42:
 
largacha I. Chesmitskiy, Yu. Shijgorich, Ya. Bunich kabilar lotin tilida ijod qilgan boʻlsa, ulardan keyingi avlod yozuvchilari M. Marulich, Sh. Menchetich, J. Drjich, G. Lutsich, M. Drjich, I. Gektorovichlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—18a.larda I. Gundulich, J. Palmotich, Yu. Krijanich, N. va P. Zrinskiy kabi adiblar yetishib chiqdi. 18-a. oxiri — 19-a. oʻrtalarida X. milliy uygʻonish davrida maʼrifatparvarlik adabiyoti (M. Relkovich, T. Brezovachki) maydonga chikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi "xorvat moderni" badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol oʻynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub boʻlgan M. Dejman, V. Vidrich, D. Shimunovich, M. Maryanovich, A.G. Matosh shu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 2-jahon urushlari oraligʻida shoir, yozuvchi va dramaturg M. Krleja adabiy muhitda yetakchilik qildi. 1941—45 y.lardagi xalq ozodlik urushi yillarida V. Nazor, I.G. Kovachich, G. Vitez, Yu. Kashtelan, V. Popovich, J. Yelichichlarning joʻshqin sheʼrlari xalqni ruxlantirib turdi. 2-jahon urushidan keyin ham ozodlik kurashi adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. 60— 80-y.larda O. Sholts, N. Milichevich, 3. Golob, S. Mixalich, M. Slavichek, T. Sablyak, N. Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida P. Budak, I. Raos, F. Xajich, D. Roksandich asarlari shuhrat qozondi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
X. hududida istehkomli manzilgohlarning qoldiqlari, Adriatika sohilida koʻpgina antik, asosan, Rim shaharlarining xarobalari, qad. meʼmorlik yodgorliklari (mil. av. 1-a.ga mansub Puladagi Avgust ibodatxonasi, mil. av. taxm. 300 y.ga oid Splitdagi Diokletian saroyi) saqlanib qolgan. 9-a. boshi — 12-a. oxirlarida barpo etilgan turli shakldagi tosh cherkovlar, knyaz saroylari (Split yaqinidagi Biyachi degan joyda)da Vizantiya va Markaziy Yevropa meʼmorligi uslubidan foydalanilgan. 12-a. oxirida roman uslubi (Zadardagi 1175 y.ga oid avliyo Krshevan cherkovi), 13-a.da gotika (Zagrebdagi diniy inshootlar) yoyidsi. 15—16-a.larda shaharlar kengaydi, tosh istehkomlar barpo etildi. Shu davrda Uygʻonish davriga xos meʼmorlik rivoj topdi (1431—1505 y.larga mansub Shibenikdagi sobor, 15-a.ning 2-yarmiga oid Dubrovnikdagi knyaz saroyi va b.). 17— 18-a.larda barokko uslubi urf boʻldi (Zagrebdagi OrshichRauxov, Varajdindagi Patatichi saroylari). 19-a.da klassitsizm uslubidagi inshootlar (Zagrebdagi meʼmor B. Felbinger saroylari), yangi uygʻonish va yangi barokko uslubidagi jamoat binolari (Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi, Zagreb, Split, Dubrovnikdagi teatrlar) kurildi. 20-a. boshlarida avval yangi klassitsizm, soʻng funksionalizm ruhidagi inshootlar (Zagrebdagi birja va b. binolar) qad koʻtardi. Asr oxirlarida sanoat korxonalari, turar joylar zamonaviy materiallardan kurila boshladi (Zagrebdagi "Rujer Boshkovich" ilmiy markazi, meʼmori K. Ostrogovich; aeroport, meʼmori I. Uxlik, Splitdagi "Maryan" mexmonxonasi, meʼmori L. Perkovich). X. xududida neolit davriga oid sopol buyumlar, keyingi davrlarga mansub metalldan yasalgan badiiy buyumlar, antik haykaltaroshlik yodgorliklari (haykalchalar, relyeflar), qadama naqsh asarlari topilgan. 13-a.da haykaltaroshlikda roman uslubi (usta Andrey Buvina relyeflari) yoyildi, dastlabki devoriy rasmlar paydo boʻldi. 16-a.da cherkov ibodatxonalari rangtasviri, 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida barokko uslubidagi haykaltaroshlik va rangtasvir rayem boʻldi (F. Benkovich, B. Bobich asarlari, I. Ranger freskalari). 15—18-a.larda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, metallsoelik va sh.k. hunarmandchiliklar rivojlandi. 19-a. boshlarida tasviriy sanʼatda dunyoviy janrlar (portret va tarixiy kompozitsiyalar) tarqaldi. F. Kikerez, V. Bukovats, S. Medovich asarlarida romantizm belgilari koʻzga tashlanadi. Ranggasvirchilardan M. Kralevich, Y. Rachich, grafikachi T. Krizman ijodida 20-a. xorvat rassomligi asoslari yaratildi. I. Meshtrovich, A. Avgustinchich va b. haykaltaroshlik sanʼatini rivojlantirdilar. V. Betsich, L. Babich, Y. Mishe kabi rassomlar mamlakat tabiat manzaralari va xalq turmushini tasvirladilar. 20-a.ning 2-yarmida rangtasvirchilardan E. Murtich, I. Voyvodich, M. Stanchich abstrakt sanʼat va syurrealizm ruxida ijod qildilar.
 
 
== Musiqasi ==
X. musiqa madaniyatida xalq sanʼati katga oʻrin tutadi. Xorvatlarnint qad. marosim, epik, raqs, lirik va b. xalq qoʻshiklari hozirgacha davom etib kelayotir. Professional musiqa 16-a.da yuzaga kelgan. N. Styepan (Spadina), skripkachi va kompozitor I.M. Yarnovich va b. 18-a.ning tanikli musiqa arboblaridir. 1827 y. Zagrebla Musiqa jamiyati va uning musiqa maktabi (1916 y.dan konservatoriya) va orkestri, shuningdek, Illirii xalk, xor jamiyati (1839) tashkil etildi. X. musika madaniyatini rivojlantirishda musiqashunos F. Kuxach, dirijyor va kompozitor I. Zays, dirijyor N. Faller, kompozitorlardan B. Bersa va Y. Xatze faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. 1918 y. yagona davlat tuzilgach, xorvat milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 20-a. oxirlarida Zagrebda "Qardoshlik va birlik", Splitda "Birlik" xor jamiyatlari, Zagrebda "Lado" xalq ashula va rake ansambli va b. musika jamoalari ishladi. Taniqpi kompozitorlari: I. Brkanovich, M. Kelemen, B. Papandopulo, S. Xorvat, R. Radika, D. Detoni.
 
 
== Teatri ==
Qator 67 ⟶ 57:
'''Xorvatiya''' (Xorvatiya Respublikasi) poytaxti — [[Zagreb]] shahri. [[BMT]] aʼzosi. [[Xorvat tili]].
 
{{stub}}
{{Yevropa}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]
Qator 74 ⟶ 65:
 
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}