Pomir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (6) using AWB
Qator 1:
'''Pomir''' — Oʻrta Osiyodagi yirik togʻli oʻlka. Asosan, Tojikiston (Togʻli Badaxshon muxtor viloyati) hududida, jan.dagi kichik qismi (Vahon tizmasining sharqiy qismi) Afgʻoniston hududida, sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan.
 
P.ning shim. chegarasi Orqa Olay tizmasining shim. etagidan, jan.dagisi Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqoʻrgʻon daryosining boshlanish qismidan oʻtadi. Sharqda Pomirga Sariqoʻl tizmasi (eng baland joyi 6351 m) va Qashqar togʻlari kiradi. Qashqar togʻlarining eng baland choʻqqilari — Qoʻngʻir (7579 m), Muztogʻota (7555 m), Oqsoyboshi (6148 m). Gʻarbda P.ning chegarasi Panj daryosi, shim.- gʻarbida P.ga Pyotr I va Darvoz tizmalari kiradi. P. kenglik boʻylab taxm. 300  km ga yaqin, meridian boʻylab 250  km ga choʻzilgan.
 
Relyefi. P. deyarli kenglik va meridian boʻylab choʻzilgan koʻplab tizmalardan tashkil topgan. U Tarim va Amudaryo xavzalarini bir-biridan ajratadi.
Qator 7:
P.ning shimoliy qismidagi Orqa Olay tizmasi kenglik boʻylab, gʻarbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qoʻshilish qismidan sharqqa, Otchaylo choʻqqisigacha choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining sharqiy qismida Qizilart dovoni (bal. 4280 m) joylashgan, undan Oʻsh—Xorugʻ avtomobil yoʻli oʻtadi.
 
Orqa Olay tizmasidan jan.da P. orografik jihatdan ikki qismga: Gʻarbiy P. va Sharqiy P.ga boʻlinadi. Gʻarbiy P. bir qancha kenglik va jan.-gʻarbga choʻzilgan juda baland, bir-biridan chuqur, asosan, dara shakliga ega boʻlgan daryolar bilan ajralgan, alp tipli relyefga ega boʻlgan tizmalardan iborat. Tizmalar yon bagʻirlarida (asosan, 4000—46004000–4600 m balandliklarda) tekislangan yuzaliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan, ular chuqur parchalangan. Gʻarbiy P.ning eng baland tizmalari-ga, uning shim.-gʻarbidagi Pyotr I (eng baland joyi 6785 m), Darvoz (6083 m), Vanj (5584) tizmalari kiradi. Pyotr 1 va Vanj tizmalari sharkda kenglik boʻylab choʻzilgan Fanlar Akademiyasi tizmasi bilan tutashadi. Pyotr I va Fanlar Akademiyasi tizmalari tutashgan joyda bal. 7495 m li Somoniyon choʻqqisi joylashgan. Vanj va Fanlar Akademiyasi tizmalaridan jan.da Yazgʻulom (6974 m), Rushon (6080 m), Shugʻnon (5704 m), Shoxdara (6726 m), Gʻarbiy P.ning jan.-gʻarbiy qismida deyarli meridian boʻylab choʻzilgan Ishkoshim tizmalari (6096 m) joylashgan. Ushbu tizmalarning nisbiy bal. (Panj daryosining oʻng irmoqlari oʻzanidan) 2000—35002000–3500 m. Gʻarbiy P. tizmalari yon bagʻirlarining nisbiy balandligi, tikligi, nurash jarayonlarining kuchliligi va kuchli zilzilalarning tez-tez boʻlib turganligi natijasida koʻplab surilmalar va qulashlar sodir boʻlishiga olib kelgan. 1911 y.da togʻ qulashi natijasida Sarez koʻli hosil boʻlgan.
 
Sharqiy P. yer yuzasining tuzilishi Gʻarbiy P.nikidan farqqiladi. P.ning bu qismida togʻ tizmalari yassi tekislik koʻrinishdagi keng vodiylar va bal. 3500—45003500–4500 m li botiqlar (Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl va b.) orqali birbiridan ajralgan. Botiqlar va dare vodiylari tizmalarning nurashi natijasida hosil boʻlgan chagʻir tosh, harsang tosh, shagʻallar, qad. muzliklar qoldirgan morenalar bilan toʻlgan. Shar-qiy P.da yillik yogʻin mikdori kam boʻlganligi sababli, erozion yemirilish kuchli emas. P.ning bu qismida doimiy muzloqlar ham hosil boʻlgan. Sharqiy P.da Muzqoʻl (6233 m), Shim. Alichur (5929 m), Jan. Alichur (5706 m) va b. tizmalar deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan, ularning nisbiy bal. 1200-18001200–1800 m.
 
Geologik tuzilishi. P. togʻlari alp burmalanish mintaqasiga kiradi. Ularning shim. qismi (Orka Olay tizmasining shim. yon bagʻri) yuqori perm, mezozoy va kaynozoy davriga mansub kristalli slanets, konglomerat, qum-tosh, gil, ohaktosh va vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Markaziy kis-mi tektonik jihatdan sinklinal struktura boʻlib, paleozoy, mezozoy (trias, yura va quyi boʻr) davri choʻkin-di, metamorfl"ashgan,choʻkindivulkanogen togʻ jinslari bilan toʻlgan. Jan. Pomir antiklinal struktura boʻlib, juda qad. (arxey, proterozoy) togʻ jinslaridan (slanets, gneys, marmar va b.) tashkil topgan. Bu antiklinal baykal burmalanishidan keyin shakllangan, alp burmalanish davri int-ruzivlari bilan oʻzgartirilgan. Intru-zivlar P.ning jan.-gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqib qolgan.
 
P. yangi tektonik qarakatlar natijasida gumbazsimon shaklda 6000—6000– 7000 m ga koʻtarilgan. P. oldi botigʻining gʻarbiy qismi esa bu harakatlar natijasida choʻkkan. Neogen vatoʻrtlamchi davrlarda P.ning koʻtarilishi siklli xususiyatga ega boʻlib, unda, qad. muzliklar hosil boʻlishi, zilzilalarning tez-tez boʻlib turishiga olib kelgan.
 
Foydali qazilmalari. P.ning foydali qazilmalari, asosan, kaynozoyning magmatizm va metamorfizm ja-rayonlari bilan bogʻliq. Foydali kazilmalardan togʻ billuri, nodir metallar, simob, bor, flyuorit, island shpati, lazurit, sochma oltin, boksit, kumir, tuz, mineral va termal suvlar, qurilish materiallari topilgan.
Qator 19:
Iqlimi. P. subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlishiga qaramasdan, iqlimi uning dengiz sathidan balandligi, relyefi, kirib kelayotgan havo massalarining bir xil taqsimlanmaganligi bilan bogʻliq. Uning iqlimi, ayniqsa, sharqiy qismida, qurgʻoqchil, quyosh radiatsiyasi kuchli, t-ralar amplitudasi sutka va fasllar davomida katta. P.ning shim.-gʻarbiy qismida joylashgan tizmalar (Pyotr I, Fanlar Akademiyasi) gʻarbdan kelayotgan nam havo massalarini toʻsib qoladi. P.da balandlik iqlim mintaqalari tashkil topgan. Gʻarbiy P.ning baland qismlarida yillik t-ra 0° ga yaqin, hatto baʼzi bir qismlarida manfiy, daryo vodiylarida 15°. Dengiz sathidan 2100 m balandlikda yanvarning oʻrtacha t-rasi — 7,4°. Iyulniki Xorugʻ sh.da 22°, eng yuqori t-ra 40°. Dengiz sathidan 4200 m balandlikda joylashgan Fedchenko muzligida eng past t-ra —31,4°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 3,9°, eng yuqori t-ra 15,5°.
 
