Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Universitet
|nomi = Toshkent Islom Universiteti
|qisqartma = TIU
|ramz =
|tasvir =
|original =
|xalqaronom = Tashkent Islamic University
|shior =
|asos_yil = [[1999-yil]]
|turi = Universitet
|prezident =
|rektor = Ravshan Abdullayev
|talabalar = 125
|fakultet = 5
|bakalavriat = 4 yil
|magistratura = 2 yil
|aspirantura =
|doktorantura =
|akademik = 1
|doktor = 11
|professor =
|o`qituvchi = 35
|kempus =
|manzil = Abdulla Qodiriy ko`chasi 11, Toshkent sh., O`zbekiston
|vebsayt = [http://www.tiu.uz www.tiu.uz]
}}
'''Islom universiteti''', Toshkent islom universiteti — [[islom]] dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]] huzurida, [[1999-yil]] [[7-aprel]]da tashkil etilgan. [[Universitet]]da [[islom tarixi]] va falsafasi; [[shariat]] (fiqh), [[iqtisod]] va [[tabiiy fanlar]] fakultetlari; [[dinshunoslik]], [[islomshunoslik]]; [[demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti]]; [[sharq tillari]]; [[gʻarb tillari]]; [[informatika]] va tabiiy fanlar; [[jismoniy tarbiya]] kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha [[YUNESKO]] kafedrasi bor. Oʻquv bosqichlari: [[bakalavr]]lik — 4 yil, [[magistratura]] — 2 yil Universitet dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 2002—2003 oʻquv yilida 470 dan ortiq talaba oʻqidi, 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, shu jumladan, 15 fan doktori, 41 fan nomzodi va dotsent ishladi. [[Aspirantura]] va [[doktorantura]] bor. 2000 y.dan universitet qoshida [[akademik litsey]] ochilgan. Un-t ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va [[ilmiy kitoblar]]), manbalar xazinasi, nashriyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud boʻlgan qoʻlyozma va nodir kitoblar bilan boyitib boriladi. Un-t tarkibida Islomshunoslik i.t. markazi bor. Bu markazda [[Qurʻon]], tafsirlarni oʻrganish, islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat, manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimlari mavjud. I. u.da "Sharqshunoslik fanlari" sohasi boʻyicha d-rlik [[dissertatsiya]]lari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-t Sharq va Gʻarb tillarini mukammal oʻqitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. [[Lingofon kabineti]] va [[arab tili]] markazi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (1999). I. u. [[AQSH]], [[Angliya]], [[Fransiya]], [[Gollandiya]], [[Rossiya]], [[Saudiya Arabistoni]], [[Misr]] Arab Respublikasi, [[BAA]] va b. davlat universitetlari hamda i.t. markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan.