1 365
ta tahrir
kTahrir izohi yoʻq |
k (clean up, replaced: km2 → km² using AWB) |
||
'''Xakasiya''', Xakasiya Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibir jan.da joylashgan. Mayd. 61,9 ming
Davlat tuzumi. X. — respublika. Respublika rahbari va ijroiya hokimiyat boshligʻi — hukumat raisi. Oliy ijrochi hokimiyat organi — hukumat. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy kengash.
Tabiati. X.da Janubiy Sibir togʻlarining bir qismi joylashgan. Kuznetsk Olatovining sharqiy yon bagʻirlari va Abakan tizmasi, Gʻarbiy Sayanning shim. yon bagʻirlarini oʻz ichiga olgan togʻlik qism va jan.da Minusinsk soyligi, shim.da ChulimYenisey soyligini qamrab olgan pastbaland tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, temir rudasi, mis, molibden, volfram va b. bor. Ikdimi keskin kontinental. Yanv. da oʻrtacha tra — 16°, —20°, iyulda 18°—20°. Urtacha yillik yogʻin
Aholisi xakas, rus, ukrain, tatar, nemis, mordva va b. Shahar aholisi 70,8%. Davlat tillari — xakas va rus tillari. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar. Shaharlari: Abakan, Chernogorsk, Sayanogorsk.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 1650,1 ming ga, shundan 665,5 ming ga (40%) ekinzor. Goʻshtsut chorvachiligi va mayin junli qoʻychilik salmokli oʻrin tutadi. Asalarichilik va darrandachilik ham rivojlangan. Dehqonchilikda galla, kartoshka, sabzavot, yemxashak ekinlari yetishtiriladi.
Transportida t.y. uz. 642
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 1990-y.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Xakaslarning anʼanaviy turar joyi — kigiz yoki qayin poʻstlogʻi bilan oʻralgan, tomiga yupka taxta va tunuka qoplangan 6—14 burchakli oʻtovdan, shuningdek, xodalardan yasalgan chayla (kapa), yarim yertoʻla va yogʻoch kulbalardan iborat boʻlgan. 20-a.da Abakan, Chernogorsk, Abaza, Sayanogorsk sh.lari barpo etildi, zamonaviy uyjoy, jamoat va madaniyat binolari qurildi. X. hududida 7—8-a.larga oid temir, oltin, qalay va b. metall buyumlar (idish, qurol, zebziynatlar) topilgan. Bu yerda azaldan yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik rivojlangan. 20-a. boshlarida dastgoh sanʼati paydo boʻldi. M. Burnakov, V.Novosyolov, M. Serebryakov kabi rassomlar, V.Todikov, V. Butanayev kabi grafiklar yetishib chikdi.
Musiqasi, asosan, xalq qoʻshiqlaridan iborat, Ular qisqa taxpax (mehnat, marosim, sevgi qoʻshiqlari, nolalar), uzun ir (aytishuv, yoryor)lardir. Qaxramonlik (aliptir nim) va tarixiy afsona (kipchoox) ruhidagi doston va ertaklarda ham irlar uchraydi. Rivoyatlar ("Albinchi", "Altin Arig" va h.k.) chatxan (chertma cholgʻu) joʻrligida ichki ovoz bilan ijro etiladi. Cholgʻulari xomis, iix deb atalgan torli, xobrax deb atalgan puflama, tyur (buben) deb ataladigan zarbli, temir xomis (changqoʻbizga yaqin) asboblardan iborat. 20-a.da balalayka, gitara, mandolina, bayan kabilar urf boʻldi. Chatxan joʻrligida ertak ijro etuvchilar (xayjalar) xalq musiqa sanʼatining namoyandalaridir (X.Balaxchin, S. Kadishev, M. Dobrov va b.). Professional musiqa 1920-y.lardan soʻng rivojlana boshladi. Kompozitorlar orasida A.A.Kenel, G.Chelborakov, G.Kolmakov, N.Katayeva va b. mashhur.
{{stub}}▼
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Sibir federal okrugi}}
[[Turkum:Xakasiya]]
▲{{stub}}
|
ta tahrir