Janubiy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (3) using AWB
Qator 2:
|nomi = Janubiy Amerika
|tasvir = [[File:South America (orthographic projection).svg|200px]]
|maydoni = 17,840,000 km2km²
|aholisi = 387,489,196 (2011)
|zichligi = 21.4/km<sup>2</sup>
Qator 16:
}}
'''Shimoliy Amerika''' — Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan [[qitʼa]].
'''Janubiy amerika''' - Gʻarbiy yarim sharqning jan. qismidagi materik, Amerika qitʼasining jan. yarmi. Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean oʻrab turadi. 12°25’ sh. k. (Galinas burni) bilan 53°54’ j. k. (Frouerd burni) va 8G20’ gʻ. u. (Parinyas burni) bilan 34°46’ gʻ. u. (Kabu-Branku burni) oraligida. Shim.da Panama boʻyni orqali Shim. Amerika bilan tutash, jan. da Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 &nbsp;km, eng keng joyi 5100 &nbsp;km. J. A. tarkibiga Shamolsiz o.lar, Trinidad o., Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos o.lari kiradi. Mayd. (orollar bilan birga) 18,28 mln. km2km².
 
Tabiati. J. A.ning qirgʻoqlari kam parchalangan. Shim.da Venesuela qoʻltigʻi, gʻarbida Guayakil, jan.-gʻarbida fordlar, jan.-sharqida La-Plata, San-Xorxe va b. qoʻltiqlari bor.
 
Relyefi va geologik tuzili sh i . J. A.ning sharqida oʻrtacha balandlikdagi yassitogʻliklar, baland tekisliklar, payet tekisliklar, gʻarbida materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab turgan And togʻlari (oʻrtacha bal. 5000—60005000–6000 m, eng baland joyi — 6960 m, Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari sharqida Jan. Amerika platformasining Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m) va Braziliya yassitogʻligi (Bandeyra togʻi, 2200 m) bor. And togʻlari va yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan Orinoko, Amazonka, La-Plata payettekisliklari va Ichki tekisliklar (Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va b.) joylashgan. Materikning chekka jan.-sharqida mezokaynozoy choʻkindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar bilan qoplangan qad. Patagoniya platformasi bor.
 
J. A. materigi 2 asosiy strukturali boʻlak — markaziy qismidagi Jan. Amerika platformasi va materikni shim., gʻarb va jan.dan oʻrab turgan And burmali togʻ mintaqasidan iborat.
Qator 26:
Jan. Amerika platformasi arxey, proterozoy eralarida va qisman kembriy davrida birlashgan turli yoshdagi bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng yirik koʻtarilmalari — Gviana, Gʻarbiy Braziliya va Sharqiy Braziliya qalqonlaridir. Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlari arxey va quyi proterozoyning chuqur metamorfiklashib oʻzgargan (deformatsiyalashgan) qatlamlaridan, shuningdek, oʻrta va yuqori proterozoy granitlaridan tashkil topgan. Sharqiy Braziliya qalqoni kembriygacha davrda xreil boʻlgan alohida bloklardan iborat boʻlib, yuqori proterozoyning geosinklinal burmali sistemasi bilan oʻrab olingan. Keng Amazonka botigʻi proterozoy oxiri — paleozoy boshlarida vujudga kelib, Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlarini ajratib turuvchi katta siniq zona boʻylab joylashgan. Meridian boʻylab choʻzilgan boshqa botiq Sharqiy Braziliya qalqonini Gʻarbiy Braziliya qalqonidan ajratib turadi;uning oʻrta qismi — San-Fransisku botigʻi, asosan, proterozoy oxirida shakllangan. Shim. va jan. botiqlar — Maranyan (Paranaiba) va Parana sineklizalari oʻrta va yuqori paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan. Jan. Amerika platformasining jan. qismida quyi paleozoy fundamentini oʻz ichiga olgan Patagoniya platformasi ancha yosh. Unda ikkita koʻtarilma — Shim. Patagoniya va Jan. Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-SanMatias va Chubut-San-Xorxe mavjud.
 
J. A.ning gʻarbidagi 9000 &nbsp;km ga choʻzilgan And togʻlari oʻzining geologik tarixi va tuzilishi bilan farq qiluvchi bir necha sistemadan iborat. Ular alp burmalanishi (mezo-kaynozoy) davrida shakllangan, shu bilan birga, togʻ asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga kelgan sharqiy togʻ tizmalarini ham oʻz ichiga oladi. Gʻarbiy tizmalar mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin vulqon jinslaridan hosil boʻlgan. Bu joylarda tez-tez halokatli zilzilalar boʻlib turadi [maye, Chili (1960) va Peru (1970) zilzilalari]. And togʻlarining koʻpgina choʻqqilari harakatdagi va soʻngan vul qonlardir (Misti, Chimboraso, Kotopaxi, Sakama va b.). Koʻpgina tizmalarda doimiy qor va muzliklar (mayd. 25 ming km2km² chamasida) uchraydi. And togʻlarining markaziy qismidagi tizmalari orasida, 3500—46003500–4600 m balandlikda choʻl iqlimli plato — punalar bor.
 
