Nukus tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 1:
'''Nukus tumani''' — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1968 y. 25 dek.da tashkil etilgan. Gʻarbda Xoʻjay-li, shim.-gʻarbda Amudaryo orqali Qanlikoʻl tumani, sharkda Qoraoʻzak, shim.-sharqda Kegeyli, shimolda Boʻzatov tu-manlari, jan.-sharkda Amudaryo tumani bilan chegaradosh. Mayd. 1,0 ming km2km². Axolisi 43,5 ming kishi (2001). Tumanda 1 sha-harcha (Oqmangʻit), 6 ovul fuqarolari yigʻini (Arbashi, Baqanshaqli, Kerder, Samanbay, Taqirkoʻl, Qirontov) bor. Markazi — Oqmangʻit shaharchasi.
 
Tabiati. Tuman hududi Qoraqalpogʻistonning markazida, quyi Amudaryoning sharqiy sohilidagi pasttekislikda joylashgan. Relyefi, asosan, pastbaland tekisliklar, gʻarbiy qismi Amudaryo botigʻi, sharqiy qismi qum doʻnglari va qator qum tepalaridan iborat. Bal. 100 m. Shim. vajan.-gʻarbiy qismida yer usti Amudaryo oqizib keltirgan unumdor allyuvial va eol yotqi-ziklaridan tuzilgan. Asosan, botqoq, oʻtloqi-botqoq, oʻtloqi-taqir, Amudaryo boʻylarida esa sur-qoʻngʻir va oʻtloqi-choʻl tuproqlar tarqalgan. Bu yerlarda dehqonchilik va oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjud. Tumanning jan. qismi geologik jihatdan Sulton Uvays togʻining davomi hisoblanadi. Lekin, relyefida uning togʻli xususiyati yaxshi saqlan-magan. Baland tepaliklar Amudaryo boʻyidagi kichik allyuvial pasttekisliklar bilan almashinib boradi. Tepaliklarningen! baland joyi 149 m (Beshtoʻbe). Land-shaft jihatidan tumanning bu qismi Qorakal-pogʻiston Qizilquminingdavomidir. Tuman hududida sugʻorish kanallari, zovurlar (kollektorlar), turli xil katgalikdagi koʻtarmalar bor. Qurilish materiallaridan tosh, shagʻal, qum va gil kup. Tumandagi Nazarxon koʻli, Sapokkoʻl na b. bir necha kichik koʻllar xoʻjalik ahami-yatiga ega. Nazarxon, Choʻrtonboy, Saman-boy oʻrmon xoʻjaliklari mavjud (6,5 mhhi ga). Turangʻil daraxti yogʻochi mebel tayyorlashda ishlatiladi. Tuman qududida tabiiy kompleksni qayta tiklash va uning resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha ishlar qilinmoqda.
 
Yovvoyi oʻsimliklardan koʻproqoqsaksovul oʻsadi. Amudaryo qayirlarida turan-gʻil, terak, yulgʻun, jiyda, bugʻdoyiq, ajriq, qorabaroq, chiy, qamish, qoʻgʻa toʻqaylari bor. Qirlarda oq shuvoq. shoʻralar oʻsadi. Qamishzor va toʻqaylarla qobon, chiyaboʻri, quyon, ondatra, boʻrsik. qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, chagʻalay. kaptar, qoʻton, bir qozon, qorabuzov (baklan), moʻylovli chittak, inuya, dehqonchumchuq, oq qanotli qizilishton, popushak, zargʻaldoq, tentakqush va b. bor. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar, kalamush, sichqon va b. kemiruvchilar koʻp. Amudaryo va koʻllarda sazan, bakpa, laqqa, choʻrtan, oq amur va b. baliqlar serob. Iklimi keskin kontinenta. Qishda t-ra keskin pasayib ketadi. Yillik oʻrtacha t-ra 11°, yanvarda oʻrtacha t-ra —6,9°, iyunda 27°, eng past t-ra —32’. eng yuqori t-ra 46°. Vegetatsiya davri 226 kun. Yillik yogʻin 92  mm. Yogʻinning45’g bahorda, 27% qishda tushadi. Asosiy sup tarmogʻi — Amudaryo, Boʻzatov kanallari Tuman hududidan Qizketgan kanali ham oqib oʻtadi.
 
Aholisi, asosan, qoraqalpoklar (60,8%), shuningdek, qozoq (30%), oʻzbek (8,7%), rus, turkman, koreys, tatar va b. millat vakillari (0,5%) qam yashaydi. 1 km2 km² ga 43,5 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 8,3 ming kishi (19,1%), qishloq aqolisi 35,2 ming kishi (80%) (2001).
 
Xoʻjaligi. Sanoati aholiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish korxonalaridan iborat. Q.x. Nukus sh. aholisini q.x. mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Q.x. ning barcha tarmoqlari rivojlangan boʻlib, ularning asosiy yoʻnalishi mevachilik, tokchilik, poliz va sabzavotchilik, goʻsht va sut chorvachiligi, parrandachilik, sholikorlik, gʻallachilik va paxtachilikdan iborat. Tumanda bir qancha qoʻshma korxona (shu jumladan, Isroil-Oʻzbe-kiston issiqxonasi), boshqa sanoat korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari mav-jud. Q.x. ning yetakchi tarmoklari — gʻallachilik va paxtachilik. Kartoshka va beda ham ekiladi. Tutzor, pichanzor va yaylovlar bor (2003). Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 13,3 ming qoramol, 7,6 ming qoʻy va echki, 800 ot, shuningdek, parranda boqiladi.
 
Asfaltlangan avtomobil yoʻllarininguz. 100 &nbsp;km. Nukus—Xalqobod— Chim-boy — Taxtakoʻpir, Nukus — Oqmangʻit — Qozonketgan — Qozondaryo, Nukus — Xoʻjayli — Qoʻngʻirot — Moʻynoq yoʻnalishlarda muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Tuman hududidan t.y. oʻtgan. Umumiy taʼlim maktablari, litseylar, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona va b. tibbiy muassasalari mav-jud. N.t.da "Orol", "Alpomish", "Umid" dam olish maskanlari bor. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{Qoraqalpogʻiston}}
 
 
{{stub}}