Taqvim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
-{{birlashtirish|Kalendar}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->; 1 × linkfix, + 34 × [[]]; +Turkum:Yil
Olaf Studt (munozara | hissa)
k 1 × linkfix, + 1 × [[]]
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kalendar''' ([[lotin tili|lot.]] calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. [[Quyosh]], [[Oy (tabiiy yoʻldosh)|Oy]], [[sayyora]]larning koʻrinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, [[Oy fazalari]] va [[yil fasllari]]ning davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi. K.ning paydo boʻlishi odamning xoʻjalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bogʻliq. Odamlar Quyoshning chiqib botishini kuzatib — kun, Oy [[oʻroq|oʻrogʻi]]ning avval kattalashib, soʻng kichrayishiga qarab — oy, yil fasllarining davomida Quyoshning [[ufq]]dan qanchalik koʻtarilishini kuzatib yil [[tushuncha]]lariga kelishgan. Asta-sekin [[vaqt]]ni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan [[soat (oʻlchov birligi)|soat]], [[minut]] [[oʻlchov birliklaribirligi|birlik]]lari, mifologik anʼanalar asosida hafta tushunchasi kiritilgan. Vaqt hisobini toʻgʻri yuritish uchun dastlabki [[rasadxona]]lar qurilgan, [[quyosh soati]] oʻylab topilgan.
 
K. hisobining asosiy birligi — ysh. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga boʻlingan. Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa — mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi bilan bogʻliq. Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga boʻlishni murakkablashtiradi. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh K.i (shamsiy taqvim), oy K.i (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh K.i (shamsiyqamariy taqvim) ishlab chiqilgan.
 
[[Quyosh kalendari|Quyosh k al ye n d ar i]] ning asosiy birligi — [[tropik yil]]. Uning uzunligi ketmaket ikki bahorgi tengkunlik oraligʻidan iborat boʻlib, 365,2422 kun, yaʼni 365 kun 5 [[soat]] 48 [[minut|min.]] 46 [[soniya|sek.]]ga teng . Dastlabki [[shamsiya|shamsiy K.]]dan foydalangan [[qadimgi Misr|kad. misrliklar]] bir yilni 365 kun deb olishgan. Bir yil 30 kunlik 12 oyga boʻlingan va yil oxirida qoʻshimcha 5 kun qoʻshilgan. [[Qadimgi Rim|Qad. Rim]]da ham bir yilni 365 kun deb olingan, lekin yilning oylarga boʻlinishi yana ham murakkabroq boʻlgan. Bundan tashqari qad. Misr va Rim K.larida yil uzunligi tropik yildan taxm. 6 soatiga qisqa boʻlgani uchun bahorgi teng kunlik har 4 yilda 1 kunga surilgan va bu ham chalkashliklarga sabab boʻlgan. Ularni bartaraf etish uchun Rim konsuli [[Yuliy Sezar]] [[mil. av. 46]]-y.da [[yunonlar|yunon]] astronomi Sozigen taklifiga muvofiq K. islohotini oʻtkazadi: har 4 y.dan biri 366 kunlik ([[kabisa yili|kabisa]]) deb qabul qilinadi. Bu K. [[Yuliy kalendari]] deb yuritiladi. Yuliy K.ida bir yil 12 oyga boʻlinib toq oylar 31 kun, juft oylar 30 kun, faqat fevral oyi 28 kun (kabisa yili 29 kun). [[Dunyo]]ning koʻp mamlakatlarida hozirgacha oylarning Yuliy K.dagi nomlari qoʻllanadi.
 
Yuliy K.da bir yil tropik yildan 11 min. 14 sek. ortiq boʻlgani uchun bu farq har 400 yilda taxm. 3 kunni tashkil qiladi. Bu farq yigʻilib 16-a.da 10 kunga yetgan, natijada [[bahor]]gi teng kunlik 11 mart ga toʻgʻri kelib qolgan. Bu nomutanosiblik [[xristian dini|xristianlarning diniy]] bayramlarini belgilashda chalkashlik keltirib chiqarar edi. Shuning uchun Yuliy K.dagi xatolikni tuzatish uchun [[Rim papasi]] Grigoriy XIII [[1582]] y. 24 fevral