Foydali qazilmalari. Gviana va Braziliya yassitogʻlarida temir, marganets, boksit, nodir metallarning yirik konlari, And togʻlarining etaklari va togʻ oraliklaridagi botiklarda neft, yuqorirogʻida mis, polimetallar, qoʻrgʻoshin, molibden, volfram, platina konlari bor. Selitra, yod va bromning yirik konlari topilgan.
Qator 32:
Iqlimi . J. A.ni ekvator kesib oʻtgan, uning katta qismi ekvatorga yaqin. Materikda 6 iqlim mintaqasi (ekvatorial, shim. subekvatorial, jan. subekvatorial, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalar) mavjud. Amazoniya va Kolumbiyaning gʻarbida doim sernam va issiq, Ekvatorial And togʻlarining Ekvador va Kolumbiya jan. dagi qismida togʻekvatorial iqlim. Materikning chekka shim. va markazi, Ichki tekisliklar shim. va Ekvador gʻarbi yoz sernam, qish quruq boʻladigan subekvatorial issiq mintaqada. Tropik issiq mintaqadagi Braziliya yassitogʻligining sharqida yil boʻyi sernam. Gran-Chakoda oʻrtacha kontinental, Markaziy And togʻlari va 5°—28° j. k.
 
Riode-Janeyro shahridagi Pandi Asukar togʻi orasidagi sohilda choʻl iqlimi. Subtropik mintaqaning sharqi (Urugvay, Ikki daryo oraligʻi va Pampaning sharqi)da iqlim doim sernam, yoz issiq, qish iliq, markazi (Pampaning gʻarbi, Kordilyera togʻlari etagi)da kontinental, yozda tez-tez jala yogʻib turadi, gʻarbi (Chilining oʻrta qismi)da Oʻrta dengizga xos, yoz quruq, qish seryogʻin. Moʻʼtadil mintaqaning gʻarbi (Patagoniya, And togʻlari)da yil boʻyi sernam, salqin; sharqi (Patagoniya)da moʻʼtadil kontinental iqlim. Eng koʻp yogʻin And togʻlarining Kolumbiya gʻarbi va Chili jan.dagi shamolga roʻpara yon bagʻirlariga yogʻadi (yiliga 5000 &nbsp;mm gacha). Amazoniya gʻarbi, Gviana va Braziliya yassitogʻlarining sharqiy yon bagʻri va Parana platosida yiliga 2000—2000– 3000 &nbsp;mm, materik sharqining 35° j. k.gacha boʻlgan qismida 1000—2000 1000–2000&nbsp;mm, Patagoniya va Kordilyera etaklarida 150—250 150–250&nbsp;mm yogʻin yogʻadi. Tinch okean sohilining 22—27° j. k.lar orasida Atakama choʻli bor. Subtropik va oʻrta kengliklar hamda togʻ tropik iqlimli oʻlkalarda harorat mavsumga qarab oʻzgarib turadi. Materikning jan. tropikkacha boʻlgan hamma shim. tekislik qismida oʻrtacha oylik t-ra 20—28°. Eng yuqori t-ra Gran-Chakoda kuzatilgan (47°). Qishda (iyul) oʻrtacha oylik t-ra Braziliya yassitogʻligida 12—16°, Pam-pada 6—10°, Patagoniya platolarida 0° (eng past t-ra —35°).
 
Ichki suvlari. Yirik daryolari — Amazonka (havzasining kattaligi va sersuvligi bilan Yer yuzida 1-oʻrinda), Parana, Orinoko, Urugvay, Magdalena, San-Fransisko va b. Atlantika okeani havzasiga mansub. And togʻlari ikki okean oʻrtasidagi asosiy suvayirgichdir. Daryolar, asosan, yomgʻirdan, togʻlardan boshlanadiganlari esa qor va muzliklardan suv oladi. And togʻlarining yil boʻyi sernam joylaridan oqib tushuvchi daryolar katta gidroenergiya resurelariga ega. And togʻlaridagi daryolar serostona, sharshara (dunyodagi eng baland — Anxel sharsharasi, 1054 m) koʻp. Ichki oʻlkalarda daryolarning transport ahamiyati katta. Yirik koʻllari Patagoniya, And togʻlari va Chilining oʻrta qismidadir. Markaziy And togʻlarida dunyoda eng baland yirik tektonik koʻl — Titikaka joylashgan. Materikning shim. va jan.-sharqida lagunakoʻllar (Lagoa-Mirin, Patus, Marakaybo) bor.
Qator 62:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}