Sharqiy P.ning iqlimi Gʻarbiy P.nikidan ancha farq qiladi. Yilning oʻrtacha t-rasi uning hamma qismida manfiydir. Qish uzoqdavom etadi, qor qoplami yupqa, kuchli shamollar boʻlib turadi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 3000 m balandlikda —17,8°, eng past t-ra —50° ga yaqin. Yozi qisqa, yoz kechalari t-ra koʻpincha 0° dan pastga tushadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 15°dan oshmaydi. Sharqiy P. balandtogʻ choʻlining tipik namu-nasi hisoblanadi. P. hududiga gʻarbdan nam havo massalari kirib kelganligi sababli, uning gʻarbiy va shim.- gʻarbiy qismlarida yegʻin koʻp, sharqiy qismida esa kam. Fedchenko muzligi joylashgan hududda (4000—4000– 5000 m) Fanlar Akademiyasi va unga yondosh tizmalarning gʻarbdan kelayotgan nam havo massalarini toʻsib qolishi oqibatida yillik yogʻin 2230—2500 2230–2500 mm dan oshmaydi, undan sharqroqsa joylashgan hududlarda yogʻin juda kam (63—73 63–73 mm), faqat baland mintaqalarda 1000  mm ga yetadi.
 
Daryo va koʻllari. Daryolari, asosan, Amudaryo, Sharqiy P.ning sharqiy qismidan boshlanuvchi baʼzi daryolar Yorkend va Qashqar daryolari havzalariga kiradi. Eng yirik daryosi — Panj. Panjning oʻng irmoqlari: Gʻunt, Shoxdara, Bartang , Yazgʻulom, Vanj va b. Shim.gʻarbiy P.dan Vaxsh havzasiga qarashli Obixingov va Muksuv daryolarining yuqori oqimi oʻtadi. Bir necha daryolar P.ning ichki havzasiga (Qora-jilgʻa, Muzkoʻl) va Tarim havzasiga (Markansuv) mansub.
Qator 25:
P.da kelib chiqishi har xil (tektonik, toʻgʻon, muz) koʻllar mavjud. Bulardan yiriklari: Qorakoʻl, Sarkoʻl, Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Zoʻrkoʻl, Yashilkoʻl, Sarez, Shadax va b.
 
Muzliklari. P. hozirgi zamon muzliklari keng tarqalgan hudud hisoblanadi. Ularning soni 7100 dan ziyod, may-doni esa 8400 km2 km² boʻlib, P.ning 11% hududini egallagan. P.da bir necha yirik muzlik markazlari boʻlib, ular Fanlar Akademiyasi, Orqa Olay, Rushon, Shim. Alichur, Yazgʻulom, Pyotr I, Darvoz, Zulumart tizmalarida joylashgan. P.da qor chegarasi shim.-gʻarbda 4400 m dan, jan.-sharqda 5200—52505200–5250 m dan oʻtadi. Gʻar-biy P.da vodiy muzliklari keng tarqalgan. Yirik vodiy muzliklari: Fedchenko (uz. 77,4  km, mayd. 907 km2 km², Fanlar Akademiyasi tizmasida), Shim.gʻarbiy P.da — Grumm-Grjimaylo (37  km, 143 km2 km²), Yazgʻulom tizmasida — Fortambek (19  km, 74,5 km2 km²), Orqa Olay tizmasida — Geografiya jamiyati (24  km, 64,4 km2 km²), Nura (13,9  km, 84,5 km2 km²). Fanlar Akademiyasi tizmasi va blarda muzliklarning qalinligi 1000 m ga yetadi (Fedchenko muzligi). P.da vaktvaqgi bilan juda tez harakat kdluvchi (bir sutkada 100 m gacha) muzliklar (maye. Ayiq muzligi) Vanj daryosining yuqori oqimida mavjud. Sharqiy P.da muzlik kam, ularning uzunligi, maydoni katta emas. P.da muzliklarning bir necha turi (vodiy, daraxtsimon, turkiston, osilgan, yon bagʻir, tekis suvayirgich, karr, sirk) tarkib topgan. Toʻrtlamchi davrda P. bir necha marta muzlik bilan krplangan.
 
