Aholi — versiyalar orasidagi farq

k
clean up, replaced: km2 → km² (3) using AWB
(Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi)
k (clean up, replaced: km2 → km² (3) using AWB)
 
== Aholisi koʻp davlatlar ==
Aholiga xos eng muhim koʻrsatkichlardan biri, uning joylanishi hisoblanadi. aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon — Aholi zichligidir. Yer kurrasi Aholisining oʻrtacha zichligi [[1996-yil]]da 1 &nbsp;km<sup>2</sup> ga 39 kishi boʻldi. Aholisoni boʻyicha eng yirik davlatlar: Xitoy 1179,5 mln. kishi, Hindiston 896,6 mln. kishi, AQSh 258,2 mln. kishi, Indoneziya 188,2 mln. kishi, [[Braziliya]] 156,5 mln. kishi, [[Rossiya]] 148 mln. kishi (1993). 90-yillarning boshida dunyo aholisi yiliga taxminan. 90 mln. kishiga koʻpaygan. Aholining geografik taqsimlanishi notekis: quruqlikning 7 % da 70 % aholi yashaydi. Doimiy aholi mavjud boʻlgan joylardagi (130 mln. km2km²) aholi zichligi salkam 45 kishini tashkil etdi. Lekin Yer kurrasida Aholi nihoyatda notekis joylashgan. Jumladan, Bangladeshda Aholi benihoya zich (1 km2&nbsp;km² ga 800 kishidan ortiq), Mongoliyada esa oʻta siyrak (1 km2&nbsp;km² ga 1,4 kishi) joylashgan. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy-geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon Aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi (q. [[Shahar aholisi]], [[Qishloq aholisi]]). Shahar Aholisining salmogʻi uzluksiz tarzda koʻpaymokdAholi Bunda mexanik harakatning roli juda katta (maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlar va aholi migratsiyasi). Shahar aholisining ulushi Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Amerikada 70 % dan ziyod, Osiyo va Afrikada esa 30 %. Shahar Aholisining ulushi eng yuqori (80 % dan ortiq) boʻlgan mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya kabi mamlakatlar kiradi.
 
== Millatlar ==
Dunyoda qariyib 3 ming xalq mavjud. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida ularning bir qismi millatga aylandi, boshqalari elat, uchinchilari esa — qabila guruhidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida 120 dan ortiq millat vakillari yashaydi. [[Oʻzbeklar]] mutlaq soniga koʻra dunyo xalqlari ichida 42 - oʻrinni egallaydi (30 mln. kishi, 2010). Dunyodagi mamlakatlarning aksariyati koʻp millatli hisoblanadi. Aholisi koʻp millatli mamlakatlarga Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Pokiston, Rossiya, Eron, Malayziya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va b. kiradi. Aholisi asosan bir millat vakillaridan tashkil toptan mamlakatlar — Turkiya (82 %), Germaniya (90 % dan ziyod), Yaponiya, KXDR va Koreya Respublikami (99 %, 1993), Bangladesh (98 %dan ortiq), Saudiya Arabistoni, Yaman, Gresiya (95 % dan ziyod) va b. kiradi. Dunyodagi bir qancha xalqlar (kurdlar, balujlar va b.) oʻz milliy davlatchiligiga eta emas. Binobarin kurdlarning umumiy soni 16 mln.dan ziyod boʻlib, ular asosan boʻlingan holda Turkiya, Iroq va Eronda yashaydi. Balujlar Eron va Pokistonda mavjud. Ozarbayjonlar oʻzining milliy davlatiga eta boʻlsa ham koʻpchiligi Eronda istiqomat qiladi. Xuddi shunday holat yahudiylar, [[Armanlar|armanlar]] va tojiklarga ham xos. Din koʻpchilik mamlakatlarning ijtimoiy va siyosiy hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan va koʻrsatmoqda, shuning uchun eʼtiqod qiluvchilar soni va geografik tarqalish sonini aniqlash katta ahamiyatga etAholi
 
== Adabiyotlar va manbalar roʻyxati ==
* [http://referat.arxiv.uz Maʼlumotlar ombori]
 
{{OʻzME}}
[[Turkum:Aholi]]
 
[[Turkum:Aholi]]
 
[[af:Bevolking]]
[[zh-min-nan:Jîn-kháu]]
[[zh-yue:人口]]
 
{{OʻzME}}
1 365

ta tahrir