Eron — versiyalar orasidagi farq

680 bayt qoʻshildi ,  6 yil oldin
k (clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB)
Iqlimi. E. hududining katta qismida suptropik, kontinental, Fors va Ummon qoʻltiqlari sohillarida tropik iqlim; yozi issiq, qishi shim.da sovuq, jan.da iliq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Tehronda 2’, Jasq shahri (Ummon qoʻltigʻi sohilida)da 19°; iyulniki xuddi shu joylarda 29 va 32°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm dan kam, faqat Elburs togʻlari yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, Seyiston botigʻida 5060 mm. E.da daryo kam. Yirik daryolari: Qorun, Safedrud, Atrek, Araks, Hilmand, Shatt ulArab. Faqat Qorun daryosida kema qatnaydi. Togʻ oraligʻidagi botiqlarda oqmas koʻllar (Urmiya, Daryochai Namak va boshqalar) bor. Togʻ oldi tekisliklaridagi boʻz tuproklarda choʻl oʻsimliklari, togʻlardagi qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Pastliklar shoʻrxok. Elburs togʻlarining shim. yon bagʻri keng bargli oʻrmon bilan qoplangan. E.ning jan.dagi qizil tuproqlarda savanna turidagi oʻsimliklar oʻsadi. Daryo vodiylari oʻtloq, tuprogʻi allyuvial. E.ning hayvonot dunyosi xilmaxil. Togʻlarda quyon, chiyaboʻri, togʻ echkisi, yoʻlbars, qoplon, jayra, vodiylarda tulki, boʻri, sirtlon, bugʻu, boʻrsiq va boshqalar yashaydi. Mamlakat markazidagi tekislikda kaklik, Fors qoʻltigʻi sohillarida saqoqush va qizil gʻoz, Kaspiy dengizida qimmatbaho baliq turlari — osyotr va beluga koʻp. Milliy bogʻlari: Kevir, Guliston, Urmiya, Markaziy Elburs va boshqalar
== Aholisi ==
E.da 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholisining 75 % ga yaqinini eron tillari guruhiga kiruvchi xalqlar: fors, gilon, mozandaron, kurd, lor, baxtiyoriy, baluj, talish, afgʻon, tojik va boshqalar tashkil etadi. Turkiy til guruhiga kiruvchi ozarbayjon va turkmanlar, shuningdek, arab, arman, ossuriy, gruzin, loʻli va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — fors tili. Davlat dini — islom dinining shia mazhabi. Shahar aholisi 58,3 %. Yirik shaharlari: Tehron, Isfahon, Mashhad, Tabriz. Eron aholisining 27% turkiy tillik xalqlardan tashkil topadir.<ref>https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/ir.html#People</ref><ref>http://iran.unfpa.org/Country%20Profile.asp</ref><ref>جمعیت، توسعه و بهداشت باروری، امیرهوشنگ مهریار و دیگران. تهران: نشر و تبلیغ بشری، فصل سیر تحولی جمعیت ایران نوشته حبیب‌الله زنجانی، سوم ۱۳۷۹. ص ۵۳-۵۲ ISBN 964-5982-62-6 به نقل از حبیب‌الله زنجانی، گامی نو در پژوهشهای جمعیتی، فصلنامه جمعیت، ۱۳۷۱، سازمان ثبت احوال</ref>
 
== Tarixi ==
15

ta tahrir