Xonqa tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 63:
'''Xonqa tumani''' — [[Xorazm viloyati]]dagi tuman. [[1926-yil]] 29-sentyabrda tashkil etilgan. [[1962-yil]] 24-dekabrda [[Yangiariq tumani]] gaqoʻshilgan. [[1973-yil]] 26-dekabrda qayta tuzilgan. Tuman viloyatning shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy qismida [[Urganch tumani]], janubi-gʻarbda [[Xiva tumani|Xiva]] va [[Yangiariq tumani|Yangiariq tumanlari]], janubiy va janubi-sharqda [[Bogʻot tumani]] bilan chegaradosh. Maydoni 0,43 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 150,4 ming kishi (2008). Tumanda 1 shaharcha (Xonqa), 10 tuman fuqarolari yigʻini (Amudaryo, Jirmiz, Madir, Navxos, Namuna, Olaja, Sarapoyon, Tomadurgʻodik, Qirqyop, Qoraqosh) bor. Markazi — [[Xonqa]] shaharchasi.
 
Tabiati. Tuman hududi Amudaryoning chap sohilidagi pasttekislikda joylashgan, oʻrtacha bal. 100 m. Bu joylar Amudaryoning qad. deltasi boʻlib, hozirgi ham oʻzanini oʻzgartirib turadigan juda koʻp daryo tarmoqlari mavjud. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq. Arktika havosi kirib kelganda, tra keskin pasayib ketadi. Yillik oʻrtacha tra 11°, yanvarning oʻrtacha trasi —5,1°, iyulniki 27,3°. Eng yuqori tra 43°, eng past tra —32°. Vegetatsiya davri 201 kun. Yiliga oʻrtacha 80—100 80–100&nbsp;mm yogʻin tushadi. Tumanning yonidan Amudaryo, tuman hududidan Shovot, Polvonyop, Kulobod, Xonqaarna, Urgancharna, Olaja va b. magistral kanal va ariklar oqib oʻtadi. Tuprogʻi serunum, daryo oqizib keltirgan qum va gildan paydo boʻlgan allyuvial, choʻlqum oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar tashkil etadi. Yovvoyi oʻsimliklardan chiy, qamish, qoʻgʻa, qoʻytikan, roʻvak, bugʻdoyiq, ajriq, yantoq, qorabaroq, oqbosh, shoʻra, pechakoʻt, yulgʻun, turangʻil, terak, tol, jiyda va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻrsiq, yumronqoziq, quyon, chiyaboʻri, toshbaqa, kaltakesaklar; qushlardan bir necha xil oʻrdak, kulrang gʻoz, qoʻton, birqozon, inuya, moʻylovli chittak, dehqon chumchuq, oq qanotli qizilishton, sassiqpopishak, zargʻaldoq, tustovuq va b. koʻp. Baliqlardan oq amur, doʻng peshona, karp, sazan, laqqabaliq va b. bor.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qoraqalpoq, rus, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2&nbsp;km² ga 319,8 kishi (2004). Shahar aholisi 33,6 ming kishi, qishloq aholisi 103,9 ming kishi (2004).
 
Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiyoti, asosan, q.x. ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Xonqa qad.dan kulolchilik buyumlari bilan mashhur. R. Matchonovlar yaratgan kulollik buyumlari xorij muzeylarida namoyish etilmoqda. Tumanda yirik, oʻrta, kichik korxona va mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, „Xonqaguruch“, don mahsulotlari ktlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va b. ishlab turibdi. Oʻzbekiston—Italiya „Meva“ konservalash qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, 250 savdo, 228 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Qator 80:
Komil Nurjonov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Xorazm viloyati}}
 
 
{{stub}}