Xiva tumani — versiyalar orasidagi farq

k
clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
k (clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB)
'''Xiva tumani''' - Xorazm viloyatidat tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Tuman shim., shim.gʻarb va gʻarbdan Qoʻshkoʻpir, shim.sharqdan Urganch va Xonqa, sharqdan Yangiariq tumanlari, jan. va jan.gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,47 ming km2km². Aholisi 174,5 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Xiva), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandimiyon, Dashyoq, Juryon, Irdimzon, Oqyop, Sayot, Chinobod, Shomoxulum, Eski Qiyot) bor. Markazi. — Xiva sh.
 
Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining chap sohilidagi tekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 97 m. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. Yillik oʻrtacha tra 12, G. Oʻrtacha tra yanvarda —4,5°, iyulda 27,4°, eng past tra —31°, eng yuqori tra 45°, 46°. X.t. respublikaning yogʻin kam yogʻadigan tumanlaridan biri. Yillik yogʻin mikdori 100  mm. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuproklari allyuvial, oʻtloqi, shoʻrxok, taqir va qumli choʻl tuproqlaridan tashkil topgan.
 
Yovvoyi oʻsimliklardan qizilmiya, shoʻra, olaboʻta, otquloq, qirqboʻgʻim, chirmovuq, isiriq, qamish, yulgʻun, semizoʻt, boʻritaroq, tol, jiyda, turangʻil, terak, yantoq, koʻkpechak, takasoqol, ajriq, zarpechak va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, chiyaboʻri; kushlardan sassiqpopishak, qoʻton, birqozon, moʻylovli chittak, zargʻaldoq, inuya, musicha, dehqonchumchuklar uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar (kulrang va taroq barmokli gekkon, yumaloq boshli kaltakesaklar) yashaydi; koʻllarda karp, olabugʻa, laqkabaliq, choʻrtanbaliq va b. bor. Yer osti suvlari yuza (0,8—18–1 m) joylashgan. Tuman hududida Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl, Ravotkoʻl, Gʻovukkoʻl va b. koʻllar bor.
 
Q.x. ekinlarini sugʻorishda Polvonyop, Gʻozovot, Angariq, Sirchali, Pishkanik va b. kanal va ariqlar suvlaridan foydalaniladi. Qurilish materiallaridan kum, gil (loy) bor.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qozoq, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 km² ga 371 kishi. Shahar aholisi 51,2 ming kishi, qishloq aholisi 123,3 ming kishi (2004).
 
Xoʻjaligi. Tumandapaxtatozalash, sopol buyumlari, sut, gʻisht, avtomobil taʼmirlash zavodlari, gazkompressor styasi, 2 avtokorxona, "Xiva gidami" aksiyadorlik jamiyati, non ktlari, gilam toʻqish, tikuvchilik, parrandachilik fkalari, qurilish tashkilotlari va b. mavjud. Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan 1563 korxonadan 95 tasi yirik, 18 tasi oʻrta, 106 tasi kichik korxona, 1344 tasi mikrofirmadir (2004). Uzbekistan—Latviya— Shveysariya "Kompleksimxiva", Uzbekistan—Angliya "Xiva", Oʻzbekiston—AQSH "Xiva malikasi", Uzbekistan—Germaniya "Xiva—Karpet" kabi qoʻshma korxonalar samarali ishlab kelmoqda. Tumanda va, ayniqsa, Xiva sh.da yogoch oʻymakorligi, mis oʻymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilamchilik, ganchkorlik, naqqoshlik, shuningdek, temirchilik, misgarlik, xarrotchilik, chugurmadoʻzlik, tunukachilik, tandirchilik, duradgorlik, etikdoʻzlik, tikuvchilik va b. hunarmandchilik sohalari qdsimdan rivojlangan. Xiva bozori viloyatdagi yirik bozorlardan hisoblanadi. X.t.da 6 shirkat uyushmasi, 3 fermer xoʻjaligi uyushmasi, MTP va b. mavjud. Tuman q.x., asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Gʻallachilik, mevachilik, polizchilik, tokchilik, pillachilik ham rivojlangan. Jami yer maydoni 39 ming ga, shundan ekin maydonlari 17,1 ming ga. 7,7 ming ga maydonga paxta, 5,6 ming ga yerga don, 421 ga yerga kartoshka, 1,7 ming ga yerga sabzavot, 400 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. Shuningdek, ozuqa ekinlari ham yetishtiriladi. Bogʻlar 755 ga, tokzorlar 26 ga, tutzorlar 275 ga, oʻrmonlar 7682 ga yerni egallaydi (2004).
1931 y. 7 noyabrdan "Xiva tongi" tuman gaz. nashr etiladi (adadi 1500).
 
Gulorom Masharipova, Sanjarbek Davletov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Xorazm viloyati}}
 
 
{{stub}}
1 365

ta tahrir