Amélie: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 23:
Film Amélie Poulain ismli qiz hayotini tasvirlaydi. Uning otasi, sobiq harbiy [[shifokor]], odamovi Raphaël, Amélie'ga tugʻma yurak xastaligi, deya xato tashxis qoʻyadi (sababi, qiz otasi bilan faqat tibbiy tekshiruvlardagina aloqada boʻlib, bundayin kamdan-kam boʻladigan hodisadan kuchli hayajonlanardi va yurak urishi tezlashardi) va qizni boshqa bolalardan ajratib oʻstirishga qaror qiladi. Onasi Amandine, asabi oʻynoq [[oʻqituvchi]], Amélie'ga taʼlim beradi. Amélie yoshligida uning onasi [[Notre Dame de Paris]] binosi ustidan oʻzini tashlagan [[kanada]]lik [[xudkushlik|xudkush]] ostida qolib, halok boʻladi. Raphaël bu voqeadan soʻng yanada odamoviroq boʻlib qoladi, va hayotini xotini Amandine hoki joylashadigan sagʻana qurishga bagʻishlaydi. Bu vaziyatda oʻzi bilan ovora boʻlib qolgan Amélie'da kuchli tasavvur taraqqiy etadi.
 
Balogʻatga yetgan Amélie ota uyini tashlab, Monmartre'ga koʻchib ketadi va u yerdagi sobiq [[sirk]]chiga tegishli [["Ikki Tegirmon]]" [[qahvaxona]]sida ishlay boshlaydi. 22 yoshga toʻlgan Amélie hayoti odatiydir; bir necha muvaffaqiyatsizliklardan soʻng u ishqiy munosabatlar qidirmaydigan, oʻrniga mayda xursandchiliklar (qoʻlini [[mosh]] toʻla qopga solish, qoshiq yordamida [[karamel]] sindirish, suv ustidan tosh sakratish, Parijda bir vaqtning oʻzida [[orgazm]] kechirayotgan odamlar miqdorini topish kabi) olishga intiladigan boʻlib qolgan.
 
Biroq uning hayoti [[Malika Diana]] halok boʻlgan kundan boshlab oʻzgarib ketadi. Televizordan Diananing oʻlimi haqida eshitgan Amélie qoʻlidan atir idishi qopqogʻini tushirib yuboradi, qopqoq dumalab borib, vannaxonadagi kafelga uriladi va uni ochib yuboradi. Kafel ortidan Amélie eski metal quti topadi (u bu qutini shu xonadonda oʻnlab yillar avval yashagan bolakay berkitib ketgan, deb taxmin qiladi). U qutini hozirda keksayib qolgan egasiga olib borishni rejalashtiradi, bunda oʻziga shart ham qoʻyadi: agarda u oʻsha kishini topib, qutini bersa va bu uni xursand qilsa, Amelie oʻz hayotini boshqalarga baxt ulashishga bagʻishlaydi.
 
== Rollarda ==