Burxoniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
AlexUzb (munozara | hissa)
"'''Burxoniylar''' XII asrda Buxoroni idora qilgan va Sadri jahon unvoni bilan mashhur boʻlgan badavlat hukmdor xonadon. Burxoniylar aslida shaharning [..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
AlexUzb (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Burxoniylar''' XII asrda [[Buxoro]]ni idora qilgan va Sadri jahon unvoni bilan mashhur boʻlgan badavlat hukmdor xonadon. Burxoniylar aslida shaharning [[xanafiya]] mazhabidagi [[musulmon]]lar jamoasi boshligʻi boʻlish bilan birga [[shahar]] maʼmuriyati ham ularning qoʻlida boʻlgan. Shuning uchun [[Buxoro]]ni bosib olgan [[ajnabiy]] [[hukmdor]]lar ham burxoniylarga va ularning mol-mulkiga daxl qilmaganlar. Burxoniylarning zamondoshi boʻlgan [[Bundoriy]] va [[Nizomi Aruzi Samarqandiy]]larning maʼlumot berishlaricha, [[1141-yil]]i [[qoraxitoylar]] [[Samarqand]] yonida, [[Qatavon]] choʻlida [[Sulton Sanjar]] (1118-1157) qoʻshinini tor-mor keltirib, [[Samarqand]] va [[Buxoro]]ni [[Xorazmshoh]] [[Otsiz]]ning qarindoshi [[Otmtakin]]ga topshirgan. [[Otmtakin]]ni esa burxoniylar oilasidan boʻlmish [[imom]] [[Toj ul-islom ibn Abdulaziz]]ning ixtiyoriga topshirib, unga [[imom]]ning soʻzlaridan chiqmaslikni buyurgan. [[Kitobi mullazoda]] muallifining aytishicha, burxoniylar xonadoniga [[Abdulaziz ibn Umar]] vafotidan keyin bu lavozim oʻgʻli Muhammadga berilgan. [[Abdulaziz ibn Umar]]ning avlodlari [[1207-yil]]gacha [[Buxoro]]da [[mustaqil]] hukmronlik qildilar. Soʻng Sadri jahon [[Burxoniddin ibn Ahmad]] oʻsha yili [[Xorazmshoh]] [[Takash]] (1172-1193) tarafidan mansabidan tushirildi. Burxoniylarning baʼzi namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega boʻlmasalar-da, imtiyozlari [[moʻgʻullar]] davrida ham asosan saqlanib qolgan. Ular [[somoniy]] [[amir]]laridek toʻq va farovon hayot kechirganlar/ [[Saroy]]i hamisha [[ulamo]], [[shuaro]] jamoasi bilan gavjum boʻlgan.