Urganch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up using AWB
Qator 64:
}}
'''Urganch''' — [[Oʻzbekiston]]dagi shahar, [[Xorazm viloyati]] maʼmuriy markazi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Urganch''' (1929 y.gacha Yangi Urganch) — Xorazm viloyatiiati shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, U.ni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).
 
Shaharga 1646 y.da Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oka boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aqoli oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga "Toza Urganch", yaʼni "Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qad. Gurganj sh.ning nomi Koʻhna Urganch boʻlib kolli. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 &nbsp;km.
 
Yangi Urganch (hoz. Urganch) sh. Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlarb-n rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ugli Anushaxon (Anushoh) davrida (1664— 89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.
 
Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18a.larda bal. 4—54–5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxm. 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 y. avgust oyida Turkiston viloyati gaz.da Yangi Urganch haqida: "Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan", deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi U.da 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 y.da shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash z-di, 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida "Xayriya jamiyati", RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotinqizlar maktablari ochildi. 1931 y.da viloyat teatri Xiva sh.dan U.ga koʻchib oʻtdi. 1935 y.da shaharda oʻqituvchilar inti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952 y.da ChorjoʻyUrganch—Qoʻngʻirot t.y. qurib bitkazildi. 1959 y.dan U. Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 y.da Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.
 
Shahar nomining kelib chiqishi mil. av. 7—6-a.larga borib taqaladi. "Avesto" kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) sh. boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hoz. Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-a.gacha "Gurganj" nomi bilan yuritilgan. 712 y.da shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin "Jurjoniya" deb ataldi. 1221 y. moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi U. shaklida yuritila boshladi. 14-a. Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Wrgant shaklida tilga olinadi.
Qator 79 ⟶ 78:
Mustaqillik yillarida U.da qurilish ishlari avj oldi. U.ning shim.
 
gʻarbiy qismida "Navroʻz". "Taraqqiyot" "Universitet" shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 &nbsp;km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.
 
U.da paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari i.ch., "Urganchyogʻ" z-dlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal f-kalari, Uzbekistan—Turkiya "Nurtop" qoʻshma korxonasi va b. faoliyat koʻrsatdi.
Qator 98 ⟶ 97:
 
== Joʻgʻrogiyasi ==
Shahar [[Toshkent]]dan 1100 &nbsp;km gʻarbda, [[Amudaryo]] sohilidan 12 &nbsp;km gʻarbda ([[Cholish]] pristani), [[Shovot (kanal)|Shovot]] kanalida joylashgan. [[Urganch (aeroport)|«Urganch» aeroporti]], [[Turkmanobod]] — [[Beyneu]] yoʻlidagi temiryoʻl stansiyasi mavjud.
 
== Aholisi ==
Qator 121 ⟶ 120:
|135,1<ref name="wg">[http://bevoelkerungsstatistik.de/wg.php?x=1196882116&men=gcis&lng=de&dat=32&geo=-225&srt=pnan&col=aohdq&va=x&pt=a World Gazetteer: Usbekistan — die wichtigsten Städte]</ref>
|}
Aholining 90% i &#150ndash; [[oʻzbeklar]], 5% i &#150ndash; [[ruslar]], 3% i &#150ndash; [[qozoqlar]], [[turkmanlar]], [[koreyslar]], 2% i &#150ndash; [[olmonlar]] va yevreylar.
 
== Iqtisodi ==
Qator 141 ⟶ 140:
* [http://artislam.org.ua/nauchnaya-zhizn/urgench.htm Urganch (Gurganch, Gurganj, Jurjaniya, Koʻhna Urganch) – Xorazm poytaxti.]
{{OʻzME}}
 
{{uzbek-geo-stub}}
{{Oʻzbekiston shaharlari}}
{{Xorazm viloyati}}
Qator 150 ⟶ 149:
[[Turkum:Xorazm]]
[[Turkum:Xiva xonligi]]
 
 
{{uzbek-geo-stub}}