Brahmaputra: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 18 × [[]]; + Turkum:Daryolar, - {{no iwiki}}
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3/ → m³/ (3) using AWB
Qator 1:
'''Brahmaputra''', Bramaputra - [[Janubiy osiyo|Jan. Osiyo]]da, [[Xitoy]] ([[Tibet]]dagi nomi Sangpo), [[Hindiston]] va [[Bangladesh]]dagi [[daryo]]. Uz. 2900  km, havzasining mayd. 935 ming km². Tibet togʻligining jan.sharqida, 4800 m ga yaqin balandlikda [[Ladakh]] tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Jan. Tibetdagi kenglik boʻylab choʻzilgan chuqur tektonik choʻkmadan oqib oʻtadi. Soʻngra jan.ga keskin burilib, [[Himolay]] va [[Hindixitoy]] togʻlari orasidagi ulkan eroziya darasidan oʻtgach, HindGang tekisligiga chiqadi. [[Bengaliya qoʻltigʻi]]ga quyilish oldida [[Gang]] daryosi bilan qoʻshilib, katta (mayd. 80 ming km²) delta hosil kidali. Asosan qor va yomgʻirdan suv oladi. Yezda musson yomgʻirlari va Himolay togʻlaridagi erigan qor suvlari hisobiga toʻlib oqib, quyi oqimida suv sathi 10—1210–12 m koʻtariladi. Qishda suvi ancha kamayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12 ming m3/sek. Yozda 15 ming m3/sek., qishda 4 ming m3/sek. [[Gidroenergetika]] resursi nihoyatda katta (60 mln. kVt). B.ning quyilish yeridan [[Dibrugarh]] sh.gacha (1290  km) kema qatnaydi. Sugʻorishda keng foydalaniladi. B. sohilida [[Shigadze]] (Xitoy), [[Gauhati|Gauxati]] (Xindiston) va b. shaharlar joylashgan. BRAHMI — qad. boʻgʻinli hind yozuvlaridai biri. Mil.
 
av. 3-a.da yuzaga kelgan. Hindiston va Hindixitoy ([[Myanma]] (Birma), [[Shri Lanka]] va b.) dagi hozirgi koʻpgina yozuvlarga asos boʻlgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar boʻlib, shoh [[Ashoka|Ashok]] (mil. av. 272—232) davriga mansub. Bularning koʻpchiligi qoyalarga va ibodatxonalarning ustunlariga oʻyib bitilgan. B.ning kelib chiqishi aniqlanmagan; yozuvning yuzaga kelishiga finikiya yozuvi (nemis olimlari A. Veber, T. Byuler va b. fikricha), shuningdek oromiy hamda jan. arab yozuvlari taʼsir etgan, degan taxminlar mavjud. Bundan tashkari, B. bilan hozircha oʻqishga muvaffaq boʻlinmagan koʻhna hind yozuvini ([[Mohenjo-daro|MoxenjoDaro]], mil. av. 3—2-ming y.) bogʻlashga harakat qilinadi (hind olimlari — Ye. Shamashatri, S. K. Chatterji va b.). B. alifbosi 31 boʻgʻin belgi (undosh va "a" unli)dan iborat. Bulardan tashqari, 4 ta unlilarni bildiruvchi belgi va yana alohida belgi (anus vara) qabul qilingan, keyingisi artikulyatsiya oʻrniga koʻra turkiy tildagi "ng" kabidir.
Qator 5:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Daryolar]]
 
 
{{stub}}