Marv: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
'''Marv''' (Avestoda — Mouru) — Oʻrta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri. Bayramali sh. (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. M.ning qoldiqlari 5 qalʼa (Erk qalʼa, Gabr qalʼa, Sulton qalʼa, Abdullaxon qalʼa, Bayramalixon qalʼa) harobalaridan iborat. M. harobasida 19-a.ning 80-y.laridan V. A. Jukovskiy, 1946 y.dan M. Ye. Masson rahbarligidagi Jan. Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va SanktPeterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. M.ning eng qad. qismi — Erk qalʼa (mayd. 12.ga) mil. av. 1ming yillikning 1-choragidan mavjud boʻlgan. M.ning ravnaqtopgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av 2— mil. 3-a.ga toʻgʻri keladi. Bu davrda M. Gabr qalʼa va Erk qalʼa hududlaridan iborat boʻlib, Erk qalʼa M.ning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km2 km²) mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Mil. 3-a.dan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, 7-a.da esa arablar tomonidan bosib olingan. 8-a. oʻrtasida M. — Abu Muslim harakati markazi. 9-a.
 
da M.da ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnaxr noibligining poytaxti rolini oʻynadi. Maʼmun ibn Horun arrashid davrida M.da Bagʻdod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. Oʻrta asrdagi M.ning ravnaq topgan davri 11—12-a.ning 1-yarmiga toʻgri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti boʻlgan (Sulton qalʼa harobasida Sulton Sanjar makbarasi joylashgan). 12-a. oxiri — 13-a. boshida M. Xorazmshohlar davlatining yirik markazi boʻlgan. 1222 y. shahar moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 13-a. oʻrtasi — 14-a.da shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod kismi). 15-a. boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. M.dan oʻrta asrlarda koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. 1510—24 va 1601 — 1747 y.larda M. forslar qoʻlida boʻlgan. Mare urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz M.dan 30 &nbsp;km gʻarbga Mari sh.ga koʻchgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}