Boltiq dengizi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: %o → ‰ (3) using AWB
Qator 30:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boltiq dengizi''' — Atlantika okeanining bir qismi. Mayd. 419 ming km². Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40–100 m, eng chuqur yeri 470 m. B.d.da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qoʻltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak boʻgʻozlari orqali tutashgan. Qirgʻoqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim.sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar koʻp uchraydi. B.d.ga 250 dan ortiq dare (Neva, Gʻarbiy Dvina, Visla Odra va b.) quyiladi. B.d.ning iqlimi moʻʼtadil. Jan.da yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shim.da yanv.niki — 11,5°, iyulniki 17°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500–600&nbsp;mm, baʼzi joylarida 1000&nbsp;mm gacha. Qishda suv yuzasining t-rasi 1—3°, yezda 18—20°. B.d. ning qirgʻoqqa yaqin qismlari noyab.dan apr. oyigacha muzlaydi. B.d. yuzasida suvning shoʻrligi faqat gʻarbida 11%o11‰, boshqa qismlarida 2—3%o2—3‰ dan 6— 8%o8‰ gacha. B.d. da seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabugʻa ovlanadi. Botniya qoʻltigʻida tyulen bor. B.d. Boltiqboʻyi mamlakatlarining eksportimportida va yoʻlovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen taʼsirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg , Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va b. Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg , Ustka va b.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->