Burxoniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
AlexUzb (munozara | hissa)
"'''Burxoniylar''' XII asrda Buxoroni idora qilgan va Sadri jahon unvoni bilan mashhur boʻlgan badavlat hukmdor xonadon. Burxoniylar aslida shaharning [..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

3-Yanvar 2015, 17:48 dagi koʻrinishi

Burxoniylar XII asrda Buxoroni idora qilgan va Sadri jahon unvoni bilan mashhur boʻlgan badavlat hukmdor xonadon. Burxoniylar aslida shaharning xanafiya mazhabidagi musulmonlar jamoasi boshligʻi boʻlish bilan birga shahar maʼmuriyati ham ularning qoʻlida boʻlgan. Shuning uchun Buxoroni bosib olgan ajnabiy hukmdorlar ham burxoniylarga va ularning mol-mulkiga daxl qilmaganlar. Burxoniylarning zamondoshi boʻlgan Bundoriy va Nizomi Aruzi Samarqandiylarning maʼlumot berishlaricha, 1141-yili qoraxitoylar Samarqand yonida, Qatavon choʻlida Sulton Sanjar (1118-1157) qoʻshinini tor-mor keltirib, Samarqand va Buxoroni Xorazmshoh Otsizning qarindoshi Otmtakinga topshirgan. Otmtakinni esa burxoniylar oilasidan boʻlmish imom Toj ul-islom ibn Abdulazizning ixtiyoriga topshirib, unga imomning soʻzlaridan chiqmaslikni buyurgan.