Parkent tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
Qator 1:
'''Parkent tumani''' - Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 y. sent.da tashkil etilgan. Shim., sharq va jan.da Boʻstonliq, Ohangaron, gʻarbdan Yuqori Chirchiq va jan.-gʻarbdan Oʻrta Chirchiq tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,08 ming km2km². Aholisi 115 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Parkent), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boshqizilsoy, Boʻston, Zarkent, Nomdanak, Parkent, Soʻqoq, Hisarak, Changi, Koraqalpoq) bor. Tuman markazi — Parkent sh.
 
Tabiati. P.t. Oʻrta Tyanshanning Chatqol tizmasi gʻarbiy etaklarida joylashgan. Hududi togʻlar bilan uralgan. Yer yuzasi gʻarbdan sharqqa balandlashib boradi. Eng baland joyi —3627,8 m (Qizilnura choʻqqisi). Relyefi togʻ oldi tekisligi, adir va togʻlardan iborat. Iqlimi togʻ oldi va togʻ iqlimiga xos, nisbatan kontinental. Tekisliklarda tipik boʻz tuproq, adirlarda toʻq boʻz tuproq, togʻ zonasida esa togʻ-oʻrmon tuproqlari tarqalgan.
 
Togʻ yon bagʻirlarida gorlar mavjud. Soy va buloq koʻp. Havoning yillik oʻrtacha t-rasi 12°. Yillik yogʻin 536  mm. Vegetatsiya davri 180 kun. Chirchiq daryosining chap irmoklari: Parkentsoy, Boshqizilsoy va Oqsoqotasoy P.t.ning asosiy suv manbalari hisoblanadi. Ularning boshlanish joyida sharsharalar mavjud.
 
Tuman hududida 70 oilaga mansub 1000 dan ziyod oʻsimlik turi qayd etilgan. Shundan 200 ga yaqini dorivor oʻsimliklar. Adirlarda efemer va efemeroidlar hamda koʻp yillik oʻsimliklar tarqalgan. Ayniqsa, dukkakdoshlar, labgul-doshlar, murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimlik turi koʻp. Togʻ etaklarini oʻtloklar, yon bagʻirlarini archazorlar qoplagan. Baʼzi joylarda yongokzorlar, tog pistasi, naʼmatak, olcha, olma, zirk, doʻlana va b. oʻsimliklar uchraydi. Daryolarning yuqori oqimi vodiylarida terak, tol, kamxastak, jingil, olcha kabi daraxtlar usadi. 2400 m balandlikdan yuqorida joylashgan togʻ choʻlida Oʻzbekistonning "Qizil kitoboiga kiritilgan Grey va Kaufman lolalari, sovunildiz, piskom piyozi uchraydi. Yovvoyi xdyvonlardan 200 turga yaqin qush, 33 tur sut emizuvchi, 11 tur sudra-luvchi, 4 tur baliq yashaydi. Parrandalardan chumchuqsimonlar va yirtqich qushlar guruxlari mavjud. Ulardan quzgʻun, pakana burgut, qora kalxat Oʻzbekiston "Qizil kitob"iga kiritilgan. Sut emi-zuvchilardan boʻrsiq, choʻl mushugi, suvsar, oqsichqon, latcha, boʻri, qobon, al-qor, bugʻular uchraydi. Kemiruvchilardan jayra, sugʻur, yumronqoziq, oʻrmon olmaxoni, quyon va b. bor.
Qator 9:
P.t. hududida Oʻzbekiston Respublikasi FAga qa-rashli "Quyosh" majmuasi, Materialshunoslik instituti, Seysmologiya institutining magnitionosfera rasadxona-si, "Koinot" il-miy i. ch. birlashma-sining "Nevich" eksperimental ba-zasi, Soʻqoq gidromeliorativ styasi, togʻ-oʻrmon xoʻ-jaligi, Chatqol biosfera qoʻrikxonasi joylashgan. P.t. oʻzining dam olish maskanlari bilan mashhur. Bu yerda "Soʻqoq", "Kumushkon", "Sumcha", "Qi-zilsoy" kabi mavsumiy va doimiy dam olish uylari, 10 dan ziyod bolalar yozgi oromgoxlari va bir qancha korxonalar chorbogʻlari mavjud. Dam olish uylari yil davomida viloyatlar va xorijdan kelgan 10 mingdan ortiq kishiga xizmat koʻrsatadi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (79,3%), shuningdek, tojik (13,8%), qozoq (4,5%), qirgʻiz (2%) va b. millat vakillari (0,4%) ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga km²ga 106 kishi. Shaharliklar 45,5 ming kishi, qishloq aholisi 69,5 ming kishi (2003).
 
Xoʻjaligi. Q.x. tuman i. ch.ning yetakchi sohasi hisoblanadi; asosan, uzumchilikka ixtisoslashgan. P. t.da 11 shirkat xoʻjaligi, 530 dan ziyod dehqon-fermer xoʻjaliklari, qariyb 5600 yakka xoʻjalik bor. Tumandagi foydalaniladigan 61640 ga yerdan 15,4 ming ga yer haydaladi, 14,7 ming ga yer sugʻoriladi. 46972 ga lalmikor yer mavjud. 8934 ga yerga don, 1162 ga yerga sabzavot va poliz, 266 ga yerga kartoshka, 3026 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 30610 qoramol, 67882 qoʻy va echki, 2376 ot, parranda boqiladi (2003).
Qator 26:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}