Tuproq-oʻsimlik qoplami. P.da balandlik tuproq-oʻsimlik mintaqalari shakllangan. Balandlik mintaqalari Gʻarbiy va Sharqiy P.da turlicha. Gʻarbiy P.da daraxt oʻsimliklari kam. Toshloq yon bagirlarda va morena tepaliklarida siyrak archa butazorlari uchraydi. Daryo qayirlarida terak, oq qayin, tol, naʼma-tak singari daraxt va butalar usadi. Daryo vodiylari choʻl, asosan, shuvoq oʻsimliklari bilan qoplangan. Yon bagʻirlarda siy-rak chala-choʻl togʻli kserofit va togʻ dasht oʻsimliklari tarqalgan. Gʻarbiy P.ning shim. qismidagi balandtogʻ mintaqasi togʻ oʻtlokdari va oʻtloq-dasht oʻsimliklari bilan band. Bu yerlarda asosan, toʻngʻizsirt hukmronlik qiladi, jan.roqda esa kriofil (sovuqqa chidamli) past boʻyli va chala butalar, baʼzi joylarda alp past boʻyli oʻsimliklar oʻsadi.
 
P.ning shim.-gʻarbida 1100 m dan 2400—28002400–2800 m gacha boʻlgan balandliklar oraligʻida, togʻ-oʻrmon jigarrang tuproqlarda zarang va yongʻoqzorlar uchraydi. Jan. yon bagʻirlarida archazor, bodom-zorlar, olma, shuningdek, butalar, me-zofil boshokdoshlar va b. oʻsimliklar oʻsadi. Subalp mintaqasida (2800 m dan 3000—32003000–3200 m gacha) togʻ-oʻtloq, kulrang , jigarrang va qoramtir tuproqlarda bo-shokli oʻtlokdar tarqalgan. Sharqiy P. iqlimining kontinentallashganligi sababli, tuproq va oʻsimlik qoplami shunga moye ravishda oʻzgaradi. Bu joylarda balandtogʻ choʻli va balandtogʻ toshloq landshaftlari hukmron, daraxt oʻsimliklari yoʻq. 3500—42003500–4200 m balandliklarda teresken, namgarchilik koʻproqjoylarda shuvoqli choʻllar va siyrak oʻtli baland-togʻ-dasht landshaftlarida betaga, chalov va b. oʻsimliklar oʻsadi. Toshloq joylarda yostiqsimon kserofitlar tarqalgan. Yuqoriroqda kriofil past boʻyli yostiqsimon oʻsimliklardan ostrolobki, akan-tolimona va b.lar oʻsadi. Sharqiy P.da balandchoʻl sargʻish tuproklar tarqalgan. Bu tuproklar orasida kam chirindili (0,6%) choʻl-taqir tuproklar uchraydi. Bulardan tashqari, shoʻrxoklar hamda ske-letli tuproklar ham bor. Namgarchilik moʻlroq joylarda boshokli oʻsimliklar va shuvoklar ostida chirindiga boyroq (1—2%) balandtogʻ choʻl-dasht qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Gʻarbiy P.dagi sugʻoriladigan yerlarda tok, oʻrik, olma, nok, yongʻoq, tut oʻstiriladi.
 
Hayvonot dunyosi. P., ayniqsa, Sharqiy P. nisbatan hayvonot olamiga boy emas. Gʻarbiy P.da qobon, oʻrmon sonya-si, oʻrmon sichqoni, suvsar, silovsin, choʻl sichqonlari, jayra, togʻ echkisi, Oʻrta Osiyo togʻ tulkisi, ayiq, tibet boʻrisi, chiyaboʻri va b. hayvonlar, Shar-qiy P.da esa arhar, uzun dumli sugʻur, qizil pishchuxa, pomir quyoni va b.lar yashaydi. Qushlardan tibet ulari, Tibet suvbuldurugʻi, tibet qargʻasi, qor grifi, togʻ yoki hind gʻozi, daralarda kakliklar va kaptarlar uchraydi. Sud-ralib yuruvchilardan koʻlbor ilon va kaltakesaklar yashaydi.
Qator 44:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Togʻlar]]
 
 
{{stub}}